―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Fenol bilan neftli moyli fraksiyalarni tozalash qurilmasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

11.2. Fenol bilan neftli moyli fraksiyalarni tozalash qurilmasi
 
Neftni moyli fraksiyalarini tozalash qurilmasi-fenol yordamida xom-
ashyodan keraksiz komponentlarni yo‗qotish yo‗li orqali rafinat olish uchun 
mo‗ljallanadi. Rafinatning chiqishi dastlabki xomashyoning sifatiga va chuqur 
tozalanishiga bog‗liqdir. Xomashyo sifatida moyli distillyat yoki deasfaltizat 
qo‗llaniladi. Maqsadli mahsulot olish jarayonida ekstrakt hosil bo‗ladi. 
 
Qurilmaning asosiy seksiyalari quyidagilar: xomashyo fenoli absorbsiyasi 
azeotrop fenol aralashmasining bug‗laridan-suv, ekstraksiya, rafinat eritmasidan 
fenolning regeneratsiyasi va ekstrakt eritmaning fenolini regeneratsiyasi. 
Qurilmaning texnologik sxemasi 11.1-rasmda keltirilgan. 
 
Distillyat yoki qoldiq xomashyo nasos yordamida issiqlik almashtirgich 
(2) orqali beriladi va u yerda taxminan 90°Сgacha qizdiriladi va bug‗li 
qizdirgichga (3) likopchaning yuqorisiga absorberga (5) uzatiladi (absorberda 16 
ta likopcha mavjud). Absorberga kirishdagi xom-ashyoning harorati 110—
115°Сga teng bo‗ladi. Xomashyoni uzatish suyuqlik sathiga bog‗liq holda 
absorberning pastki qismidagi sathni rostlagichi orqali boshqariladi va klapan 
nasosning (1) bosimli chizig‗iga o‗rnatilgan. 


452 
11.1-rasm. Moyli xomashyoni fenol bilan tozalash qurilmasining texnologik sxemasi: 
1,6,9,11,13,18,22,29,31,33,37-nasoslar; 2,17,23,24-issiqlik almashtirgichlar; 3,12-
qizdirgichlar; 4-kondensator-sovutgich; 5-absorber; 7,8,26-sovutgich; 10-ekstraksiya 
kolonnasi; 14,15.28,34-qabul qilgich; 16,30-quvurli pechlar; 31-havoli sovutish apparatlari; 
20-rafinat quritish kolonnasi; 21-rafinat bug‗lantirish kolonnasi; 25-qaynatgich; 32-ekstrakt 
quritish kolonnasi; 36-ekstrakt bug‗lantirish kolonnasi; 38-tomchi urilma. 
 
Absorber likopchasining ostiga azeotrop aralashmasini bug‗lari kiritiladi.
Xomashyo oqimi chiqishda ko‗tariluvchi bug‗lar bilan uchrashadi va ulardan 
fenolni absorbsiyalaydi. Suv bug‗lari absorberdan chiqishda kondensator-
sovutgichda (4) to‗planadi, hosil bo‗lgan kondensat ―suv konturi‖ tizimida 
qizdirilgan suv bug‗larini ishlab chiqarishda foydalaniladi (sxemada 
ko‗rsatilmagan). 
Xomashyo fenol bilan absorbsiyalangandan keyin absorberning pastki 
qismidan nasos (6) yordamida olinadi va sovutgich (7) orqali nasadkali yoki 
likopchali turdagi ekstraksiya kolonnasining (10) o‗rta qismiga yo‗naltiriladi. 
Kolonnaning yuqori qismidagi harorat kritik erish haroratidan taxminan 8-12°С 
past ushlab turiladi va qoldiq xomashyo uchun 115°Сdan oshib ketmaydi va 
kam qovushqoqli distillyat xomashyosi uchun 50°С Kolonnaning yuqori va 
pastki qismi uchun hosil qilinadigan harorat gradiyenti 10-30°Сni tashkil qiladi. 
Amalda fenolning xomashyoga karraligi moyli distillyatlarini tozalashda 1,2—
2,2 va deasfaltizatlarni tozalashda 2,5—4,0. 
Kolonnaning yuqori qismiga (10) nasos (13) yordamida qabul qilgichdan 
(28) fenol bug‗li qizdirgich orqali (12) ketuvchi rafinat eritmasining haroratidan 


453 
4-8°С yuqori harorat bilan uzatiladi. Rafinatni olishni kuchaytirish uchun 
(fenolni erituvchi xususiyatini pasaytirish yo‗li orqali) kolonnaning pastki 
qismiga (10) nasos yordamida qabul qilgichdan (15) fenol suv kiritiladi, bu 
sharoitda esa tarkibi azeotropli aralashma kiritiladi. Fenol suvining miqdori 
xomashyoga nisbatan 2-10 % (massaga.) ni tashkil qiladi. 
Oqimlarni kolonnaning kesim yuzasi bo‗yicha bir tekis taqsimlanishi 
uchun hamma suyuqlik gorizontal quvurli taqsimlagichlar orqali kiritiladi. 
Kolonnaning yuqori qismidagi harorat asosan fenolni qizish haroratini 
o‗zgarishi hisobiga boshqariladi. Ekstrakt eritma-retsirkulyatni miqdorini 
boshqarib, nasos (9 ) yordamida sovutgich (8) orqali ekstraktsiya kolonnasining 
pastki qismidagi harorat ushlab turiladi va kolonaning umumiy yuklanmasining 
30% dan (massaga) oshmasligi kerak. 
Kolonnada (10) ikkita qatlam hosil bo‗ladi: rafinat va ekstrakt. 
Kolonnadagi faza bo‗linmalarining sathi xomashyoni kolonnaga kiritishdan 
ozroq yuqorida o‗rnatilgan fazalar oralig‗idagi rostlagich yordamida ushlab 
turiladi. Rafinat eritmasi tarkibida 20% (mass.) fenol mavjud bo‗ladi, 
kolonnadan (10) chiqishda yuqorida oraliq qabul qilgichda (14) to‗planadi. 
Ekstraktdan tashkil topgan ekstrakt eritmasi fenol va amalda kolonnaga 
kiritiladigan hamma suvlar kolonnaning (10) pastki qismidan nasos (11) 
yordamida eritgichlarni regeneratsiya seksiyasiga chiqariladi. 
Qabul qilgichdan (14) rafinat eritmasi nasos (18) yordamida issiqlik 
almashtirgich (17) orqali eritgichlarni regeneratsiyalash seksiyasiga (qizdiruvchi 
muhit-ketuvchi qaynoq rafinat) zmeyevikdagi quvurli pechga (16) beradi. Bug‗-
suyuqlik aralashmasi 270-290°С haroratda bug‗lantiruvchi rafinat kolonnasiga 
(20) to‗planadi. Shu yerda fenolning asosiy qismi bug‗ ko‗rinishida ajratiladi. 
Rafinatni fenolning bug‗lari bilan chiqishini oldini olish uchun kolonna fenol 
yordamida sug‗oriladigan rektifikatsiya likopchalari (6-7 dona) bilan 
jihozlanadi. Kolonnaning yuqori qismidan (20) chiqib ketadigan fenolning 
bug‗lari issiqlik almashtirgichda (23) kondensatsiyalanadi. Kondensat 
sovutgichdan (23) keyin quruq fenolni qabul qilgichda (28) to‗planadi.


454 
 
Ras
m
-1
1
.2

M
o
y
x
o
mas
h
y
o
si
n
i f
en
o
ll
i t
o
zal
as
h
q
u
ri
lma
si
te
x
n
o
lo
g
ik
s
x
em
as
i:
1

6

9

1
1

1
3

1
8

2
2
, 19

3
1

3
3

3
7

n
as
o
sl
ar;
2

1
7

2
3

2
4
-
i
ss
iq
li
k
al
mas
h
ti
rg
ich
la
r;
3, 
1
2

q
iz
d
ir
g
ic
h
la
r;

– 
k
o
n
d
en
sat
o
r-
so
v
it
k
ich
; 5 
– 
ab
so
rb
er;
7, 
8

2
6

s
o
v
it
g
ic
h
la
r;
1
0

e
k
st
ra
k
si
o
n
kolon
n
a;
1
4

1
5

2
8

3
4

yi
g‗
g
ic
h
lar;
1
6

3
0

q
u
v
u
rl
i pe
ch
lar

1
9

3
5

h
av
o
li
s
o
v
it
is
h
j
ih
o
zl
ar
i;
2
0

raf
in
at
n
i u
ch
ir
is
h
k
o
lo
n
n
as
i;
2
1
-
rafi
n
at
n

b
u
g‗
lat
u
v
ch
i k
o
lo
n
n
a;
2
5

q
ay
n
at
g
ic
h
;2
7

q
u
ri
ti
sh
k
o
lo
n
n
as
i;
3
2

ek
st
rak
tn

u
ch
ir
is
h
k
o
lo
n
n
as
i;
3
6

e
k
st
rak
tn
i b
u
g‗
la
tu
v
ch
i k
o
lo
n
n
a;
3
8

t
o
m
ch
q
ay
tar
g
ic
h

 


455 
Rafinat katta bo‗lmagan miqdordagi (2-3 % massaga) fenol bilan rafinatni 
bug‗lantirib chiqaruvchi kolonnaga (21) oqib o‗tadi, u yerda fenolning qoldiqlari 
o‗tkir suv bug‗lari bilan yuvib chiqariladi. Suvning va fenolning bug‗lari
kolonnaning yuqori qismidan (21) havoli sovutish apparatiga (35) to‗planadi; 
kondensat qabul qilgichda (34) to‗planadi va nasos (33) yordamida issiqlik 
almashgichning (24) oldidagi ekstrakt eritmasiga uzatadi. Tarkibida 0,005 % 
(massaga) ko‗p bo‗lmagan fenol nasos (22) yordamida issiqlik almashtirgich 
(17) orqali rezervuardagi eng oxirgi (sxemada ko‗rsatilmagan) sovutgichga 
yo‗naltiriladi. 
Kolonnadan (10) olib ketiladigan ekstrakt eritmasi nasos (11) yordamida 
issiqlik almashgich (24 va 24) orqali (ketuvchi qaynatgichdan 25 qaynoq fenol 
bilan qizdirib) quritish kolonnasiga (27) beriladi. Bu kolonnaga to‗plangan 
ekstrakt eritmasining harorati 150-160°Сga teng bo‗ladi. Kolonna (27) kar 
likopcha bilan ikki qismga bo‗lingan: yuqoridagi likopcha (12) bilan, pastkisi 
esa – kub bilan ta‘minlangan. Kolonnada (27) ekstrakt eritmasi suvsizlantiriladi 
va unga suv-fenol kondensati biriktiriladi. 
Bu kolonnadan yuqoriga azeotrop aralashmasini bug‗lari ketadi (91 % 
massaga suv, qolganlari-fenol), pastki qismidan – ekstrakt va asosiy massasi 
fenoldan tashkil topgan suvsiz eritma chiqib ketadi. Azeotrop aralashmasi 
bug‗larini bir qismi kolonnaning yuqorisidan chiqib absorberga (5) 
yo‗naltiriladi, qolgan qismi esa havoli sovutish apparatiga (19) kirib keladi. Bu 
yerda hosil bo‗lgan kondensat-fenol, suv-qabul qilgichga (15) to‗planadi. 
Kolonnada (27) yarim yopiq likopchada to‗plangan ekstrakt eritmasi 
qaynatgichga (25) oqib o‗tadi. Bu yerda kolonnadan (32) chiqadigan 
kondensatsiyalovchi fenolning bug‗lari yordamida qizdiriladi. Bug‗lantiruvchi 
ekstraktsiya kolonnasiga (32) quritish kolonnasidan (27) nasos (29) yordamida 
olinadigan suvsizlantirilgan ekstrakt eritmasi kirib keladi va 250-280°Сgacha 
qizdirish uchun zmeyevik pechiga (30) yo‗naltiriladi. Zmeyevik pechi (30)
orqali eritmani sirkulyatsiyasi nasos (31) yordamida amalga oshiriladi va 
ekstraksiya kolonnasining pastki qismida harorat taxminan 330°Сgacha 


456 
ko‗tariladi. Shunday qilib kolonnada qoldiq mahsulotda kam tarkibli fenolning 
miqdoriga erishiladi. Kolonnaning (32) konstruksiyasi kolonna (27) kabi 
jihozlanadi. Kolonna (32) 0,2-0,3 MPa bosimlar farqida ishlaydi. Kolonnaning 
yuqori qismidagi harorat ishchi bosimda fenolni qaynash haroratiga teng 
bo‗ladi; eng oxirgisiga bog‗liq holda u 230-240°С da haroratda chegaralanadi.
Har xil turdagi xom-ashyoni fenol bilan tozalash ko‗rsatgichlari 9.1-
jadvalda keltirilgan. Kolonnadan chiqadigan (32) fenol bug‗lari qaynatgich 
uchun (25) issiqlik tashuvchi hisoblanadi; undan keyin regeneratsiyalangan 
fenol issiqlik almashtirgich (24) va sovutgich (26) orqali apparatda (35) 
kondensatsiyalanadi; kondensat ekstrakt eritmasi bilan birgalikda quritish 
kolonnasiga (27) beriladi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin