―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Furfurol bilan neft moylarni tozalash qurilmasining texnologik sxemasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

11.2-rasm. Furfurol bilan neft moylarni tozalash qurilmasining texnologik sxemasi: 
1,5,6,11,14,17,25,27,30,36-38,46-48-nasoslar;2,8,18,21,23,44-issiqlik almashtirgichlar; 3-
deaerator; 4-qabul qilgich; 26,31,50-kolonnalar; 20,28-quvurli pechlar; 33,41-havoli 
sovutish 
apparatlari; 
10,13,34,40,42,43-sovutgichlar; 
12-kontaktor; 
13*,45,49-
tindirgichlar;29,32-ekvaporatorlar; 35,39-vakuum –qabul qilgichlar. 
Ekstrakt eritmasi yuqori bosimli evaporatordan (29) nasos (30) yordamida 
past bosimli evaporatorga (32) beriladi, u yerda furfurol bosimlarni farqi 
hisobiga bug‗lantiriladi. Evaporatorning (32) yuqori qismidan furfurolning 
quruq bug‗lari bug‗lantirish kolonnasidan (15) chiqadigan furfurolning quruq 
bug‗lari bilan kondensatsiyalanadi, sovitiladi va kondensat vakuum-qabul 
qilgichga (35) oqib o‗tadi. Evaporatordan (32) ekstrakt eritmasining bir qismi 
retsirkulyat sifatida nasos (37) yordamida sovutgich (13) va tindirgich (13*) dan 
keyin kontaktorning pastki qismiga (12) beriladi. Ekstraktning qoldiq qismi 
bug‗lantirish kolonnasiga (31) oqib o‗tadi, bu yerda vakuum ostida va yuqori 
haroratda qizdirilgan o‗tkir suv bug‗i yordamida furfurol eng so‗nggi marta 
bug‗lantiriladi. Kolonnaning yuqorisiga (31) nasos yordamida (48) sug‗orish 
uchun ―
yengil yog‗
‖ tindirgichdan (49) beriladi. 


461 
11.3-rasm. Furfurol ekstrakt eritmasini to‗rt bosqichli regeneratsiyalanadi 
Kolonnaning yuqorisidan (31) chiqadigan furfurol va suvning bug‗lari 
kolonnadan (16) olib ketiladigan namli bug‗larning tizimiga yo‗naltiriladi; 
aralashma kondensatsiyalanadi va sovitilgan kondensat vakuum-qabul qilgichda 
(39) to‗planadi. 
Ekstrakt kolonnaning pastki qismidan (81) nasos (36) yordamida eng 
oxirgi havoli sovutgich apparati (sxemada ko‗rsatilmagan) orqali rezervuarga 
yo‗naltiriladi.
Suvlangan furfurol vakuum-qabul qilgichdan (39) tindirgichga (45) 
yo‗naltiriladi, u yerda ikki qatlamga ajraladi: pastki-namli-furfurol-kolonnani 
(26) sug‗orish uchun xizmat qiladi; yuqoridagi-suvli qatlamning tarkibida -8-9 
% (massaga) furfurol mavjud bo‗ladi, uchta seksiyaga bo‗lingan qo‗shimcha 
tindirgichga (49) to‗planadi. Tindirgichning (49) birinchi seksiyasida tindirilgan 
furfurol tindirgich (45) namli furfurol bilan birgalikda nasos (46) yordamida 
kolonnaga (26) beriladi. 


462 
Suvli qatlam tindirgichning (49) ikkinchi seksiyasidan nasos (47) 
yordamida issiqlik almashtirgich (44) orqali furfurolni quvish uchun kolonnaga 
(50) yo‗naltiriladi; bu kolonnaning pastki qismiga azeotrop aralashmani 
bug‗lantirish uchun qizdirilgan o‗tkir suv bug‗i beriladi. Suvning va furfurolning 
bug‗lari kolonnaning (50) yuqori qismidan qator sovutgichga (43) kirib keladi, 
u yerdan kondensat sovutgichda (42) kondensatsiyalangan oqim va kolonnadan 
(26) azeotrop aralashmaning bug‗lari tindirgichga (45) to‗planadi. Suv 
kolonnadan (50) maxsus oqovaga ketadi. Distillyat fraksiyasini uchinchi 
seksiyada tozalashda tindirgichga (49) bug‗lantirish kolonnasidan moyli 
komponentlarni bug‗ bilan chiqishi evaziga (―
yengil moy‖
ham deyiladi) neft 
mahsulotlar to‗planadi. Bu ―
yengil moy‖ 
ning tarkibida erigan furfurol nasos 
(48) yordamida bug‗lantiruvchi ekstrakt kolonnaga (31) furfurolni 
regeneratsiyalash uchun yo‗naltiriladi. 
Rafinat eritmasining harorati zmeyevik pechidan (20) chiqishda 200-
215°С ga teng, zmeyevik pechidan (28) chiqishda ekstrakt eritmaning harorati 
220-230°С ni tashkil qiladi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin