461
11.3-rasm. Furfurol ekstrakt eritmasini to‗rt bosqichli regeneratsiyalanadi
Kolonnaning yuqorisidan (31) chiqadigan furfurol va suvning bug‗lari
kolonnadan (16) olib ketiladigan namli bug‗larning tizimiga yo‗naltiriladi;
aralashma kondensatsiyalanadi va sovitilgan kondensat vakuum-qabul qilgichda
(39) to‗planadi.
Ekstrakt kolonnaning pastki qismidan (81) nasos (36)
yordamida eng
oxirgi havoli sovutgich apparati (sxemada ko‗rsatilmagan) orqali rezervuarga
yo‗naltiriladi.
Suvlangan furfurol vakuum-qabul qilgichdan (39) tindirgichga (45)
yo‗naltiriladi, u yerda ikki qatlamga ajraladi: pastki-namli-furfurol-kolonnani
(26) sug‗orish uchun xizmat qiladi; yuqoridagi-suvli qatlamning tarkibida -8-9
% (massaga) furfurol mavjud bo‗ladi, uchta seksiyaga bo‗lingan qo‗shimcha
tindirgichga (49) to‗planadi. Tindirgichning (49) birinchi seksiyasida tindirilgan
furfurol tindirgich (45) namli furfurol bilan birgalikda nasos (46) yordamida
kolonnaga (26) beriladi.
462
Suvli qatlam tindirgichning (49) ikkinchi seksiyasidan nasos (47)
yordamida issiqlik almashtirgich (44) orqali furfurolni quvish uchun kolonnaga
(50) yo‗naltiriladi; bu kolonnaning pastki qismiga
azeotrop aralashmani
bug‗lantirish uchun qizdirilgan o‗tkir suv bug‗i beriladi. Suvning va furfurolning
bug‗lari kolonnaning (50) yuqori qismidan qator sovutgichga (43) kirib keladi,
u yerdan kondensat sovutgichda (42) kondensatsiyalangan oqim va kolonnadan
(26) azeotrop aralashmaning bug‗lari tindirgichga (45) to‗planadi. Suv
kolonnadan (50) maxsus oqovaga ketadi. Distillyat fraksiyasini uchinchi
seksiyada tozalashda tindirgichga (49) bug‗lantirish
kolonnasidan moyli
komponentlarni bug‗ bilan chiqishi evaziga (―
yengil moy‖
ham deyiladi) neft
mahsulotlar to‗planadi. Bu ―
yengil moy‖
ning tarkibida erigan furfurol nasos
(48) yordamida bug‗lantiruvchi ekstrakt kolonnaga (31) furfurolni
regeneratsiyalash uchun yo‗naltiriladi.
Rafinat eritmasining harorati zmeyevik pechidan (20) chiqishda 200-
215°С ga teng, zmeyevik pechidan (28) chiqishda ekstrakt
eritmaning harorati
220-230°С ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: