449
XI bob. TOVAR YOQILG‗ILARNI TAYYORLASH
11.1.Saralangan eritmalar yordamida moyli xomashyoni tozalash
Tanlangan tozalash jarayoni neftli moylarni ishlab chiqarishning asosiy
jarayonlaridan biri hisoblanadi, bunda moyni ishlatishning
muhim xossalarini
amalda yaxshilashning imkonini beradi: oksidlanishga qarshi barqarorligi va
qovushqoq-harorat xossalarini. Jarayon maxsus tanlangan eritmalar yordamida
xomashyoning neftli moylarini tanlab olishga asoslangan, keraksiz bo‗lgan
komponentlarni qaysiki, oltingugurt va azotni birikmalarini, politsiklik aromatik
va naften-aromatik uglevodorodlarni qisqa yon zanjirlarni, chegarasiz
uglevodorodlar va smolali moddalarni ajratadi. Sanoat miqyosida tanlangan
eritgichlar sifatida fenol, furfurol va bug‗li eritgichlar – fenolning aralashmasi
va propanli krezollardan keng foydalaniladi [I].
Tanlangan tozalashning har qanday texnologik
sxemasi quyidagi asosiy
operatsiyalarni ta‘minlaydi: to‗xtovsiz ishlaydigan apparatlarda xomashyoni ikki
fazasini ekstraksiya komponentlarini shakllanishini, rafinat va ekstrakt eritmani
quvish yo‗li orqali eritgichlarni to‗xtovsiz regeneratsiyalash, eritgichlarni
suvsizlantirish. Darslikda tanlab tozalashning qurilmasini namunaviy texnologik
sxemalari hamda sxemalarda sanoat qurilmalarini ekstraksiya bo‗limlarini
jihozlashning har variantlari keltirilgan. Bular regeneratsiyalash va eritgichlarni
suvsizlantirish asosiy seksiyalar hisoblanadi.
Eng ko‗p yiriklashtirilgan kombinatsiyali (ikki oqimli) fenol va furfurolni
quvvati namunaviy bir oqimli qurilmaga nisbatan ikki marta yuqori quvvatga
ega bo‗lgan tozalash qurilmalari keng qo‗llaniladi.
Bunday qurilmaning asosiy xususiyatlari quyidagilar: ularda bir vaqtning
o‗zida distillyatni va qoldiq (deasfaltizatni) xomashyoni qayta ishlash mumkin;
distillyat
va
ekstrakt
eritmasining
aralashmasini
eritgichlarini
regeneratsiyalashning umumiy seksiyalari oldindan ko‗riladi. Shunday qilib,
bunday qurilmalardagi ekstraktlar keng fraksiyali tarkibga egadir; fenolni
azeotrop fenol-suv aralashmasini bug‗larini olib chiqish uchun ikki pog‗onali
absorber oldindan ko‗riladi; ―suv konturi‖
amalga oshirilgan, absorberning
450
yuqori qismidan chiqadigan kondensatdan suv bug‗larini ishlab chiqarish uchun
bug‗ generatori qo‗shiladi.
Ekstrakt bilan qimmatli komponentlarni yo‗qotilishini oldini olish va
rafinatni chiqishini kuchaytirish hamda har xil tarkibdagi va xossali ikki xil
rafinatlarni olish maqsadida ikki pog‗onali fenol tozalash qo‗llaniladi.
Bunday sharoitda qurilma ikkita ekstraktsiyalash kolonnalari bilan
jihozlanadi. Xomashyoni birinchi yurishida tozalanishi talab qilingan fenolning
taxminan yarim miqdori beriladi, bu kolonnaning yuqori qismidan
―og‗irlashtirilgan‖ rafinat eritma olib ketiladi. ―Og‗irlashtirilgan‖ rafinatning
ikkinchi pog‗onasi tozalashga yo‗naltiriladi-ikkinchi
ekstraktsiya kolonnasiga,
shu yerdan fenolning qolgan miqdori kiritiladi. Ikkinchi kolonnaning yuqori
qismidan eng so‗nggi rafinatli eritma eritgichning regeneratsiyasiga kirib keladi.
Ekstrakt eritmaning I-chi va II-chi pog‗onada tozalashda aralashadi va ekstrakt
eritmadan fenolni regeneratsiyalash seksiyasiga yo‗naltiriladi.
Xomashyoni maqsadli va keraksiz komponentlarga ajralishini aniqligi
hamda rafinatni chiqishini kuchaytirishga erishish ekstraktsiya kolonnasining
pastki qismiga fenol suvining o‗rniga fenolsizlashtirilgan ekstraktni haydash
orqali amalga oshiriladi [1]. Bunday variantda fenolning tanlangan xususiyatini
saqlashga imkon bo‗ladi va rafinatga keraksiz komponentlarni kelib kirishi
kamayadi.
Kam qovushqoqli sekin soviydigan
moylarni olish uchun yengil
distillyatlarni tozalashda ekstraktsiya nisbatan past (35-40°С) haroratda amalga
oshiriladi, qurilmaning texnologik sxemasiga sovutish tizimi qo‗shiladi.
Sovutish tizimi sovutgichlarda xomashyoni va ekstrakt eritmalarni, ekstraktsiya
kolonnasining pastki qismidagi retsirkulyatsiyada qo‗llaniladigan suvni 3-8°С
gacha sovutish uchun mo‗ljallanadi. Xuddi shunga o‗xshash qurilmalarda
eritgichlarni regeneratsiyalash seksiyasida kolonnaning jihozlari ko‗p sonli
likopchalar bilan jihozlanganligi uchun fenol bug‗lari bilan moyli
komponentlarni olib chiqishini oldi olinadi.
Xomashyoning tarkibida smolali moddalari ko‗p bo‗lganda qurilma
451
qo‗shimcha
xomashyoni
oldindan
deasfaltizatsiyalash
va
bitum
deasfaltizatsiyasi eritmasidan eritgichni regeneratsiyalash seksiyalari qo‗shiladi.
Saralangan tozalash qurilmasini ishlatishda jarayonni avtomatik
boshqarishga katta e‘tibor beriladi. Qurilma oqimlarda sifat analizatorlari bilan
jihozlanadi: xomashyo uchun-plotnomer va viskozimetr; rafinat eritmasi uchun-
eritgichning
tarkibini analizatori; rafinat uchun-refraktomer, kolorimetr,
eritgichni tarkibini
analizatori; ekstrakt uchun-plotmer, viskozimetr, eritmani
tarkibini analizatori; oqova suv uchun-eritgichni tarkibini analizatori (eng
so‗nggisi atrof muhitni muhofazasi uchun muhimdir; shu maqsadda saralab
tozalash qurilmasida havoli sovutish apparatlari va aylanma suv bilan ta‘minlash
tizimlari o‗rnatiladi). Rafinatni xomashyoga chiqishi 64-85 % ni (massaga),
yuqori indeksli moylarni ishlashda 40-60 % ni (massaga) tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: