―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 


472 
Nazorat savollari 
1.Absorber likopchasining ostiga azeotrop aralashmasining bug‗lari 
kiritiladimi? 
2.Neftli moylarni tozalash qurilmasining tarkibiga qanday seksiyalar 
kiradi? 
3.Bug‗li eritgichlar bilan tozalash gorizontal apparatlarda-ekstraktorlarda 
amalga oshirilish ketma-ketligini izohlab bering? 
4.Ekstraktsiyaning eng oxirgi mahsulotlari qaysilar hisoblanadi?: 
5.Sanoatda bir oqimli hamda yiriklashtirilgan kombinatsiyali qurilmalar 
amalda mavjudmi? 
6.Kolonnadagi faza bo‗linmalarining sathi xomashyoni kolonnaga 
kiritishdan ozroq yuqorida o‗rnatilgan fazalar oralig‗idagi rostlagich yordamida 
ushlab turiladi. 
7.Xomashyo sifatida moyli distillyat yoki deasfaltizat qo‗llaniladimi? 
8.Xomashyoning tarkibida smolali moddalari ko‗p bo‗lganda qurilmada 
qo‗shimcha 
xomashyoni 
oldindan 
deasfaltizatsiyalash 
va 
bitum 
deasfaltizatsiyasi eritmasi eritgich sifatida regeneratsiyalashda seksiyalarga 
qo‗shiladimi?
9.Kam qovushqoqli sekin soviydigan moylarni olishda yengil 
distillyatlarni tozalashda ekstraktsiya nisbatan past haroratda amalga 
oshiriladimi? 
10.Ekstrakt bilan qimmatli komponentlarni yo‗qotilishini oldini olish va 
rafinatni chiqishini kuchaytirishda va ikki xil rafinatlarni olishda ikki pog‗onali 
fenolni tozalash texnologiyasi qo‗llaniladimi? 
 
 
 
 
 
 


473 
XII bob. NEFT MAHSULOTLARINI YUQORI HARORATDA 
QOTADIGAN PARAFINLARDAN TOZALASH 
12.1.Neft xom ashyosini deparafinlash (parafinsizlashtirish) jarayoni va 
uning qurilmasi 
Neft mahsulotlariga qo‗yiladigan talablardan biri-past haroratlarda qotib 
qolmasligidir. Mahsulotlarning qotib qolishiga sabab past haroratda ularning 
tarkibidagi parafin va serozinlar kristall hosil qiladi va mahsulotning 
quyuqlanishiga sababli bo‗ladi. Neft fraksiyalaridan sifatli moylar olish uchun 
ularni qattiq parafinlardan tozalanadi. 
Pastroq haroratda qaynovchi neft mahsulotlarining tarkibidagi parafin 
uglevodorodlar suyuq holda bo‗ladi. qaynash harorati yuqorilashgan sari u 
mahsulotlarning tarkibidagi parafin uglevodorodlar quyuqlashib boradi hamda 
yuqori haroratda qaynovchi moy va qoldiq fraksiyalarning tarkibidagi parafinlar 
qattiq holda bo‗ladi. Qoldiq fraksiyalar esa oddiy haroratda qattiq holatda 
bo‗ladi. 
Umuman olganda qattiq uglevodorodlar murakkab aralashma bo‗lib 
ularning tarkibiga n- va izoparafinlar, har xil halqali va yonboshida har xil 
zanjiri bo‗lgan naften va aromatik uglevodorodlar kiradi. 
Deparafinlash jarayoning asosiy mohiyati neft mahsulotidagi qattiq 
uglevodorodlarni suyuq qismidan ajratib olishga asoslangan. 
Deparafinlash natijasida qattiq uglevodorodlar parafinlar va moy 
komponenti olinadi. Deparafinlash bir necha usullar bilan olib boriladi: a) 
xomashyoni sovutib qattiq uglevodorodlarni kristall holatiga keltirib ajratib 
olish; b) xomashyoni tanlab erituvchilarda eritib so‗ngra sovutib va kristall 
holatiga kelgan uglevodorodlarni ajratib olish; v) karbamid bilan kompleks hosil 
qilib ajratib olinadi; g) katalizatorlar yordamida uglevodorodlar pastroq 
haroratda qotadigan birikmalarga aylantiriladi; d) adsorbentlar yordamida 
xomashyoni yuqoriroq va pastroq haroratda qotuvchi qismlarga ajratiladi; ye) 
biologik usulda ta‘sir ko‗rsatish. Shularning orasida keng miqyosda 
qo‗llaniladigan turi - tanlab erituvchilar ishtirokida deparafinlashdir; lozim 


474 
bo‗lgan vaziyatda karbamid yordamida dizel yonilg‗ilari deparafinlanadi. 
Dizel yonilg‗isida parafin uglevodorodlarini bo‗lishi, yoqilg‗ining ―
setan
‖ 
sonini oshiradi. Dizel yoqilg‗isi arktika sharoitida ishlatilayotganda, uning 
tarkibidagi parafinlar kristallga tushib qoladilar. Shu sababli parafinlarni bir 
qismini ajratib olish zarur bo‗lib qoladi. Buning uchun dizel fraksiyasini 
karabamidlar yordamida deparafinlanadi. Natijada bu dizel yoqilg‗isini arktika 
sharoitida ishlatish mumkin bo‗ladi. 
Yengil neft mahsulotlaridan parafin uglevodorodlarini ajratib olish uchun 
maxsus adsorbentlardan foydalaniladi. Adsorbentlar neft mahsulotining 
tarkibidagi parafin uglevodorodlarini o‗zida ushlab qoladi. Keyinchalik 
desorbentlar yordamida adsorbentlardan parafin uglevodorodlari ajratib olinadi. 
Bu ko‗rsatilgan usullar lozim bo‗lgan vaqtda qo‗llaniladi. Sanoat 
miqyosida 
deparafinlash 
jarayoniga 
moy 
fraksiyalari 
beriladi. 
Moy 
fraksiyalarining yuqori haroratda qaynashi sababli, ularni maxsus erituvchilarda 
eritilib so‗ngra deparafinlanadi. 
Deparafinlash jarayoniga og‗ir aromatik uglevodorodlardan va boshka 
chiqindilardan 
tozalangan 
xomashyo-moy 
distillyatlardan 
va 
qoldiq 
fraksiyalardan olingan rafinatlar beriladi. 
Qurilmaning sxemasi 
Xomashyo erituvchi bilan aralashtiruvchiga tushadi. So‗ngra yaxshi 
aralashish uchun isitgichga keladi. Shundan keyin eritmani oldin suv bilan
so‗ngra vakuum fil‘trdan chiqayotgan deparafinlangan moy eritmasi bilan va 
oxirida ammiak bilan sovutiladi. Bu yerda og‗ir parafinlar kristall holiga keladi 
va vakuum-fil‘trda suyuq moy qismi kristall holidagi parafinlardan ajratiladi. 
Qattiq uglevodorodlar erituvchi yordamida yuviladi. Deparafinlangan moy 
eritmasi maxsus bo‗linmada erituvchidan ajratib olinadi. Erituvchi yana 
jarayonga qaytib beriladi. Deparafinlangan moy qo‗shimcha tozalash uchun 
keyingi 
jarayonga 
yuboriladi. 
Vakuum-fil‘trda 
olingangach (distillyat 
fraksiyadan) yoki petrolatum (qoldiq fraksiyadan) ulardan parafin yoki serizin 
olish uchun navbatdagi jarayonlarga yuboriladi. 


475 
Erituvchi sifatida asosan atseton, metiletilketon, metilizobutilketon, benzol, 
toluol va suyuq propanlar ishlatiladi. Respublikamizdagi zavodlarda ko‗pincha 
toluol ishlatiladi. Ba‘zan ko‗rsatilganlardan ikkitasini qo‗shib ishlatiladi. 
―Dilchil‖ deparafinlash jarayoni 
Bu jarayon hamma moy fraksiyalarini deparafinlash uchun qabul qilinadi. 
Erituvchi sifatida metiletilketon, metilizobutilketon yoki toluol bilan 
aralashmasi ishlatiladi. Bu jarayonning alohida xususiyati xomashyoni kristallga 
tushirishda o‗ziga xos usul qo‗llanilganlidir. 
Sxemaning izohi 
Isitgich (3) da isitilgan xomashyoga, sovuq deparafinlangan moy eritmasi 
(1) va ammiak yordamida (2) sovutilgan eritma berilib ―dilchil‖ kristallizatorida 
(4) aralashtiriladi va sovutiladi. Kristallga birinchi bo‗lib kattiq uglevodorodlar 
tushadi, keyin uning atrofini yumshoqroq kristallar o‗raydi. Bu usulda 
deparafinlash natijasida fil‘trlash bo‗linmasining ish samaradorligi ikki 
marotaba oshadi, shuning bilan birga, 
gachda 
ketayotgan moyning miqdori ikki 
marotaba kamayadi. Sovutilgan eritma ammiak kristallizatorida (5) qo‗shimcha 
sovutilib keyingi bosqichlarga beriladi. Qattiq uglevodorodlardan tozalangan 
moy tovar surkov moylarini tayyorlash bo‗linmasiga beriladi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin