480
kristallizatorlar; 18-22-ammiakli-kristallizatorlar; 2 - kompressor; -inert gazning tizimi.
12.1-jadval
Distillyat va qoldiq xom-ashyolarni fil‘trlash harorati quyidagi jalvalda
keltirilgan (°С):
Distillyat
xom-ashyosi
Qoldiq xom-ashyo
I-chi pog‗ona
II-chi pog‗ona
-25÷-28
-15÷-18
-23÷-25
-13÷-15
12.4. Parafinsizlashtirish va moysizlashtirish qurilmasi
Parafinsizlashtirish va moysizlashtirish qurilmasi
past horaratli qotish
hamda bir vaqtning o‗zida parafinni yoki serezinni ajratib moylarni olish uchun
mo‗ljallangan. Bunday jarayonlarni birlashtirilgan qurilmalarda amalga
oshirishda ishlatish sarflari, bug‗ni va elektr energiyasini sarfi kamayadi, alohida
ishlaydigan qurilmalarga taqqoslaganda ish
va boshqa texnik-iqtisodiy
ko‗rsatgichlari yaxshilanadi.
Saralab tozalangan rafinatlar xomashyo hisoblanadi. Maqsadli mahsulot-
past haroratli qotish parafinsizlashtirilgan moy, parafin yoki serezin, qo‗shimcha
mahsulotlar moysizlantirilgan qoldiqlar hisoblanadi. Parafinsizlantirilgan
moyning chiqishi 65-85% ni(massasiga), parafin yoki serezin 12-15 %ni
(massasiga) va moysizlantirilgan qoldiqlar yoki slop-voks 6-18 % ni (massasiga)
tashkil qiladi.
Qurilmaning asosiy bo‗limlari quyidagilar: kristallizatsiyalash, fil‘trlash,
parafinsizlangan moyli eritmadan
eritgichni regeneratsiyalash, parafin yoki
serezinni va qoldiqlarni moysizlashtirish. Kristallashtirish va fil‘trlash
qurilmasini bo‗linmalarini texnologik sxemasi 12.2-rasmda keltirilgan.
Xomashyo-rafinat-nasos (14) yordamida suvli sovutgich (15) orqali
regenerativ kristallizatorga (16-19)
beriladi, u yerda I-chi pog‗onada fil‘trlanib
olinadigan fil‘trat bilan sovutiladi. Kristallizatorlardan (16-18) xomashyo
chiqishda unga sovuq eritgich qo‗shiladi. Eritgich nasos yordamida quruq va
nam (ho‗l) eritgichlarni qabul qilgichidan (sxemada ko‗rsatilmagan) beriladi.
Regenerativ kristallizatordan xomashyo amiakli kristallizatorlarga (23-25) qabul
qilgichdan (22) kirib keladigan xladagentni bug‗lantirish hisobiga to‗planadi.
482
Moy eritmasida qattiq uglevodorodlarni sovutilgan
suspenziyasi qabul
qilgichga kirib keladi, u yerdan-o‗z oqimi bilan vakuumli fil‘trning I-chi
pog‗onasiga to‗planadi.
Vakuumli fil‘trlardagi suspenziyani sathi uni uzatish chizig‗i bilan bog‗liq
bo‗lgan sath rostlagichi yordamida boshqariladi. I-chi pog‗ona fil‘trati
(parafinsizlangan moyning eritmasi) vakuum qabul qilgichda (10) to‗planadi, u
yerdan nasos (21) yordamida qarshi oqim
bilan xomashyo eritmasiga
regenerativ kristallizatorlar orqali uzatiladi. Keyin issiqlik almashtirgichlar (20
va 30) orqali shu yerda ho‗l va quruq eritgichlar sovitiladi va yig‗gichga (31)
to‗planadi. Bu yerdan parafinsizlangan moyning eritmasi eritmalarni
regeneratsiya seksiyasiga yo‗naltiriladi.
Fil‘trdagi qoldiq sovuq eritma bilan yuviladi. Eritgich oldindan
kristallizatorda (27) sovutiladi. Fil‘trni I-chi pog‗onasidan
olingan qoldiqqa
eritgich qo‗shiladi va olingan suspenziya yig‗gichda (3) to‗planadi. Bu yerdan
suspenziya nasos (13) yordamida vakuumli fil‘trlarni II-chi pog‗onasini
ta‘minlash uchun qabul qilgichga (4) uzatiladi.
Fil‘tratning II-chi pog‗onasi vakuum-qabul qilgichga (10) kirib keladi va
bu yerdan nasos (28) yordamida kristallizator (26) orqali chiqadigan (25) eng
so‗nggi sovutilgan suspenziyani qo‗shishga beriladi. II-chi pog‗ona
fil‘trlarning qoldig‗iga eritgichlar qo‗shiladi va yig‗gichda (6) to‗planadi. Bu
yerdan suspenziya nasos (29) yordamida vakuumli fil‘trlarni (8) III-chi
pog‗onasini ta‘minlash uchun qabul qilgichga (7) beriladi. III-chi pog‗ona
fil‘trati vakuumli qabul qilgichda (12) yig‗iladi
va keyin eritgichlarni
regeneratsiyalash seksiyasiga yo‗naltiriladi. III-chi pog‗ona fil‘trlarini
qoldig‗iga eritgichlar qo‗shiladi, yig‗gichda (9) to‗planadi va keyin eritgichlarni
regeneratsiyalash seksiyasiga yo‗naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: