485
Vakuumli fil‘trlardagi suspenziyaning sathi uni uzatish chizig‗i
bilan
bog‗langan sath rostlagichi yordamida boshqariladi. I-chi pog‗ona fil‘trati
(parafinsizlangan moy eritmasi) vakuum – qabul qilgichda (8) to‗planadi, u
yerdan nasos (21) yordamida qarshi oqim bilan regenerativ kristallizatorlar
(13,14,19 va 20) orqali issiqlik almashtirgichga (12 va 26) ho‗l
va quruq
eritgichlarni sovutish uchun va keyin esa qabul qilgichga (27) beriladi. Shu
yerni o‗zidan parafinsizlangan moy eritmasi eritgichlarni regeneratsiyalash
bo‗limiga yo‗naltiriladi. Qoldiq esa nasos (25)
yordamida beriladigan sovuq
eritgich bilan yuviladi. Eritgich oldindan kristallizatorda (24) sovutiladi.
Fil‘trlarni I-chi pog‗onasidan olinadigan qoldiq eritgich bilan
aralashtiriladi va olingan suspenziya yig‗gichda (3) to‗planadi;
undan
suspenziya nasos (18) yordamida qabul qilgichga (4) vakuum fil‘trlarini (5) II-
chi pog‗onasini ta‘minlash uchun beriladi. II-chi pog‗ona fil‘trati vakuum-qabul
qilgichga (8*) kirib keladi, u yerdan kristallizatordan (19) chiqadigan xomashyo
suspenziyasiga aralashtirish uchun yo‗naltiriladi. II-chi pog‗ona fil‘trlardan
olingan qoldiq eritgich bilan aralashtiriladi; shu
yerda olingan suspenziya
yig‗gichda (6) to‗planadi va eritgichlarni regeneratsiyalash seksiyasiga
yo‗naltiriladi.
Fil‘trlash harorati (°С):
I stupen‘
II stupen‘
—62÷—64
—55÷—58
Dostları ilə paylaş: