489
eritgichlarni bug‗lari suyuqlikdan ajratiladi va kolonnadan chiqib ketadi; undan
keyin eritgichning bug‗lari issiqlik almashtirgichning (4) va havoli sovutish
apparatining (3) quvurlari oralig‗ida kondensatsiyalanadi.
Kondensat suvli
sovutgichdan (2) chiqishda quruq eritgichning (sxemada ko‗rsatilmagan) qabul-
qilgichiga kirib keladi.
Kolonnaning pastki qismiga (10) olib ketiladigan suyuqlik nasos (11)
yordamida bug‗li qizdirgichning (12) quvurli fazosi orqali kolonnaga (9)
beriladi, qaysiki 0,20-0,35 MPa bosimda saqlab turiladi. Kolonnadan (9)
chiqadigan eritgichning bug‗lari sovutiladi va issiqlik almashtirgichda (5) va
apparat yordamida (7) kondensatsiyalanadi. Kondensat suvli sovutgich (6)
orqali o‗tib, quruq eritgichlarni qabul qilgichda to‗planadi. Qoldiq kolonnaning
pastki (9) klapan va bug‗li qizdirgichning (14) quvurli fazosi oralig‗idagi
bosimlar farqi hisobiga o‗tadi hamda bug‗li suyuqlik holatida kolonnaga (15)
kirib keladi. Kolonnadagi (15) bug‗lar kolonnadan (10) chiqqan bug‗lar bilan
birlashadi.
Eritgich bilan birlashgan suyuqlik kolonnadan (15) oqib chiqadi, gidravlik
zatvor va bug‗li qizdirgich (17) orqali bug‗lantirish kolonnasiga (16) beriladi,
eritgichning qoldig‗i esa o‗tkir suv bug‗i yordamida chiqarib yuboriladi.
Kolonnaning pastki qismiga olib ketiladigan parafinsizlangan
moy sovutgich
orqali oraliq rezervuariga (bu sxemada ko‗rsatilmagan) yo‗naltiriladi.
Eritgichning asosiy miqdori birinchi ikki pog‗onalarda (10 va 9
kolonnalar) 100 va 155-170°С lar oralig‗ida regeneratsiyalanadi. Eritgichni
―
moylanishidan‖
holi bo‗lish uchun kolonnaning yuqoridagi likopchasiga
sug‗orish sifatida eritgich beriladi. Eritgich va suvning bug‗larini aralashmalari
kolonnadan (16) chiqishida kondensator-sovutgichda (13) kondensatsiyalanadi.
Bu yerdan kondensat tindirgichga (22) yo‗naltiriladi, qaysiki, yuqori qatlamdan
(eritmadagi suv) namli eritgichning (21) qabul qilgichiga oqib o‗tadi.
Gach eritmasidan eritgichni regeneratsiyalash (petrolatumni)
uchta
pog‗onada amalga oshiriladi. Gach eritmasi nasos (20) yordamida bug‗li
qizdirgichga (19) uzatiladi. Unda paydo bo‗lgan bug‗lar suyuqlikdan kolonnada
490
(18) ajratiladi. Eritgichning bug‗lari kolonnadan (18) chiqishda suvli kojuxli
quvurli kondensator-sovutgichda (24) kondensatsiyalanadi; kondensat ho‗lli
eritgichning qabuliga oqib o‗tadi. Qoldiq kolonnaning (18)
pastki qismidan
nasos (25) yordamida bug‗li qizdirgich (26) orqali kolonnaga (28) beriladi. Bu
yerda eritgichdan ajratilgan bug‗lar kolonnadan (18) chiqadigan bug‗lar bilan
birlashadi.
Qoldiq kolonnaning pastki (28) qismida bug‗li qizdirgichda (30)
qizdiriladi va undan keyin bug‗lantiruvchi kolonnaning (29) suv bug‗lari
yordamida ishlanadi. Kolonnaning (29) yuqori qismidan chiqib ketadigan
eritgichning va suvning bug‗larini aralashmasini
kondensatsiyalash uchun
kondensator-sovutgich (27) xizmat qiladi; kondensat tindirgichga (22) kirib
keladi. Gach kolonnaning (29) pastki qismidan sovutgich
orqali rezervuarga
(sxemada ko‗rsatilmagan) yo‗naltiriladi.
Tindirgichda (22) suvlangan eritgich ikki qatlamga ajratiladi. Yuqori
qatlam (eritgichdagi suv) namli eritgichning qabuliga (21) oqib o‗tadi, bu yerda
eritgich qo‗shimcha holda suvdan tindiriladi. Pastki qatlamdagi (eritgich suvda)
15% gacha eritma bo‗ladi, nasos (31) yordamida ketonli kolonnaga (32)
beriladi. Kolonnadan chiqib ketadigan eritgichni va suvning bug‗larini
aralashmasi
kondensatorda
(23) kondensatsiyalanadi, kondensat esa tindirgichga
(22) oqadi. Ortiqcha suv kolonnadan (32) pastgi oqovaga olib chiqiladi.
Kolonnaning pastki likopchasining tagiga suv bug‗larini berishni o‗zgartirib, uni
harorat rejimi boshqariladi. Kolonnaning yuqorisidagi harorat 80-90°С,
pasttidagi harorat 110°С, ortiqcha bosimlar farqi katta emas Qizdirgichlar 8, 12,
14, 19, 26 va boshqalar apparatlar uchun issiqlik tashuvchi suv bug‗lari
hisoblanadi.
Gachning eritmasidan eritgichning asosiy miqdori birinchi bosqichda
110°С haroratda va 0,07 MPa bosimgacha regeneratsiyalanadi (kolonnani 18
uni qizdirgichi 19 bilan xizmat qiladi). Kolonnalar 16, 29 va 32 da 16-20
likopcha mavjud. Kolonnalar 9, 10, 15, 18 va 28 kiradigan aralashmalarni bug‗li
va suyuqlik fazalariga ajratadi. Kolonnaning yuqori zonasida 2-4 likopcha
491
joylashgan, sug‗orish sifatida eritgich beriladi
va u moy va gachning
tomchilarini bug‗ bilan birga chiqib ketishini oldini oladi. Kolonnaning (16)
pastki qismidan chiqadigan moyning va gachning (29) harorati 15-165
о
С ni
tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: