492
qobiliyatiga asoslangan.
Rentgen tuzilishli tadqiqotlar bilan aniqlanganki, toza karbamid
(mochevina) tetragonal‘ tuzilishga ega. Kompleks hosil qilish jarayonida uning
kristall tuzilishlarining spiral bo‗ylab joylashgan olti karbamid molekulasidan
tashkil topgan geksagonal‘ tuzilishga qayta o‗zgarishi yuz beradi. Spiral ichida
5,25А samarali diametrli geksagonal‘ shakldagi kanal (tunel‘) hosil bo‗ladi.Н-
alkanlar ko‗ndalang kesimi o‗rtacha 4,2A ni tashkil etadi, shuning uchun ham
ular kanalga yaxshi mos tushadi va uning ichida Van-der-Vaal‘s kuchi hisobiga
ushlab turiladi.
Karbamidli komplekslar siklik tuzilishli uzun zanjirli uglevodorodlarni ham
hosil qilishi mumkin. Shunday qilib, kompleks hosil qilish uchun bir metil yon
guruhi bo‗lganida 10 tadan kam bo‗lmagan, etil guruhi bo‗lgan holatda esa 24
tadan kam bo‗lmagan normal zanjirli uglevodorod atomlari kerak bo‗ladi.
Alkilga o‗zgargan siklik uglevodorodlar unda 20…25 va undan ko‗p uglerod
atomli alkil zanjiri bo‗lganida karbamid bilan kompleks xosil qilish qobiliyatiga
ega. Shunday ekan, kompleks hosil qilish uchun uglevodorod molekulalarining
kimyoviy tabiati emas, balki ularning konfiguratsiya va o‗lchamlari muhimdir.
Kompleks hosil qilish jarayoni qaytar jarayondir va hosil bo‗lgan kompleks
qizdirilganda parchalanadi:
Dostları ilə paylaş: