493
boradi.Shuning uchun karbamidli deparafinlash asosan past haroratda qotuvchi
dizel yoqilg‗ilar va past qovushqoqli moylarni olishda qo‗llaniladi.
Karbamid kompleks birikmalarining hosil bo‗lishi
ekzotermik jarayon
hisoblanib, bunda hisob bo‗yicha n-alkan molekulasida bir uglerod atomi
(n)ning issiqlik effekti ~ 6,7 kDj ni tashkil etadi.
Kompleks hosil qilish jarayonining zarur sharti tizimda kompleks hosil
bo‗lishini yengillashtiruvchi va tezlashtiruvchi – faollashtirgichning
mavjudligidir. Jarayon faollashtirgichlari
sifatida suv, spirtlar (metil, etil,
izopropil) va ketonlar (atseton, MEK) keng qo‗llaniladi. Faollashtirgich qutbli
modda hisoblanib, muhitning gomogenligi (bir xilligi)ga yordam beradi, parafin
uglevodorodlarini xomashyoning boshqa komponentlari bilan aloqasini
zaiflashtiradi, karbamidning kristall tuzilishini tetragonaldan geksagonalga
uzgarishiga yordam beradi va bu bilan uning faolligini oshiradi.
Moyli xomashyoning qovushqoqligini pasaytirish
uchun aralashtiruvchilar
(benzol, benzin, dixloretan) qo‗llaniladi. Ko‗pincha aralashtiruvchi vazifasini bir
vaqtning o‗zida jarayonning faollashtiruvchisi bo‗lgan – yuqori ketonlar va
spirtlar bajaradi.
Kompleks hosil qilish jarayoni aralashmaning reaksiyaga kirishuvchi
komponentlari orasida yaxshiroq o‗zaro kontakt hosil qiluvchi jadal aralashtirish
bilan amalga oshiriladi va shu bilan jarayonni jadallashtiriladi. Kontaktlashish
vaqti xomashyo sifatiga bog‗liq bo‗ladi va odatda 30 - 60 daqiqani tashkil etadi.
Karbamidli deparafinlashda qo‗llaniladigan
karbamidning agregat
holatiga, aralashtirgich va karbamidning tabiatiga, reaktor blokinig tuzilishiga,
kompleksni ajratish va parchalash usuliga ko‗ra turli variantlari ishlab chiqilgan
va joriy etilgan bo‗lib, ularning har biri o‗z afzallik va kamchiliklariga ega.
Suvli izopropil spirtini karbamid eritmasi bilan
deparafinlash jarayonida
quyidagi natijalar olingan: