497
XIII bob. YOQILG‗I VA SURKOV MOYLARINI TOZALASH,
JARAYONLARNING MAQSADI VA ULARNI ISHLAB CHIQISH
13.1. Neft xomashyosini tozalash va ajratish texnologiyasi
Neftni birlamchi qayta ishlash va olingan
mahsulotlarni qayta ishlash
natijasida olingan mahsulotlarni yonilg‗i, surkov moyi yoki kimyo sanoatida
xomashyo sifatida to‗g‗ridan - to‗g‗ri ishlatish mumkin emas Ulardan sifatli
mahsulot olish uchun qo‗shimcha ravishda keraksiz, tayyor mahsulotni sifatiga
salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi moddalardan tozalash kerak.
Buning uchun kerak bo‗lmagan moddalarni ba‘zi bir reagentlar bilan
kimyoviy birikmalar shaklida chiqazib tashlanadi (masalan
kislotalar, ishqorlar
va boshqalar yordamida). Ba‘zan neft mahsulotlarini fizikaviy usul bilan
uglevodorod tarkibini o‗zgartirmagan holda ma‘lum qismlarga ajratiladi (tanlab
ta‘sir etuvchi erituvchilar, adsorbentlar yordamida, deparafinlash va boshkalar).
Neft yonilg‗ilarining asosiy turlari va sifati
Neft mahsulotlaridan olinadigan yonilg‗ilardan foydalanish nisbatan qulay
bo‗lgani uchun ular xalq xo‗jaligida keng foydalaniladi.
Neft yonilg‗ilarini quyidagi turlari bor:
1) Porshenli
dvigatellarda ishlatiladigan, tashqaridan ta‘sir ko‗rsatib o‗t
oldiriladigan ( avtomobil va aviatsiya benzinlari).
2) Porshenli dvigatellarda ishlatiladigan, siqilish natijasida alanga oladigan
(dizel yonilg‗ilari).
3) Reaktiv dvigatellar uchun.
4) Gaz-turbinalari dvigatellar va qurilmalar uchun.
5) Bug‗ qozonlari uchun.
Benzinlar
uchun
ularning
detonatsiyaga
chidamliligi
asosiy
ko‗rsatgichlardan hisoblanadi. Dvigatel‘ silindlarida benzin bug‗lari va havo
aralashmasi tashqaridan o‗t berilmaguncha oksidlanishga chidamli bo‗lishi
zarur.
Dizel dvigatellarida esa yonilg‗i siqilgan havoni
qizishi hisobiga alanga
oladi. Bu yonilg‗ilar qisqa vaqtda alanga olishi kerak. Qiyinlik bilan
498
oksidlanadi, yonilg‗i ishlatilsa alangalanish davri cho‗zilib ketadi, natijada
yonish kameralarida ko‗p miqdordagi yonilg‗i alanga olib kamerada bosim
ko‗tarilib ketadi va dvigatellarni ish qobiliyati yomonlashadi.
Gaz
- turbinali dvigatellar, bug‗ qozonlarida ishlatiladigan yonilg‗ilarga
alohida qo‗yiladigan talablar yo‗q.
Reaktiv dvigatellarda ishlatiladigan yonilg‗ilar ma‘lum talablarga javob
berishi zarur. Yonish davrda forsunkalarda qoldiq qolishi man etiladi, qoldiq
borgan sari ko‗payib, forsunkaga tiqilib qolishi mumkin.
Yonish kameralarida
qurum hosil bo‗lishi man etiladi. Shu asosida reaktiv yonilg‗ilarda aromatik
uglevodorodlar 14%dan ortmasligi, smolani miqdori 5-6 mg/100 ml,
oltingugurtning miqdori 0,1-0,25% mass.dan (shu jumladan merkaptanlarni
miqdori 0,005% mas)dan oshmasligi lozim.
Termodestruktiv usullar bilan olingan mahsulotlarda to‗yinmagan
uglevodorolar ko‗p miqdorda bo‗lib, ular havodagi kislorod ta‘sirida
oksidlanadi, polimerlanadi va smolasimon moddalar
hosil qilib mahsulotning
sifatini pasaytiradi.
Azot birikmalari esa, dvigatellarda qurumlar hosil qiladi. Katalizatorlarni
zararlantiradi.
Oltingugurt birikmalari yonilg‗ilarni ishlatilgan jarayonida oksid
birikmalarini hosil qiladi, badbo‗y hid chiqaradi, atrof muhitni ifloslaydi.
Dvigatellarni va uskunalarni
korroziyaga uchratadi, katalizatorlarni aktiv
markazlarini zararlaydi.
Shu sabablarga binoan, birlamchi va termodestruktiv jarayonlarda olingan
mahsulotlarni tozalash lozim bo‗ladi.
Neft fraksiyalaridan moylar olish usullari
Ma‘lumki, neftning uglevodorod tarkibi parafinlardan, naftenlardan va
aromatik uglevodorodlardan iboratdir. Bular bilan
birga har xil chiqindi
birikmalar, smolasimon moddalar bor. Neftdan olinadigan moy fraksiyalarini
tarkibi ham keltirilgan birikmalardan tashkil topgan.
Neft moylari har xil sharoitda ishlaydi. Moylarning sifatiga qo‗yiladigan
499
talablardan biri - moylar issiq va sovuq sharoitlarda o‗zlarining qovushqoqliklari
kam o‗zgarishi kerak.
Parafin uglevodorodlari issiq sharoitda o‗zlarining qovushqoqlikini
pasaytiradilar,
sovuq
sharoitda
esa
kristallga
tushadilar.
Aromatik
uglevodorodlar ham past haroratda amorf holatga o‗tadilar. Bular moylarning
sifatini yomonlashishiga olib keladi. Naften uglevodorodlari esa o‗z
qovushqoqliklarini kam o‗zgartiradilar.
Dostları ilə paylaş: