―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
[2 - 5]
-
quyuqlashtirgichni moyda bir tekis 
taqsimlanishini oshiradi hamda surkovni kolloidligini va mexanik barqarorligini 
ham oshiradi. Oddiy sharoitda gomogenezatsiya surkovlarni tur yoki elaklar 
tizimi, val‘sli mashinalarning oraliq tirqishlari (30-50 mkm) orqali bostirib 
o‗tkazish orqali amalga oshiriladi. Surkovlarni ishlab chiqarishni eng 


505 
yakunlovchi bosqichida bir karrali gomogenezatsiyalash metodi keng tarqalgan 
[4]. Lekin to‗xtovsiz jarayonlarda gomogenezatsiyalash klapanlari orqali 
nisbatan kichik bosimlar farqida mahsulotni sirkulyatsiyasi hisobiga har bir 
texnologik bosqichda ko‗p pog‗onali gomogenezatsiya jarayonlari qo‗llaniladi. 
Mexanik aralashmalarni chiqarib yuborish uchun metall turli qurilmalar 
yoki o‗zini-o‗zi tozalaydigan fil‘trlar orqali bostirib o‗tkazish yo‗li bilan 
surkovlar fil‘trlanadi. 
Deaeratsiya natijasida – surkovlarni tayyorlashda unga qo‗shiladigan 
havoni chiqarishda-tashqi ko‗rinishi yaxshilanadi, kimyoviy barqarorligi va 
surkovning zichligi kuchayadi [5]. Quruq sovunlarda surkovlarni olishda quruq 
sovunni dozalashda (meyorlashtirishda) unga ko‗p havo kirib qoladi, qaysiki, 
eritmadan kuchaytirilgan haroratda chiqarib yuboriladi. Surkovlarni ishlab 
chiqarish jarayonida sovun olishda havoning bir qismi suvning bug‗lari bilan 
ketadi, qolgan qismi esa gomogenezatsiyadan keyin so‗nggi yakunlovchi 
bosqichda chiqib ketadi. Gomogenezatsiya jarayonini atmosfera bosimi ostida 
olib borilganda surkovga havo tushadi (masalan, val‘sli mashinalarda). 
Surkovning yupqa qatlamidan havo vakuumda 95 kPa bosim ostida (200- 500 
mkm) chiqariladi. 
To‗xtovsiz jarayonlarda-dastlabki komponentlarni juda toza tayyorlashda 
va jarayonni bosim ostida olib borishda deaeratsiya va fil‘trlash olib tashlanadi. 
Texnologik jarayonlarni tashkillashtirishda, optimal apparaturalarni jihozlashni 
tanlashda va nazorat metodlarida ko‗p tarmoqli surkovlarni ishlab chiqarishda 
reologik va termik-fizik xossalari hisobga olinadi. 13.4-rasmda. Qirg‗ichli-
ko‗rakli qoruvchi qurilmali hajmi 10 m
3
bo‗lgan reaktor keltirilgan.
Surkovlarni ishlab chiqarish jarayonini apparaturalarini jihozlash 
surkovlarni va oraliq mahsulotlarni (hammadan oldin ularni qovushqoqligini)
katta darajada reologik xossalarini aniqlaydi. Surkov, litol-24 kabi va sovunli 
surkovlar uchun termik-mexanik yoyidish (tarqalish, parchalanish) jarayonida 
qovushqoqligini keskin oshishi (50-80 marta) va uni deformatsiyalanish 
tezligiga bog‗liqligi belgilanadi. 


506 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin