518
Reaktor qirg‗ichli-parrakli qoruvchi qurilma bilan jihozlangan. Reaktorda
(15) surkovga termik ishlov berishda haroratning qiymati vaqtni texnologik
xaritasi bo‗yicha nazorat qilinadi. Undan keyin qotiruvchi qurilmada ishlayotgan
apparatga moyning qolgan qismi haydaladi. Aralashmaning harorati 175 -
185°С gacha pasaytiriladi, shunday haroratda izotermik kristallashtirish olib
boriladi. Agarda surkovni qisman 160-165°С gacha sovutish talab qilinsa, keyin
nasos (6) yordamida aralashtirgichd an (16) qo‗shilma kiritiladi. Qo‗shilma
konsentratini uzatish birinchi pog‗onada sovutgichda (17) sovitilgandan keyin
beriladi. Shu bilan reaktorda (15) davriy sikl tugallanadi. Undan keyin
reaktorning (15) tarkibidagi dozirovka nasosi (6) yordamida qirg‗ichli
sovutgichga (17), qurilmaga (19) (gomogenizatsiyalash, fil‘trlash va
dearatsiyalash) va yig‗gich-to‗plagichga (21) tayyor surkov beriladi. Surkovning
sifati qurilma (20) yordamida nazorat qilinadi. Konditsiyalanmagan surkov
to‗plagichda (18) yig‗iladi, u yerdan qo‗shimcha ishlovga berilishi mumkin.
Davriy ishlaydigan reaktorlarning soni (15) va ularni hajmi shunday
tartibda tanlanadiki, belgilangan ishlab chiqarishda suvsizlantirish tugunining
to‗xtovsiz ishini ta‘minlashi hamda reaktordagi (15) hamma apparatlarni ishi
ta‘minlansin. Qurilmaning ishlab chiqarish unumdorligi 2 ming.t.dan 10
ming.t.gacha /yil.
Dostları ilə paylaş: