520
Xulosa
Neftni birlamchi qayta ishlash va olingan
mahsulotlarni qayta ishlash
natijasida olingan mahsulotlarni yonilg‗i, surkov moyi yoki kimyo sanoatida
xomashyo sifatida to‗g‗ridan - to‗g‗ri ishlatish mumkin emas Buning uchun
kerak bo‗lmagan moddalarni ba‘zi bir reagentlar
bilan kimyoviy birikmalar
shaklida chiqazib tashlanadi. Ba‘zan neft mahsulotlarini fizikaviy usul bilan
uglevodorod tarkibini o‗zgartirmagan holda ma‘lum qismlarga ajratiladi.
Reaktiv dvigatellarda ishlatiladigan yonilg‗ilar ma‘lum talablarga javob berishi
zarur. Yonish davrda forsunkalarda qoldiq qolishi man etiladi,
qoldiq borgan
sari ko‗payib, forsunkaga tiqilib qolishi mumkin. Yonish kameralarida qurum
hosil bo‗lishi man etiladi. Ma‘lumki, neftning uglevodorod tarkibi parafinlardan,
naftenlardan va aromatik uglevodorodlardan iboratdir. Bular bilan birga har xil
chiqindi birikmalar, smolasimon moddalar bor.
Neftning moylarini olishda
fraksiya moylarining sifatini pasaytiruvchi birikmalardan erituvchilar yordamida
tanlab tozalanadi. Surkovlarni sovunli quyuqlashtirgichlar yordamida ishlab
chiqarish jarayonlari neftkimyoviy jarayonlarni qoldiqsiz ishlab chiqarish
mumkinligi bilan boshqalardan farq qiladi va quyidagi
asosiy bosqichlardan
tuzilgan: xomashyoni dozirovka qilish, quyuqlashtirgichlarni tayyorlash va
termokimyoviy dispergatsiyalash, qotishmalarni sovutish, gomogenezatsiyalash,
fil‘trlash, deaeratsiya va qadoqlash ishlari amalga oshiriladi.
Yuqori
qovushqoqli sovunli-moyli konsentratlarni qizdirish yoki sovutish maxsus
konstruksiyali issiqlik almashtirish apparatlarida samaralidir. Masalan, quvurli
qirg‗ich issiqlik almashtirish apparatlarida sirt yuzasi doimo tozalanadi ya‘ni,
kuchaygan adgeziyani salbiy ta‘sir qilishi bartaraf
qilinadi va bundan tashqari
qovushqoqlikni pasaytiruvchi yuqori siljuvchi kuchlanishlarni qo‗yish mumkin.
Ko‗p tarmoqli to‗xtovsiz (polu) va ayniqsa to‗xtovsiz texnologik sxemalarda
ko‗p tarmoqli mahsulotlarni va surkovlarni qayta haydashda nasoslarni to‗g‗ri
tanlanishi
muhimdir
hamda
tayyor
mahsulotlarni
to‗plagichlarning
konfiguratsiyasi silliq boshqarishda va tayyor mahsulotlarni avtomatik
tovarlashda muhim hisoblanadi. Surkovlarni tashish uchun qovushqoqligi yuqori
521
bo‗lganda rotorli-tishli va vintli nasoslar qo‗llaniladi. Yig‗gich-to‗plagichlar
sifatida devorlari qizdiriladigan bunkerlardan foydalaniladi qaysiki, surkovlarni
gomogenizatsiya klapanlari orqali yopiq sirkulyatsiya tizimi bilan jihozlangan.
Dostları ilə paylaş: