524
gazsimon mahsulotlar kolonnaning yuqori qismidan chiqib ketadi va
kondensatorning pastki qismida aralashma (9) to‗planadi.
Aralashma pastdan
yuqoriga qarab suvga qarshi harakatlanadi, neft mahsulotlarini, suvni va
kislorod birikmali bug‗larni kondensatsiyalaydi.
Kondensatorning pastki
qismidagi kondensat (9) chiqib ketadi, ―
qora solyar
‖ esa tutqichda ushlanadi va
nasos apparati yordamida (8) yoqilg‗ilarni yig‗gichga haydaladi. ―
Qora
solyardan‖
yoquvchi
mazut
komponenti
sifatida
foydalaniladi.
Kondensatsiyalanmagan – azot, is gazi va uglerod ikki oksidi, kislorod
izlarining qismi – yoqish uchun (10) o‗txonada to‗planadi. Hosil bo‗lgan mo‗ri
gazlari tortuvchi quvur orqali atmosferaga chiqariladi.
Tayyor bo‗lgan bitum nasos (5) yordamida issiqlik almashtirgich orqali
(6) oksidlovchi kolonnaning
pastki qismidan olinadi, bitum-neft va havoli
sovutish apparatidan bitumni taqsimlagichga beriladi. Yo‗l bitumlarini adgezion
xossalarini kuchaytirish uchun unga 5% gacha (massasiga nisbatan) sirt faol
modda oqimga va aralashtirgichga qo‗shilma qo‗shiladi.
Qurilmada xomashyo sarfini, bosimini
va siqilgan havo sarfini,
oksidlovchi kolonnadagi suyuqlik fazasini haroratini va sathini avtomatik
rostlagichlar hamda oksidlovchi kolonnaga kirib keladigan xomashyoni va
havoli sovutish apparatidan keyin tovar bitumini mahsulotini haroratini yozib
olish uchun kolonnaning uchta nuqtasiga nazorat qiluvchi asboblar va vositalar
o‗rnatiladi.
Qayta ishlash uchun rezervuardan xomashyoni
qabul qiluvchi qurilmani
ishini nazorat qilish oldindan ko‗rib chiqilgan. Bunday holda xomashyo talab
qilingan haroratgacha zmeyevik pechida qizdiriladi.
Agarda har xil markada bitumlarni bir vaqtda qayta ishlashga to‗g‗ri
kelsa, u holda oksidlovchi kolonnaga mustaqil ishlaydigan beshta qurilma
montaj qilinadi. Har bir kolonnada kerakli markadagi tovar bitumi olinadi.
Qurilmaning boshqa seksiyalarida – xomashyoni tayyorlash, bug‗larni
kondensatsiyalash va oksidlangan gazsimon mahsulotlarni yoqish–ishlari
umumiy holda amalga oshiriladi.
525
Atrof muhitni muhofaza qilishda oksidlangan kondensatsiyalanmagan
gazsimon mahsulotlarni yoqish uchun havoli
sovutish apparatiga pech
o‗rnatiladi. Qurilmani xavfsiz ishlatishni ta‘minlash uchun avtomatik blokrovka
qurilmasi o‗rnatilgan bo‗ladi, uning yordamida quyidagi holatlarda oksidlanish
jarayon (siqilgan havoni uzatish) to‗xtatiladi: oksidlovchi kolonnada suyuqlik
fazasining harorati (270
о
С) chegaraviy haroratdan yuqori bo‗lganda; suyuqlik
va bug‗ fazalari oralig‗idagi haroratning farqi 15
о
С dan oshib ketganda;
oksidlanish gazsimon mahsulotlarning tarkibidagi
kislorodning miqdori
belgilangan normadan (4-5%) oshib ketganda va oksidlovchi kolonnadagi bosim
ko‗rsatilgan qiymatdan oshib ketganda to‗xtatiladi. Oksidlovchi kolonnasida
portlashga qarshi himoyalovchi klapanlar montaj qilinadi hamda kolonnaga suv
bug‗larini uzatishda ham klapanlar montaj qilinadi.
Dostları ilə paylaş: