522
XIV bob. BITUM, TEXNIK UGLEVODORODLARNI VA BOSHQA
MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH
14.1. Kolonna turidagi uzluksiz ishlaydigan bitumli qurilma
Kolonna turidagi to‗xtovsiz ishlaydigan
bitumli qurilma oksidlangan
neftli bitumlarini olish uchun mo‗ljallangan. Xomashyo sifatida gudronlar (neft
chiqindisi), ko‗p fraksiyali gudronlar, neft qoldiqlarini deasfaltizatsiya asfaltlari,
termik kreking qoldiqlari va ularni aralashmasi, og‗ir neft uchun-mazutlar
(qoramoy yoki neft qoldig‗i, harorati 350
0
Сdan yuqori)dan foydalaniladi. Yo‗l
qurilishiga ishlatiladigan, qurilishga, yopilmalarga
va maxsus qovushqoq-
bitumlar yumshatish harorati 130
0
С va uning kirib borish chuqurligi 25
0
С (100
g, 5 sek)dan 00gacha bo‗lgan mahsulotlar hisoblanadi.
Qovushqoq yo‗l bitumlarini 9 ta markasi ishlanadi (GOST 22245-76)
25
0
С igna yumshatish harorati 33
0
С (KiSh bo‗yicha), 25
0
Сda cho‗ziluvchanligi
40 sm, mo‗rtlik harorati minus 10
0
С dan past. Qurilishda qo‗llaniladigan
bitumlar uchta markada ishlab chiqariladi: yopilmalar uchun-uchta markada
(GOST 9548-74), maxsus izolyatsiya ishlari uchun uchta markada (GOST 9812-
74), lak-buyoq mahsulotlari, shinalar, elektr-texnik
va boshqa sohalar uchun
(GOST 21822-76) maxsus bitumlar ishlab chiqariladi. Kirish chuqurligi (40-
300) – 0,1 mm va 0
0
Сdan yuqori haroratda 13-0,1 mm.
Yo‗l uchun oksidlangan qovushqoq bitumlarni chiqishi (gudron) 98%ga
yaqin, qurilish uchun 94-96%ni (massasi bo‗yicha) tashkil qiladi.
Xomashyo-gudron-vakuum kolonnasidan issiqlik almashtirgichga (1)
beriladi va undan keyin oksidlantiruvchi kolonnaning yuqori qismidan (4) (xom
ashyoning sathidan 1 metr pastdan) kirib keladi. Oksidlovchi kolonnaning
pastidan komprescor (3) yordamida havoli resiver yordamida (2) siqilgan havo
(motochnik-orqali) uzatiladi. Gudron pastga harakatlanadi,
havo yuqoriga va
ularning juda yaqin kontaktida xomashyoni oksidlanish jarayoni boradi.
Oksidlanish natijasida moy smolaga o‗tadi, smola esa – asfaltenga o‗tadi.
Havodagi kislorod xomashyo tarkibidagi vodorod bilan o‗zaro reaksiyalanadi va
suv bug‗larini hosil qiladi. Vodorodning yo‗qotilishini o‗sishi xomashyoni
523
polimerlanishi va quyuqlashishi bilan kuzatiladi.
Qurilmaning tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi: xomashyoni
kerakli haroratgacha tayyorlash (vakuum qurilmasidan to‗g‗ri kirib keladigan
gudronni
qayta ishlash, issiq almashtirgichlarda neftni qizdirish issiqligidan
kerakli haroratgacha sovutish); kolonnalardagi oksidlanish (to‗xtovsiz
ishlaydigan kolonna turidagi reaktor); neft mahsulotlarini, suvlarni, past
malekulyar al‘degidlarni, ketonlarni, spirtlarni va kislotalarni bug‗larini
kondensatsiyalash
hamda ularni sovutish; gazsimon mahsulotlarni oksidlab
yoqish. Qurilmaning texnologik sxemasi 14.1-rasmda keltirilgan. Kislorodning
asosiy qismi suv bug‗lari ko‗rinishida gaz bilan chiqib ketadi va kam miqdorda
– uglerod ikki oksidi va is gazi ko‗rinishida yoki boshqa birikmalar ko‗rinishida
bo‗ladi.
Oksidlangan bitumdagi kimyoviy bog‗langan kislorod quyidagi holatda
taqsimlanadi: 40% dan 60% gacha (massasi bo‗yicha) murakkab efir guruhi
ko‗rinishida (COOR), qolgani taxminan quyidagiga teng: gidrooksid bilan (ОН),
karbosilikat (COOR) va karbonil (=СО) guruhlari shaklida bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: