13.8-rasm. Kontaktorli surkovlarni qo‗llab sovunli surkovlarni davriy ishlab chiqarish: 1-kontaktor; 2-dozirovka nasoslari; 3-5-xom-ashyolarni qabul qilgichlar; 6-nasoslar; 7,11- reaktorlar; 8-kondensator; 9-gomogenizatsiyalash klapanlari; 10-vakuum nasoslari; 12- aralashtirgich; 13-qirg‗ichli sovutgich; 14-yig‗gich-to‗plagich; 15-gomogenizatsiya, fil‘trlash va deaeratsiyalash qurilmalari; 16-reologik xossalarini nazorat qilish qurilmasi. Sovunli surkovlarni ko‗p qismi quyuqlashtirgichlar termik-mexanik
yoyilgandan va reaktorlarda (7 va 11) suvlar bug‗lantirilgandan keyin (bu
bosqich 2-4 soat davom etadi) qirg‗ichli sovutgichda (13) sovutiladi. Eritmalar
yoki suspenziya qo‗shilmasini (qo‗shilma, to‗ldirgich) tayinlanishi, tarkibi va
xossasiga bog‗liq holda dozirovkali nasos (2) yoki reaktorda (7 va 11) eritmani
sirkulyatsiya yordamida beriladi yoki sovutgichga (13) sovutish bosqichida.
Olingan surkov gomogenizatsiya, fil‘trlash va deaeratsiyalash qurilmasiga (15)
mahkum qilinadi. Surkovning reologik xossalar nazorat qilingandan keyin
(qurilma 16) hamma navbatdagi bosqichlardan o‗tadi (13.8-rasmga qarang).
Metall sovunlarida surkovlarni ishlab chiqarishda ikki marta almashtirish
reaksiyasi bo‗yicha kontaktorda (1) natriy sovuni tayyorlanadi, undan reaktorda
(7) uni og‗ir metallning suvli eritma tuzini mos ravishda o‗zaro ta‘sir ettirish
516
orqali talab qilingan sovun olinadi. Bunda reaktorda (11) sovun moy bilan
aralashtiriladi, shu yerda olingan sovunli konsentrat suvli eritmaning tuzi bilan
yuvilgandan keyin reaktorning o‗ziga kirib keladi. Reaktorda (11)
quyuqlashtirgichni moyda va bug‗lantirilgan suvni termik-mexanik yoyilishi
olib boriladi. Surkov eritmasi sovitilgandan keyin pardozlash va qadoqlash
jarayonlariga beriladi.