542
cho‗ziluvchanligining tezda pasayishi tufayli 0,4 MPa dan yuqori bosimlarda
olish maqsadga muvofiqdir.
Bosim ostida oksidlash moy miqdori kam bo‗lgan xomashyolardan
foydalanish va bunda yetarlicha yuqori cho‗ziluvchanlikka, penetratsiyaga va
plastiklik intervaliga ega bo‗lgan bitumlarni olishga imkon beradi.
Havo sarfi
. Havo sarfi, uning tarqalish darajasi
va oksidlovchi kolonna
kesimi bo‗ylab taqsimlanishi jarayon intensivligiga va bitumlar xossalariga katta
ta‘sir ko‗rsatadi. 1t xomashyo uchun havo sarfining ma‘lum qiymatgacha (1,4
m
3
/min) oshishi bilan jarayonning samaradorligi oshadi, uning keyingi yanada
oshirilishi bilan havodagi kisloroddan foydalanish darajasi yomonlashadi va
samaradorlik pasayadi; bunda oksidlangan bitumlarning
issiqlikka barqarorligi
oshadi.
Neftning qoldiq fraksiyalarini havo bilan oksidlash jarayoni sanoat
amaliyotida turli xildagi apparatlarda amalga oshiriladi: davriy ishlovchi
kublarda, serpantin quvurli reaktorlarda va uzluksiz ishlovchi bo‗shliqli
kolonnalarda.
Kubdа
– ishchi zonasining diametriga nisbatining katta bo‗lmagan
qiymatidagi (1,5 atrofida) bo‗shliqli silindrik apparatda oksidlash – eski
qurilmalarda yoki bitumning kam massali navlarini ishlab chiqarishda amalga
oshiriladi. Bu usul chet mamlakatlarda ham qo‗llaniladi.
Quvurlari tik joylashgan quvurli reaktorda oksidlash – havoning turbulent
oqimida yuz beradi. Havoning va oksidlanadigan xomashyoning harakati – bir
yo‗naltishda. Reaksiyaga kiritilgan gaz suyuqlik aralashmasi reaktordan
bug‗latgichga tushadi va u yerda gaz va suyuqlikka ajraladi.
Gazlar
bug‗latgichning yuqori qismidan, suyuq faza esa bug‗latgich pastki qismidan
chiqarib olinadi.
Kolonnali apparatlarda oksidlash
. So‗nggi yillarda ichi bo‗sh oksidlovchi
kolonnalar uzluksiz ishlovchi bitum qurilmalari reaktorlari sifatida keng
qo‗llanilmoqda. Uzluksiz ishlovchi oksidlovchi kolonna (14.6 rasm) yuqori ish
unumdorligi, oddiy tuzilishi bilan tavsiflanadi, u
foydalanish jarayonida oson
543
boshqariladi. Qurilmada bir nechta bir xil kolonnalarning mavjudligi ishga
moslashuvchanlikni ta‘minlab, u ishlab chiqariladigan bitumning keng
assortimentlarida va uning davriy o‗zgarishlarida juda muhimdir. Kolonna
turidagi apparatlarda oksidlash jarayonining afzalligi kolonnaga tushuvchi
xomashyo haroratining o‗zgarishi hisobiga oksidlashning
issiqlik rejimini
barqarorlashtirish, past bosimli kompressorlarni qo‗llash imkoniyati va yuqori
darajada avtomatlashtirish imkoniyatidir.
Dostları ilə paylaş: