―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Issiqlikni yoyish va namli granullash usulida texnologik ishlab



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
14.6. Issiqlikni yoyish va namli granullash usulida texnologik ishlab 
chiqarish sxemasi 
Jarayon PM-50, PM-75 i PM-100 markali texnik uglevodorodlarni termik 
yoyish usulida to‗liq bo‗lmagan turbulent yoqish usulida olish uchun 
mo‗ljallangan. Bunday markadagi bitum asosan shinalarni va texnik rezina 
mahsulotlarini tayyorlashda qo‗llaniladi.
Mahsulot sifatida neft mahsulotining suyuq aralashmalaridan va tosh 
ko‗mirli (30-40 % hajmi) paydo bo‗lishli tarkibidan foydalaniladi. Neftni qayta 
ishlash mahsulotlaridan termik gazoyl‘, yashil moy, katalitik kreking gazoyl‘ 
ekstraktlaridan hamda koks kimyo mahsulotlari – antratsen moylari, xrizen 
fraksiyasi va yoqilgan distillyatlardan foydalaniladi. Mahsulot uglevodorod 
fraksiyalaridan iborat bo‗lib, 200
0
С haroratdan yuqori haroratda qaynaydi va 
tarkibida (60-90 % massasi bo‗yicha) ko‗p miqdorda aromatik uglevodorodlar 
mavjud. Qo‗llaniladigan xomashyo quyidagi standart talablar bo‗yicha nazorat 
qilinadi: zichligi, korrelyatsiya indeksi, parchalanish ko‗rsatgichi, qovushqoqlik, 
oltingugurt miqdori, namligi, mexanik aralashmalar miqdori va kokslanishi.
Jarayonning asosiy mahsuloti sifatida texnik uglevodoroddan –
submikroskopik uglevodorodli zarrachalari sferik shaklidagi (o‗lchamlar 9 dan 
600 nm gacha) kukunsimon mahsulotlardan foydalaniladi hamda tarmoqli 
zanjirlardan tashkil topgan. Texnik uglerodning chiqishi foydalaniladigan 
xomashyoning sifatiga bog‗liq bo‗lib, 42-47, 49-54 va 56- 60% (massasi) 
chegarasida o‗zgaradi va xomashyo markasi PM-100, PM-75 va PM-50 ga 
to‗g‗ri keladi. 
Jaryonda texnik ugleroddan chiqib ketuvchi gaz hosil bo‗ladi, u 10-16% li 
uglerod oksidi, 4-7% (hajmi bo‗yicha) uglerod ikki oksidi; 10-14% (hajmi 
bo‗yicha) vodorod; 0,4%gacha (hajmi bo‗yicha) kislorod; 1,0% gacha (hajmi 
bo‗yicha) metan va yuqori uglevodorodlar va 69-72% (hajmiy bo‗yicha) azot. 
Qurilma quyidagi asosiy bo‗linmalardan tashkil topgan: xomashyoni 


554 
tayyorlash; reaktorni tayyorlash; tutish; granullash; yig‗ish va chiqindilarni 
utilizatsiya qilish. Xomashyoni tayyorlash bo‗linmasida qabul qilish, saqlash, 
ishchi aralashmalarni tayyorlash, suvsizlantirish, mexanik aralashmalardan 
tozalash, kerakli haroratgacha qizdirish va xomashyoga qo‗shmalarni qo‗shish 
(aparatlar: markazdan qochma nasoslar, bug‗li qizdirgichlar, ko‗pik ajratgichli 
namni bug‗lantirgich, pech va fil‘tr).
Reaktor bo‗linmasida texnik uglerodni hosil qilish uchun yoqiladigan 
mahsulotlarni yuqori haroratli oqimda yoyish sodir bo‗ladi hamda gaz 
aralashmasi qurumlarini (apparatlar: reaktor, havoni qizdirib beruvchi, kollektor, 
muzlatgich-sug‗orgich) sovutadi.
Tutqich bo‗linmasida gazsimon mahsulotlarni reaksiyasidan ajralib 
chiqqan (apparatlar: siklonlar, yengli fil‘trlar, kalorifer, shamollatgichlar) texnik 
uglerod ajralib chiqadi. Granullash bo‗linmasida texnik uglerodni begona 
qo‗shimchalardan tozalash, uni zichlashtirish va granullash (apparatlar: 
aralashtiruvchi-granullagich, qurituvchi baraban elevator, konveyr, ajratgich) 
ishlari amalga oshiriladi. Qurilmaning texnologik sxemasi 14.13-rasmda 
keltirilgan.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin