549
birikmalarga aylantirish uchun, yengil yufori parafinli xomashyoning bir qismini
dastlabki oksidlashdan o‗tkazish taklif qilingan [27].
Ushbu usul bo‗yicha bitumlarni ishlab chiqarish sxemasi quyidagicha.
Xomashyoning bir qismi,
yengil gudron yoki mazut, KiSh bo‗yicha 70–100°С
yumshash haroratigacha qayta oksidlanadi va oksidlanmagan qismiga
aralashtiriladi. Bu xomashyo standart talablariga mos keluvchi haydalgan
duktilli bitum qoldig‗i olinadigan vakuumli haydashdan o‗tkaziladi.
Yaxshilangan xossali kompuandirlangan yo‗l bitumlari olishning afzalroq
usulini tanlash uchun qayta ishlanadigan xomashyoning xususiyatlari va aniq bir
neftni qayta ishlovchi zavodning o‗ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda
retsepturalarni ishlab chiqish va ularning ishlab
chiqarish texnologiyalarini
maxsus tadqiq qilish kerak bo‗ladi.
Respublikamizda va Rossiyada eng ko‗p bitum iste‘molchilari yo‗l
qurilish tashkilotlaridir. Ularning hissasiga ishlab chiqarilgan bitumlar umumiy
hajmining 65%i to‗g‗ri keladi. SNG mamlakatlari chet mamlakatlari yo‗llari
qurilishida ishlatiluvchi bitumlar yuqori haroratlarda neft qoldiqlarini havo
kislorodi bilan oksidlash texnologiyasi bo‗yicha ishlab chiqariladi.
Shu bilan birga, oxirgi ikki – uch o‗n
yillik davomida shimoliy
mamlakatlar Finlyandiya, Shvetsiya, Kanada va boshqa Belorusiya va
Rossiyaning markaziy va shimoliy-g‗arbiy viloyatlari
ob-havosiga yaqin
mamlakatlarda, yo‗l qurilishi Venesuyela nefti, Arabiston og‗ir nefti va shunga
o‗xshash turdagi og‗ir yuqori smolali neftlardan foydalanib amalga
oshirilmoqda [28]. Shu sababli, shu va boshqa turdagi yo‗l bitumlarning ba‘zi
bir sifat va foydalanish ko‗rsatgichlarini taqqoslashga qiziqish paydo bo‗ladi. Bu
ma‘lumotlar [29] ishda 14.2, 14.3 -jadvallarda keltirilgan.
Ularda keltirilgan guruh tarkiblarini ko‗rib chiqish, oksidlangan bitum
tarkibidagi parafinnaftenlarning yuqori qiymati va og‗ir aromatik
uglevodorodlarning past qiymatlari haqida xulosa qilishga imkon beradi.
Shuning hisobiga, oksidlangan bitumlar oksidlanmaganiga nisbatan, yaxshi past
haroratdagi xossalarga, ammo yomon cho‗ziluvchanlik va adgeziya qiymatlariga