―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Nazorat savollari 
1.Yo‗l qurilish bitumlari qanday talablarga javob beradi? 
2.Xomashyo-gudron-vakuum kolonnasidan issiqlik almashtirgichga 
berilganda oksidlantiruvchi kolonnaning qaysi qismidan kirib keladi? 
3.Haroratning pasayishi ko‗p miqdorda bitum komponentlarining dispers 
muhitdan adsorbsion-solvat qobig‗iga va undan so‗ng qattiq dispers fazaga 
o‗tishining ketma-ketligini izohlab bering? 
4. 
Yo‗l 
qoplamalarida 
bitum 
bog‗lovchi 
material 
singari 
gidroizolyatsiyalovchi material rolini ham bajaradimi? 
5.Asfaltbeton tarkibidagi bitum biriktiruvchining ish qobiliyati -
ko‗chishning kuchlanishi, siqilish va haroratlar farqining davriy ta‘sirida yo‗l 
qoplamasi bitumining plastikligi va cho‗ziluvchanligiga ko‗p jihatdan 
bog‗liqligini tushintirib bering? 
6.Bitumlarning qotishga moyilligi yupqa qavatda qizdirilgandan so‗ng 
kirish chuqurligi ko‗rsatgichiga minimal talab qanday bo‗ladi?
7.Asfaltni tayyorlashda bitumning haddan tashqari qattiqlashishi asfalt 
qoplamasining mo‗rt bo‗lishiga olib kelishi mumkinmi? 
8.Bitum ishlab chiqarish uchun og‗ir smola-asfaltenli neftlarni qayta 
ishlash mahsulotlari uchun qaysi qoldiqlar eng yaxshi xomashyo bo‗lib xizmat 
qiladi? 
9. Oksidlanish jarayonida smola va asfaltenlarning hosil bo‗lishi ma‘lum 
darajada olingan bitumning xossalarini belgilaydimi? 
10.NQIZ da tarkibida ko‗p miqdorda moyli chiqindilar bo‗lgan 
xomashyodan olinadigan bitumlar plastikligini oshirishda qanday texnologiyalar 
qo‗llaniladi?


569 
XV bob. NEFTNI QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY HOLATI VA 
DOLZARB MUAMMOLARI
.
 
15.1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishni murakkab qurilmalari
Нефтни қайта ишлаш ва нефткимѐ саноатида техник тараққиѐтнинг 
асосий йўналишларидан бири-юқори унумдорли мураккаб қурилмаларни 
қуриш ҳисобланади.
Eng yuqori texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlarga neftni chuqur qayta 
ishlaydigan murakkab qurilmalarni (GK-3), yoqilg‗i ishlab chiqaradigan (LK- 
6U), moyni asfaltsizlashtirish va tanlangan tozalash qurilmalari, moyni 
parafinsizlashtirish va parafinlarni moysizlashtirish qurilmalarini ishlatish 
jarayonlarida erishiladi.
LK-6U va GK-3 oqimli murakkab qurilmalarning sxemalar 15.1 va 15.2-
rasmlarda keltirilgan. LK-6U murrakab qurilmaning tarkibiga gorizontal elektr 
gidratorlarda xom neftni ikki pog‗onali tuzsizlantirish bloki kiradi; neftni 
atmosferada quvishni ikki kolonnali bloki hamda benzinni barqarorlashtirish va 
fraksiyalash bloki; xom-ashyoni oldindan gidro-tozalab benzinni katalitik 
riforming bloki; kerosin va dizel yoqilg‗isini gidrotozalash seksiyasi; gazni 
fraksiyalash bloki. 
Gazni 
fraksiyalash 
blokida 
(15.1-rasm) 
qurilmaning 
hamma 
seksiyalaridan barqarorlashgan mahsulotlar kirib kelgandan keyin bosh 
fraksiyalarni yagona markazlashgan etansizlashtirish jarayoni ko‗rilgan; bu 
blokda quruq gaz, propan, izo-butan va n-butan hamda С
5
va undan yuqori 
fraksiyalar ishlanadi [6].
LK-6U qurilmasida yuqori sifatli mahsulotlar ishlanadi: oktan soni 90-95 
bo‗lgan avtobenzin komponenti (tadqiqot metodi), gidro-tozalangan kerosin, 
tarkibida oltingugurt miqdori 0,2% dan kam bo‗lgan kam oltingugurtli dizel 
yoqilg‗isi, mazut. 
GK-3 murakkab qurilmaning tarkibiga neftni atmosferali quvish va 
mazutni vakuumli qayta haydash bloki, gudronni yengil termik kreking bloki va 
vakuum gazoylni katalitik kreking hamda gazni fraksiyalash bloklari kiradi. 


570 
Qurilmaning asosiy mahsulotlari: bosh fraksiyani barqarorlashtirish, yuqori 
oktanli benzin komponenti, qozon yoqilg‗isi hamda benzin komponentlari dizel 
yoqilg‗isi. 
Murakkab qurilmalarda mazutni chuqur qayta ishlash KT-1 qurilmasi 
vakuum distillyatini (katalitik kreking uchun xom-ashyo) va gudronni 
(visbreking) olish uchun xom-ashyoni vakuumli haydashni ikki kolonnali 
sxemasi. 
Birinchi vakuum kolonasida mazutdan keng distillyat fraksiyasi quviladi, 
suv bug‗i berilmaydi. Gudrondan qo‗shimcha distillyatni quvish ikkinchi 
vakuum kolonnasida amalga oshiriladi. Bunday sxemada mazutni quvish, havoli 
sovutish apparatidan maksimal foydalanish, kolonnada kondensatorni 
joylashtirish qoldiq bosimni pasaytirish va distillyat fraksiyasini oxirgi qaynash 
haroratini 515- 520°Сgacha ko‗tarish imkoniyatini beradi [17]. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin