―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. LK-6U gazni fraksiyalarga ajratish qurilmasi blokida kolonnani



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

15.3-rasm. LK-6U gazni fraksiyalarga ajratish qurilmasi blokida kolonnani 
birlashtirish sxemasi: 
1-etansizlashtirish; 2-propan-butan aralashmasini ajratish; 3-propansizlashtirish; 4-
izobutansizlashtirish. 
Murakkab qurilmalarni apparatlari va jihozlari yiriklashtirilgan seksiya 
bloklariga birlashtiriladi. Ularni o‗zaro joylashuvi texnologik sxemalar 
yordamida bir-biri bilan qattiq bog‗langan holda amalga oshiriladi. Qurilish 
territoriyasining maydonidan samarali foydalaniladi.
Apparaturalarni va jihozlarni joylashtirishdan asosiy maqsad-texnologik 
maqsadga muvofiqlik va ixchamlilik hisoblanadi. LK-6U qurilmalarida hamma 
kompressor stansiyalari riforming va gidrotozalash seksiyalarida sirkulyatsiya 
vodorod-tarkibli gazlarni siqish uchun bir bino-kompressor stansiyasiga 
joylashtiriladi. Elektr jihozlari ikkita elektr taqsimlash binolarida joylashadi. 
Apparaturalarni va jihozlarni seksiyaning ichiga joylashtirishda texnologik 
xususiyatlardan tashqari qurilish va montaj ishlarini industrial metodlarda 
amalga oshirish hisobga olinadi hamda jihozlarni almashtirish va ta‘mirlash 
vaqtida kranlarni va mashinalarni kirib kelishi hisobga olinib maydonga ixcham 
holda joylashtiriladi.
Quvurli pechlarni guruhi umumiy mo‗ri pechlariga xizmat qiladi, 
ketuvchi gazlarni ortiqcha issiqligini utilizatsiya qilish uchun yuqori quvvatli 
blok yaratiladi va ularni katta ko‗rsatgichda tarqalib ketishini ta‘minlaydi. 
Rosneftkimyoning ma‘lumotlariga asosan LK-6U qurilmalaridagi jarayonlarni 
murakkablashtirish natijasida solishtirma kapital qo‗yilmalar 11-12% ga 
pasayadi, neftni qayta ishlash bahosi 9-10%ga, foyda 6%ga o‗sadi, ishlab 


574 
chiqarishda mehnat unumdorligi 45-50%ga, qurilmaning egallaydigan maydoni 
ikki marta qisqaradi [2].
Shu bilan birga texnologik bloklarni ishlatishni murakkabligi va 
ishonchliligiga qo‗yilgan qattiq talablar hamda apparatlarni va jihozlarni 
to‗xtovsiz ishlatilishi qurilmaning bir qismini rezervsiz montaj qilishga olib 
keladi. 
Rosneftkimyo yangi LK-9M murakkab qurilmani loyihasini bajargan 
bo‗lib, uning tarkibiga zamonaviy texnologik apparatlar va jihozlar qo‗shilgan 
hamda yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga mo‗ljallangan, past 
haroratli izomerlash jarayonidan foydalaniladi. Gazni fraksiyalash qurilmasining 
sxemasini o‗zgarishi (15.4-rasm): yengil uglevodorodlarni aralashmasidan etan-
propan fraksiyasi ajratiladi, keyin esa uni quruq gaz va propan fraksiyalarga 
ajratiladi. 
Bunday 
qaror 
etan 
kolonnasini 
yuqori 
mahsulotini 
kondensatsiyalanish haroratini 30-35°Сgacha (LK-6U qurilmasida 5°С ga 
qarshi) 3,0-3,5 MPa bosimda ko‗tarish imkonini beradi. Natijada qish paytida 
yuqori mahsulotlarni kondensatsiyalash uchun aylanma suvdan, yoz paytida –
7°С li yaxlatilgan suvdan foydalaniladi [6]. 
-
Murakkab qurilmalarning asosiy afzalliklari:
-
qurilish-montaj ishlariga bog‗liq holda qurilish muddatini qisqartirish; 
-
qimmat kommunikatsiyalarni uzunligini kichikligi (texnologik quvur 
uzatmalar, kabellar, nazorat trassalari va avtomatikalar); 
-
qurilma territoriyasini kichikligi; 
-
hamma texnologik jarayonlarni markaziy boshqarish (bir binodan); 
-
maxsus binolarda bir xil jihozlarni joylashtirish; 
-
umumiy zavodni obyektlarini inshootigak xarajatlarni juda pastligi; 
-
ishlab chiqarish mehnatning unumdorligi.


575 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin