567
Xulosa
Kolonna turidagi to‗xtovsiz ishlaydigan
bitumli qurilma oksidlangan
neftli bitumlarini olish uchun mo‗ljallangan. Xomashyo sifatida gudronlar (neft
chiqindisi), ko‗p fraksiyali gudronlar, neft qoldiqlarini deasfaltizatsiya asfaltlari,
termik kreking qoldiqlari va ularni aralashmasi, og‗ir neft uchun-mazutlardan
foydalaniladi.
Qurilmada xomashyo sarfini, bosimini va siqilgan havo sarfini,
oksidlovchi kolonnadagi suyuqlik fazasini haroratini va sathini avtomatik
rostlagichlar hamda oksidlovchi kolonnaga kirib
keladigan xomashyoni va
havoli sovutish apparatidan keyin tovar bitumini mahsulotini haroratini yozib
olish uchun kolonnaning uchta nuqtasiga nazorat qiluvchi asboblar va vositalar
o‗rnatiladi. Qayta ishlash uchun rezervuardan xomashyoni qabul qiluvchi
qurilmani ishini nazorat qilish oldindan ko‗rib chiqilgan.
Bunday holda
xomashyo talab qilingan haroratgacha zmeyevik pechida qizdiriladi.
Qurilmaning asosiy seksiyalari quyidagilar: zmeyevikli pechda xomashyoni
qizdirish; reaktor bloki (zmeyevik turidagi reaktor); gaz va suyuqlik fazasini
ajratish; neft mahsulotlarini va suv bug‗larini
kondensatsiyalash va sovutish;
ajratish; oksidlangan gazsimon mahsulotlarni yoqish kiradi. Bitumlarning
xossalari komponent tarkibiga bog‗liq bo‗ladi, uning optimal qiymatiga
asfaltenlar, smolalar va moylarning aromatik
uglevodorodlarning kerakli
miqdori bilan ma‘lum bir mos nisbatlarida erishish mumkin. Shunday ekan,
bitumlarning xossalari dastlabki neftning xossalari bilan aniqlanadi va dastlabki
xomashyo aralashmasini tanlash hamda oksidlanuvchi tuzilmani hosil bo‗lishi
jarayoni bilan rostlanadi. Oxirgi yillarda transportlar harakatining jadallashuvi
tez o‗sib, shinalariga ko‗p bosim beruvchi og‗ir
yukli avtomobillardan
foydalanish hisobiga yo‗l qoplamalariga beriladigan yuklamalar ko‗paydi. Bu
asfaltbeton qoplamalarining o‗yiqlar, yoriqlar hosil bo‗lishi va uning tarkibigi
kiruvchi materiallarning chiqib ketishi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi va tez
buzilishiga olib keladi. Butun dunyoda o‗sib borayotgan yuklamaga qarshi to‗ra
oladigan, yangi biriktiruv materiallarini
sintez qilish va tanlash, yo‗l
qoplamalarining foydalanish vaqtini uzaytirish va ta‘mirlash ishlarini olib
568
borishdagi vosita va materiallar sarfini kamaytirish bo‗yicha ishlar jadal olib
borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: