―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


Yuqori sifatli motor yoqilg‗ilarini ishlab chiqarishning asosiy



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
15.5.Yuqori sifatli motor yoqilg‗ilarini ishlab chiqarishning asosiy 
tendensiyalari va zamonaviy muammolari
Hozirgi kunda dunyoni ko‗plab mamlakatlarining neftni qayta ishlash 
sanoatining motor yoqilg‗ilariga nisbatan o‗sib borayotgan talabni neftni qazib 
chiqarish hajmini oshirish hisobiga qoplash imkoniyatlari deyarli ishlatib 
bo‗lingan. Bu aktual muammoni yechish uchun neftni qayta ishlashning, 
dvigatellar ishlab chiqarish va motor yoqilg‗ilarini iste‘mol qilishning
muvozanatlash quyidagi yo‗nalishlarini rivojlantirishga bo‗lgan qiziqishni 
oshiradi: 
1)
neftni qayta ishlashni chuqurlashtirish va kimyolashtirish; 
2)
resurslarni kengaytirish va DVS ekspluatatsiyasida ularning haqiqiy sarfini 
kamaytirish maqsadida motor yoqilg‗ilari sifatini optimallashtirish; 
3)
dvigatel‘ konstruksiyalarini takomillashtirish; 
4)
avtomobil parkini dizellashtirish; 
5)
alternativ yoqilg‗ilar – gaz ko‗rinishidagi, kislorod saqlovchi va qattiq 
yonuvchi qazilmalardan olinadigan yoqilg‗ilarni qo‗llash; 
Yuqorida sanab o‗tilgan yo‗nalishlardan birinchisi zamonaviy jahon 
neftni qayta ishlash sanoati rivojlanishining bosh yo‗nalishidar va 
moslashuvchan texnologik sxemalarni ishlab chiqish va joriy etish va neft 
qoldiqlaridan yuqori sifatli motor yoqilg‗ilari va boshqa neft mahsulotlari 
olinadigan neftni chuqur qayta ishlashning yuqori intensiv ekologik zararsiz 
termokatalitik va gidrogenizatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish bilan 
bog‗liq. 
Ikkinchi 
yo‗nalish 
sifat darajasiga 
nisbatan 
motor 
yoqilg‗ilari 


590 
iste‘molchilarining ularni inlab chiqarish va qo‗llashda minimal xalq xo‗jaligi 
xarajatlarini ta‘minlovchi, iqtisodiy va texnik asoslangan talablarini ishlab 
chiqish zarurati bilan bog‗liqdir. Bunda yoqilg‗ini qo‗llashning, atrof muhit 
himoyasi bo‗yicha uzluksiz keskinlashayotgan talablarga bog‗liq holda 
aktualligi o‗sib borayotgan ekologik samaradorligi ham hisobga olinadi. 
Shunday qilib, oxirgi yillarda dunyoning bir qator, ayniqsa, iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarida avtobenzinlarda qo‗rg‗oshin miqdorini pasaytirish va noetil 
benzinlarni ishlab chiqarish va qo‗llashga yo‗naltirilgan bir qator qonuniy 
yechimlar ishlab chiqilgan. Neftni qayta ishlovchilar nuqtai nazariga ko‗ra, 
avtobenzinlarning oktan sonini oshirishning eng arzon va energetik samarador 
usuli bo‗lgan etillashdan voz kechish, umumiy benzin fondi oktan sonini 
oshirishdek og‗ir masalani qo‗yadi. Etillashdan voz kechilganda oktan sonining 
kerakli miqdorda oshirilishi yuqori oktanli komponentlar ishlab chiqarishning 
texnologik jarayonlarini rivojlantirish va takomillashtirish hamda alternativ 
yuqori oktanli qo‗shimchalarni qo‗llash hisobiga ta‘minlanishi kerak va bu 
kattagina kapital sarflarini talab etadi. O‗z navbatida, yuqori oktanli noetil 
karbyurator yoqilg‗ilarini ishlab chiqarish tovar benzinlari oktan sonining bir 
qadar pasayishi bilan kechishi mumkin va natijada avtomobillarning yoqilg‗i 
tejamkorligiga nisbatan talabning pasayishiga olib kelishi mumkin. 
Qiyinchiliklar o‗rta distillyatlar – reaktiv va dizel yoqilg‗ilari sifatini 
optimallashtirishda ham paydo bo‗ladi. Reaktiv dvigatellar uchun yoqilg‗isi 
asosan neftni to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydalgan fraksiyalaridan olinadi. Ularni ishlab 
chiqarish 
resurslarini 
kengaytirish 
fraksion 
tarkibni 
(kengaytirib), 
kristallanishning boshlanishi harorati va aromatik uglevodorodlar miqdorini, 
qovushqoqligi va sifatning boshqa ko‗rsatgichlarini optimallashtirish bilan 
bog‗liq. 
Motor yoqilg‗isini iqtisod qilishning sezilarli rezervi yoqilg‗i solishtirma 
sarfini 25-30% ga kamaytirish imkonini beruvchi, avtomobil transportini 
dizellashtirish hisoblanadi. Biroq, shuni qayd etish kerakki, oxirgi yillarda 
benzinli dvigatellarni takomillashtirish, bu farqni 15 - 20% ga olib keldi va bu 


591 
transportlarni dizellashtirish sur‘atining biroz pasayishiga olib keldi. Shunga 
qaramasdan, so‗nggi ikki o‗n yillikda dizellarni ishlab chiqarish uzluksiz 
ravishda yiliga o‗rtacha 8 mln donaga oshgan.
Avtobenzinlar ishlab chiqarishda asosiy tendensiyalar.
Dunyo bo‗yicha 
avtobenzinlar ishlab chiqarish 2000 y holatiga ko‗ra yiliga 953 mln tonnani 
tashkil etgan. Jahon avtomobil parkining yuqori o‗sish sur‘atlariga (yiliga 10 
mln donaga) qaramasdan, avtobenzinlarni iste‘mol qilish yaqin yillarda 
avtomobillarning yoqilg‗i tejamkorligining sezilarli o‗sishi, avtotransportlar bir 
qismining yoqilg‗ining alternativ manbalariga o‗tkazilishi va dizellashtirishning 
tezlashishi hisobiga avvalgi darajasida saqlanadi. Shunday qilib, AQShda 
shaxsiy yengil transportda avtobenzinlarning solishtirma sarfi 1975 dan 1985 
yilgacha bo‗lgan davr uchun har 100 km ga 14,9 dan 8,6 litrga, ya‘ni uchdan bir 
qismiga kamaygan. Bu ko‗rsatgichni 2000 yilgacha 6 l/100 km ga yetkazish 
ko‗zda tutilgan edi. AQSh, Yaponiya shuningdek G‗arbiy Yevropa davlatlarida 
avtotransportlar yoqilg‗i iqtisodining bunday sezilarli o‗sishiga avtomobilning 
o‗z massasini kamaytirish (yengil konstruksion materiallarni qo‗llash va yengil 
avtomobillarning kichik va eng kichik klasslarini ko‗proq ishlab chiqarish 
hisobiga), dvigatel va transmissiyaning FIK ni samarali oshirish, kuzovning 
aerodinamik qarshiligini pasaytirish, elektron nazorat tizimlarini qo‗llash, 
avtomobil yo‗llari sifatini oshirish va h.k.lar sababli erishilgan. 
Oxirgi yillargacha avtobenzinlar ishlab chiqarishni rivojlantirishning bosh 
tendensiyasi ularnig DS (dvigatellar ishlab chiqarishda – siqish darajasining 
ortish) ni uzluksiz oshirish bo‗ldi, bu esa transport vositalari 
ekspluatatsiyasining 
texnik-iqtisodiy 
ko‗rsatgichlarini sezilarli darajada 
yaxshilanishiga olib keldi. Biroq DS ning keyingi zamonaviy yuqori darajada 
o‗sishi uchun neftni qayta ishlashda katalitik riforming, alkillash, izomerlash va 
h.k kabi avtobenzinlar resurslarini kamaytirishga olib keluvchi qimmatroq va 
ko‗proq energiya sarflovchi katalitik jarayonlarni rivojlantirish talab etildi. 
Tabiiyki, neftni qayta ishlashda bunday xarajatlar o‗rni yuqori oktanli 
benzinlarni qo‗llash hisobiga iste‘molchilar vositalarni iqtisod qilishi bilan 


592 
qoplanishi kerak. Natijada, avtobenzinlar DS ning optimal qiymati neftni qayta 
ishlash jarayonlarining kimyolashish darajasi va texnologiyasiga, shuningdek 
neftning jahon narxlariga ko‗ra belgilanadi. 
Hozirgi vaqtda Rossiyada eng ommaviy avtobenzin A-76 hisoblanadi. 
Yaqin yillarda A-72 ning ishlab chiqarilishi butunlay to‗xtatiladi, va istiqbolda 
asosan AI-93 (yoki AI-92) va AI-95 ishlab chiqarilishi rivojlantiriladi. 
Mamlakat aholisining transport bilan ta‘minlanganlik darajasini oshirish 
maqsadida asosan quyidagi yuqori yoqilg‗i tejamkorligiga ega avtomobillar 
ishlab chiqarishni sezilarli oshirish ko‗zda tutilgan: kam yuko‗taruvchi maxsus 
yuk mashinalar, o‗rta), kichik va juda kichik klassdagi yengil avtomobillar va 
avtopark tuzilishini optimallashtirish bo‗yicha bir qator boshqa tadbirlar. 
Ekologik talablarning qattiqlashishi munosabati bilan dunyoning ko‗plab 
mamlakatlarida avtobenzinlarda qo‗rg‗oshinli antidetonatorlarni qo‗llashni 
taqiqlash bo‗yicha qonun hujjatlari qabul qilingan. Zamonaviy avtomobillar 
chiqindi gazlarining zaxarliligi bo‗yicha qat‘iy ekologik normalarni 
qanoatlantirishi kerak (15.2-jadval), avtobenzin va dizel yoqilg‗ilari esa ularning 
DVSi uchun Yevropa Ittifoqi va AQSh normalari (15.3-jadval) bo‗yicha ishlab 
chiqarilishi kerak. 
15.3-jadvaldan ko‗rinib turibdiki, istiqbolli chet el benzinlarining o‗ziga 
xos xususiyati ularda aromatik uglevodorodlar miqdorining kamligi(<30 %, shu 
jumladan benzol<1 %) bo‗lib, u qurum hosil bo‗lishi, qizdiruvchiyonish, DS 
ning fraksiyalar bo‗yicha tekis taqsimlanish koeffitsiyenti, va avvalo ekologik 
tozalik kabi yuqori sifat ko‗rsatgichlarining belgisi hisoblanadi. Benzinlarning 
DS yuqori ko‗rsatgichlarida aromatik uglevodorodlarning kam miqdoriga, sobiq 
SSSR dagiga nisbatan, ularning tarkibiga ko‗p miqdordagi yuqori oktanli 
izoparafin uglevodorodlarni xarakterlovchi, katalitik kreking alkilat va 
benzinlarining komponent tarkibini ko‗proq jalb etish bilan erishiladi (15.3 
jadval). 


593 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin