―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

t
90

= 360 °С ga to‗g‗ri keladi. Hozirgi vaqtda mamlakatning bir qator NQIZ larida 
TU bo‗yicha, asosan benzin va dizel fraksiyalari aralashmasidan ibort bo‗lgan, 
og‗irlashtirilgan fraksion tarkibli ( 
t
NK 
= 60.80 °С, t
90
% = 360 °С) yozgi dizel 
yoqilg‗isi yetarlicha katta masshtablarda ishlab chiqarish boshlangan. Bunday 
ko‗rinishdagi yoqilg‗ilar ba‘zi bir gazokondensatlardan olinmoqda va standart 
dizel yoqilg‗ilarini yetkazib berish qiyin bo‗lgan uzoq shimoliy va shimoli-
sharqiy hududlarda foydalanilmoqda. 
Dizel yoqilg‗ilari ishlab chiqarishni garchi bu yoqilg‗ilarning kimyoviy 
barqarorligining yomonlashuviga olib kelsada, ularning tarkibida (katalitik 
kreking va kokslashish) ikkilamchi gazoyllardan foydalanish hisobiga oshirish 
mumkin. Chet ellarda yengil siqilgan qavatli katalitik kreking yengil gazoyli 
keng qo‗llanilmoqda. Masalan AQSh da dizel yoqilg‗isi tarkibida bunday 
bunday gazoyl ulushi ancha katta. Shuning uchun unda aromatik uglevodorodlar 
miqdori ortib, setan soni esa dizel fondida G‗arbiy Yevropa va sobiq SSSR dagi 
45.50% ga qarshi ravishda o‗rtacha 40.42% gacha kamaydi. 


599 
Dizel yoqilg‗ilari resurslarini shuningdek, hozirda mazutda qoldiriladigan 
yoki qozonxona yoqilg‗isiga talab etilgan qovushqoqlikni ta‘minlash maqsadida 
suyultiruvchi sifatida qo‗shiluvchi, katta miqdordagi gazoyl fraksiyalarini 
chiqarish hisobiga ham kengaytirish mumkin. 
Qozonxona yoqilg‗ilari ishlab chiqarish hajmi kamayishi va visbreking 
yoki neft qoldiqlarini chuqur qayta ishlashning boshqa jarayonlari 
quvvatlarining oshishi bilan, dizel yoqilg‗ilari resurslarini qo‗shimcha 
kengaytirish imkonini beruvchi gazoyl fraksiyalari miqdori uzluksiz oshib 
boradi. 
Rossiya neftni qayta ishlash majmuasi oldida yaqin yillarda 
oltingugurtning juda kam miqdoriga ega bo‗lgan (0,05 % dan kam) dizel 
yoqilg‗isining 
ekologik 
toza 
markalarini 
(15.3-jadval) 
chiqarishni 
tashkillashtirishdek texnologik va iqtisodiy og‗ir muammoni hal etish vazivasi 
turibdi va bu chuqur gidrotozalashning yangi, yanada faol va selektiv 
katalizatorlarini qo‗llashni (yoki qo‗shimcha reaktorlar qurilishini), shuningdek 
qishgi va arktik markalar ulushini katalitik deparafinizatsiyaning samarali 
jarayonlarini joriy etish yo‗li bilan oshirish talab etadi. 
Al‘ternativ motor yoqilg‗ilari.
Suyuq motor yoqilg‗ilariga bo‗lgan 
talabning uzluksiz ortishi va neft resurslarining cheklanganligi neft 
xomashyosidan olinadigan yoqilg‗ining yangi ko‗rini ularni izlash zaruratiga 
sabab bo‗ladi. Ko‗mir, slanets, og‗ir neftlar va tabiiy bitumlar, torf, biomassa va 
tabiiy gaz kabi al‘ternativ xomashyo manbalaridan motor yoqilg‗ilarini olish 
istiqbolli yo‗nalishlardan biri hisoblanadi.
Ular u yoki bu texnologiya bilan benzin, kerosin, dizel yoqilg‗isi yoki neft 
yoqilg‗isi o‗rnini bosuvchi yoki yoqilg‗ilarning asosiy foydalanish xossalarini 
(masalan, antidetanatsion) yaxshilovchi qo‗shimchalar sifatida xizmat qiluvchi 
kislorod saqlovchi uglevodorodlar – spirtlar, efirlar, ketonlar, al‘degidlar kabi 
sintetik motor yoqilg‗ilariga qayta ishlanishi mumkin. Hozirgi vaqtga qadar 
sintetik motor yoqilg‗ilari ishlab chiqarishning ko‗plab texnologiyalari ishlab 
chiqarilgan (yoki intensiv tadqiqot ishlari olib borilmoqda).


600 
Mamlakatimizda maxsus kompleks programma doirasida ko‗mirdan (uni 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri chuqurlashtirish yoki sintez-gazda dastlabki gazifikatsiyalash 
yo‗li bilan) motor yoqilg‗ilari olish bo‗yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
Tabiiy gazdan transport yoki energetik qurilmalarda to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
foydalanish eng istiqbolli hisoblanadi. Siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi gaz 
yoqilg‗isidan foydalanishga mo‗ljallangan avtomobillar ko‗proq paydo 
bo‗lmoqda. 
Hozirgi vaqtda dunyo bo‗yicha gaz yoqilg‗ilari bilan ekspluatatsiya 
qilinadigan avtomobillar parki 5 mln.dan ortiq deb baholanadi. Avtomobillarda 
asosan metandan tashkil topuvchi siqilgan tabiiy gaz ballonlarda 20 MPa.gacha 
bo‗lgan bosimda saqlanadi va ekspluatatsiya qilinadi. Tabiiy gaz yuqori 
antidetanatsiya xossaga ega bo‗lib (OCHIM PO atrofida), bu dvigatellarning 
siqish darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi va bu bilan 
dvigatelning litrli quvvatini oshirish va yoqilg‗ining solishtirma sarfini 
pasaytirishga olib keladi. 
Dvigatel siqilgan tabiiy gazda (STG) ishlaganida ta‘mirlashlar oralig‗i 
benzindagiga nisbatan 2 marta yuqoriroq va moyning sarfi sezilarli darajada 
kam bo‗ladi. STG ning kamchiligi maxsus qalin devorli ballonlardan 
foydalanish zaruratidadir. Asosan propan va butandan tashkil topgan siqilgan 
neft gazlari (SNG) avtomobil yoqilg‗isi sifatida siqilgan gazlar oldida bir qator 
afzalliklarga ega va shuning uchun ham hozirgi vaqtda kengroq 
foydalanilmoqda. SNG – yuqori antidetanatsiya xossasiga ega bo‗lgan, keng 
uchqunlanish chegarasiga ega bo‗lgan, sifatli uglevodorod yoqilg‗isi (OCHIM 
PO atrofida), havo bilan yaxshi aralashadi va silindrda deyarli to‗liq yonadi. 
Natijada SNG dan foydalanuvchi avtomobil benzinliga nisbatan 4.5 marta 
kamroq zaxarliroqdir. SNG dan foydalanishda yoqilg‗i bug‗larining dvigatel 
silindrlarida kondensatsiyalanishi to‗liq bartaraf etiladi, va natijada karter 
moyining suyuqlashishi yuz bermaydi. Qurum hosil bo‗lishi juda kam bo‗ladi. 
SNG lar kamchiliklariga ularning yuqori uchuvchanligi va portlash xavfining 
kattaligini kiritish mumkin. 


601 
Oxirgi yillarda neftning qimmatlashishi va QTE larni qo‗llashning 
taqiqlanishiga bog‗liq holda dunyoning ko‗plab mamlakatlarida yuqori oktanli 
tovar avtobenzinlarida kislorod saqlovchi birikmalardan foydalanishning 
oshishiga bo‗lgan tendensiya kuzatilmoqda. Ular orasidan metilli (MS), etilli 
(ES) i tret-butillli (TBS) spirtlar, vaayniqsa yuqori oktan soniga, asosiy 
fraksiyalar OCH sini oshirishga va bu bilan DS ni taqsimlanish koeffitsiyentini 
oshirishga imkon beruvchi past qaynash haroratiga, shuningdek yetarlicha 
yonish issiqligiga ega bo‗lgan metil-tret-butil efiri (MTBE) (15.5 jadval) keng 
qo‗llaniladi. Spirtlardan metanol eng keng xomashyo resursiga ega. Uni gazdan, 
ko‗mirdan, yog‗ochdan, biomassadan va turli xil chiqindilardan ishlab chiqarish 
mumkin. 
Suvsiz metanol benzin bilan har qanday nisbatlarda yaxshi aralashadi, 
biroq suvning oz miqdorda tushishi ham aralashmaning qatlamlashishiga olib 
keladi. Metanolda benzinga nisbatan yonish issiqligi kam bo‗lib, u ko‗proq 
zaxarli. Shunga qaramasdan metanolga kelajak yoqilg‗isi sifatida qaralmoqda. 
Shuningdek metanolni bilvosita motor yoqilg‗isi sifatida ishlatish bo‗yicha 
tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunday qilib, metanoldan ZSMturidagi seolitlarda 
benzin olish jarayonlari ishlab chiqilgan. 
Kislorod saqlovchi yuqori oktanli komponentlar orasida eng istiqbolli va 
bugungi kunda chet el avtobenzinlari tarkibida eng keng qo‗llanilayotgan 
oksigenat bu efirlardir. Ular yaxshi antidetanatsion xossaga ega bo‗lib, deyarli 
korroziyaga olib kelmaydi va avtomobillar taminlash tizimlarini o‗zgartirishni 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin