―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


Yevropa ittifoqi avtobenzin va dizel yoqilg‗ilari sifatining asosiy



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Yevropa ittifoqi avtobenzin va dizel yoqilg‗ilari sifatining asosiy 
ko‗rsatgichlari. 
 
15.2- жадвал
YEI davlatlarida chiqindilarning ruxsat etilgan normalari (1250 kg og‗irlikdagi 99 yengil 
avtomobillarga), g/km
Normalar 
Kiritilgan yili 
YEI (RF) 
Benzinli dvigatellar 
Dizelli 
dvigatellar 
СО 
С Н 
m n 
NO* 
CO 
C H 
mn 
NO* 
Qattiq zarralar 
Yevro-1 
1993 
(1999) 
2,72 
0,97* 
2,72 
0,97* 
0,14 
Yevro-2 
1996 
(2006) 
2,2 
0,5* 
1,0 
0,67* 
0,08 
Yevro-3 
2000 
(2008) 
1,5 
0,17 
0,14 
0,6 
0,06 
0,5 
0,05 
Yevro-4 
2005 
(2010) 
0,7 
0,08 
0,07 
0,47 
0,05 
0,25 
0,05 
* Summа C
m
H

ва NO 
15.3- жадвал 
Кўрсатгичлар 
Евро-2 
1996 г. 
Евро-3 
2000 г. 
Евро-4
2005 г. 
Автобензинлар:
Миқдори, 
…дан кўп эмас: 
бензол, % об. 



аренлар, % об. 

42 
30 
олтингугурт, % маС (ppm) 
0,05 (500) 
0,015 (150) 
0,003^0,001 (30...10) 
олефинлар, % маС 

18 
14 
кислород, % маС 

2,3 
2,7 
Дизель ёқилғиси:
Цетансони, 
…дан кам эмас: 


51 
Миқдори, 
…дан кам эмас: 
ПАУ, % 
11 
олтингугурт, % 
0,035 


594 
Mamlakatimiz yuqori oktanli benzinlari tarkibida riformat ko‗proq bo‗lib, 
bu ularning tarkibida aromatik uglevodorodlarning yuqori miqdorda bo‗lishiga 
olib keladi. Hozircha bizning mamlakatimiz zamonaviy GOSTlarida aromatik 
uglevodorodlar miqdori bo‗yicha ham, benzin fraksiyalarida DS lar tekis 
taqsimlanishi bo‗yicha ham cheklovlar ko‗zda tutilmagan. Cheklangan 
miqdordagi aromatik uglevodorodli (30% dan kam) va fraksiyalar bo‗yicha DS 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
15.4- jadval
Rossiya, AQSh va G‗arbiy Yevropa avtobenzinlarining komponent tarkibi 
Ko‗rsatgich 
(1999 y. ma‘lumotlari) 
Rossiya 
AQSh G‗arbiy-
Yevropa 
Benzin fondining umumiy hajmi, mlnt/yil 
24 
330 
130 
Komponent tarkibi, % um.: 
butanlar 
5, 7 


riformat 
54,1 
34 
48,2 
katalitik kreking fraksiyalari 
20 
35,5 
27 
izomerizat 
1,5 


alkilat 
0,3 
11,2 

oksigenatlar 
0,2 
3,6 

to‗g‗ridan-to‗g‗ri xaydash va gidrokreking fraksiyalari 
13,3 
3,1 
7,3 
termichek jarayonlar fraksiyalari 
4,97 
0,6 
0,5 
Oktan soni: (OCHIM + OCHMM)/2 
82 
89 
88 
Miqdori: 
qo‗rg‗oshin, g/l 
0,25 
00 
oltingugurt, % maS 
0,1 
0,03 
0,02 
aromatik uglevodorlar (umumiy), % um. 
42 
31 
39 


595 
tekis taqsimlangan avtobenzinlarning ekspluatatsiyasi OCH darajasini bir 
qancha oshirishga va bu bilan benzin resurslarini kengaytirishga, shuningdek 
ularning ekologik sifatini sezilarli yaxshilashga imkon beradi. 
Tovar avtobenzinlarida aromatiklar, benzol va olifenlar miqdorini G‗arbiy 
Yevropa standartlarigacha pasaytirish muammosini hal etish uchun neftni qayta 
ishlash majmuasi uchun noaromatik yuqori oktanli komponentlar, avvalo 
benzinlar asosiy fraksiyalarini izomerlash, gidrokreking, selektiv gidrokrekinn, 
shuningdek oksigenatlar ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etishni tezlashtirish 
talab etiladi. 
Dizel yoqilg‗ilari ishlab chiqarishning ba‘zi bir tendensiyalari.
Dunyo bo‗yicha dizel yoqilg‗ilarini ishlab chiqarish 2000 y da yiliga 1 
mlrd tonnadan ortiqni tashkil etgan. 
Sobiq SSSR dizel yoqilg‗ilarini ishlab chiqarish hajmi bo‗yicha dunyoda 
birinchi o‗rinni egallagan. Mamlakatimiz dizel yoqilg‗ilari sifati bo‗yicha eng 
yaxshi chet el namunalariga mos keladi. 
Mahalliy dizel yoqilg‗ilarining asosini to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydalgan 
distillyatlar tashkil etib, ularning taxminan yarmi gidrotozalangan fraksiyalar 
ulushiga to‗g‗ri keladi. Ikkilamchi distillyatlar kam miqdorda foydalaniladi 
(xususan, tahminan 3 % katalitik kreking yengil gazoyli ulushiga to‗g‗ri keladi). 
Qayd etish kerakki, oltingugurt miqdori massaning 0,2% dan kam bo‗lgan kam 
oltingugurtli yoqilg‗i turlarini ishlab chiqarish ularning resurslarini yo‗qotish va 
chuqur gidrotozalashga katta energiya xarajatlari bilan kechadi. Gidrotozalash 
davomida nouglevodorod geterobirikmalar bilan bir vaqtda yoqilg‗idan 
dastlabki neftda mavjud bo‗lgan tabiiy antioksidlovchi, eskirishga qarshi, 
antikorrozion va boshqa qo‗shimchalar chiqib ketadi. Shuning uchun 
gidrotozalangan tovar dizel yoqilg‗ilarini ishlab chiqarishda keng assortimentda 
va yetarlicha katta miqdorda sintetik qo‗shimchalarni qo‗llashga zarurat paydo 
bo‗ladi. 
1993 yildan AQShda dizel yoqilg‗ilari tarkibida oltingugurt miqdoriga 
nisbatan avval amalda bo‗lgan normativdagi 0,25 % o‗rniga 0,03 % ni tashkil 


596 
qiluvchi yanada qattiqroq cheklovlar qabul qilingan. AQSh atrof muhitni 
ximoya qilish agentligi tomonidan ularning tarkibida shuningdek aromatik 
uglevodorodlar miqdorini ham sezilarli (10 % gacha) pasaytirish bo‗yicha qonun 
hujjatlari qabul qilingan. 
YEI tomonidan yangi ekologik normalarning qabul qilinishi (15.2 -jadval) 
dizel yoqilg‗isini ishlab chiqarishning texnologiyalarining murakkablashishiga 
va mos ravishda dizel yoqilg‗isining tannarxining oshishiga olib keladi. 
Hozirgi vaqtda past haroratda muzlovchi dizel yoqilg‗isini olishning asosiy 
usuli bu oxirgi qaynash haroratini (yozgi navlar uchun bo‗lgan 360°С ga qarshi) 
300-320°С gacha tushirish yo‗li bilan ularning fraksion tarkibini yengillashtirish 
hisoblanib, bu esa ularning resurslarini sezilarli cheklanishi bilan bog‗liq.
Bunday yoqilg‗ining nisbatan katta qismi seolitli va karbomidli 
deparafinizatsiya 
asosida 
ishlab 
chiqariladi. 
Seolitli 
deparafinizatsiya 
denormalizatlari yaxshi past haroratli xossalarga ega bo‗lib (qotish harorati -
45.50 °С, xiralashish harorati -35 - 50°С), shuning uchun ular qishgi va arktik 
yoqilg‗ilar sifatida keng foydalaniladi. Karbamidli deparafinizatsiyada yuqori 
haroratda eruvchi parafinlar to‗liq tozalanmaydi, shuning uchun ham bu jarayon 
denormalizatlari talab qilingan -25 yoki -35°С o‗rnigа -35°С qotish haroratida 
va bor yo‗g‗i -11°С xiralashish haroratlarida olinadi. Yozgi dizel yoqilg‗ilariga 
denormalizatlarning noratsional jalb etilishiga e‘tibor qaratish kerak bo‗lib, bu 
―Pareks‖ qurilmasining geografik joylashishi va yoqilg‗ining qishgi navlarini 
ishlab chiqarish uchun denormalizatlarni saqlash va keyingi foydalanilishi 
uchun kerakli hajmdagi rezervuarlarning mavjud emasligi bilan bog‗liq. Qishgi 
va arktik dizel yoqilg‗ilari turlariga va bir vaqtning o‗zida neftkimyo va 
mikrobiologik sintez uchun qimmatli defitsit xomashyo – suyuq parafinlarga 
bo‗lgan talabni to‗liqroq qondirish uchun asosan ―Pareks‖ turidagi 
deparafinizatsiya qurilmalari tez sur‘atlar bilan qurildi. Biroq keyinchalik
dunyoning ko‗plab mamlakatlarida, shu jumladan sobiq SSSR da ham oksil-
vitaminli konsentatlar (OVK) ishlab chiqarish uchun suyuq neft parafinlaridan 
foydalanishni taqiqlovchi qonun hujjatlari qabul qilinishi va kurilmalarni 


597 
usimlik turidagi xomashyolarga o‗tkazilishi bilan ―Pareks‖ turidagi adsorbsion 
deparafinizatsiya jarayonlarini kengaytirishning keyingi o‗sish sur‘atlari sezilarli 
pasaydi. 
Past haroratda muzlovchi motor yoqilg‗isini (shuningdek moylarni) olish 
muammosini NQIZ lar sxemalariga yangi samarali va juda ham universal 
jarayon – neft fraksiyalarini katalitik gidrodeparafinizatsiya (KGD) sini 
qo‗shishi bilan hal etish mumkin. KGD jarayonlari oxirgi yillarda chet 
mamlakatlarda past haroratda muzlovchi reaktiv va dizel yoqilg‗ilarini olish, 
shuningdek katalitik riforming (selekto-forming) jarayoni bilan birgalikda – 
yuqori oktanli avtobenzinlar olishda keng foydalanilmoqda. 
Maqsadli vazifasiga bog‗liq holda KGD xomashyosi sifatida neftni 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydashning benzinli, kerosin-gazoylli yoki moyli 
fraksiyalaridan foydalanilishi mumkin. KGD jarayoni neft fraksiyalaridan tor 
g‗ovakli seolitlarning ba‘zi turlariga asoslangan metall-seolitli katalizatorlar 
ishtirokida selektiv gidrokreking orqali-alkanli uglevodorodlarni tozalashga 
asoslangan.
Ular harakatining selektivligi maxsus g‗ovakli tuzilishga bog‗liq: kirish 
oynalari 
orqali 
faqatgina ma‘lum hajmdagi n-alkanli uglevodorod 
moleklalarigina kirishi va faol markaz (bifunksional xossaga ega bo‗lgan) bilan 
kontaktlashishi mumkin. KGD jarayonini (gazoylni gidrooltingugurtsizlanish 
jarayoni rejimiga o‗xshash sharoitlarda) o‗tkazish natijasida KGD 
denormalizatorlarining mo‗zlash va hiralashish haroratlarini sezilarli darajada 
(25.60 °С ga) tushirishga va ularni chiqishdagi fil‘trlanishini 70 - 90% ga 
yaxshilashga va bir vaqtning o‗zida yuqori oktanli benzinlar hosil bo‗lishiga 
erishiladi. KGD jarayoni an‘anaviy deparafinizatsiya jarayonlari bilan qayta 
ishlanishi iqtisodiy va texnologik sabablarga ko‗ra maqsadga muvofiq 
bo‗lmagan, nisbatak kam n-alkan miqdorli (10% dan kam) xomashyolarni 
boyitilganda ko‗proq samaraliroq bo‗ladi. KGD jarayonidan foydalanish dizel 
yoqilg‗ilarining qishri va arktik navlarini ishlab chiqarishning xomashyo 
bazasini sezilarli kengaytirishga imkon beradi.


598 
Chet mamlakatlarda qishri dizel yoqilg‗isi olishning eng orzonroq usuli 
yozgi yoqilg‗iga depressor qo‗shimchalarini (yuzdan bir ulushlarda) kiritish 
hisoblanadi. Biroq ko‗pchilik qo‗shimchalar, yoqilg‗ining muzlash haroratini 
yetarlicha samarali tushirgan holda, uning xiralashish haroratiga deyarli ta‘sir 
qilmaydi, va bu uning qo‗llanilish sohasini sezilarli darajada cheklaydi. Bunday 
yoqilg‗ini qishda harorati -15°С dan past bo‗lmaydigan hududlarda qo‗llash 
mumkin. 
Bunday 
ob-havo 
sharoitlari 
G‗arbiy 
Yevropaning 
ko‗p 
mamlakatlariga, Boltiqbo‗yi, Belorussiya, Moldaviya va Ukrainaga mos keladi. 
Biroq mahalliy depressor qo‗shimchalarini ishlab chiqarish haligacha tashkil 
etilmagan. 
Dizel yoqilg‗ilari resurslarini keyingi kengaytirilishi ularning fraksion 
tarkibini kengaytirish va ikkilamchi jarayonlar distillyatlaridan foydalanish 
hisobiga bo‗lishi mumkin. Shunday qilib, oxirgi qaynash haroratini 25…30°Сga 
oshirish bilan yozgi yoqilg‗i resurslarini ularning umumiy ishlab chiqarilishidan 
3…4 % ga ko‗paytirish mumkin. Bunday oxirgi qaynash harorati tahminan 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin