617
uglerod dioksidi ko‗rsatadi. Hozirgi vaqtda
IES larda organik yonuvchi
qazilmalarni yoqish natijasida yer atmosferasiga yiliga o‗rtacha 20 mlrd. t
karbonat dioksidi gazlari chiqarilmoqda. Bugungi kunda uning atmosferadagi
miqdori 1940-yillardagi darajasiga nisbatan 25 - 50 % ga ortiq. Natijada biosfera
tomonidan quyoshning infraqizil nurlarini yutish va buning oqibatida yer
iqlimining isish jarayonlari kuchaymoqda.
Issiqxona effekti atmosfera
aylanishining sezilarli o‗zgarishi, muzlarning erishi, qit‘alarni suv bosishi va
boshqa global ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga olib kelishi mumkin.
Sanoat korxonalarining gaz chiqindilari. Atrof muhitni metallurgiya, yoqilg‗i-
energetika, neftkimyo va kimyo sanoatlari eng ko‗p ifloslantiradi. Bu
ifloslantiruvchilar turli hil bo‗lib, ularning tarkibi xomashyo sifati va qayta
ishlash texnologiyalariga bog‗liq bo‗ladi.
Ifloslantiruvchilar atmosferada (gidro- va litosferadagi kabi)
notekis
tarqaladi va lokal‘ xarakterga ega bo‗ladi. Havoning ifloslanishi quyidagicha
taqsimlangan: sanoat komplekslari ustida I - 80%, shaharlar ustida ~ 12,9 va
qishloq joylarda ~ 1. Chiqindilarning tarqalish xarakteriga ba‘zi shaharlarda
sanoat obyektlarining ortiqcha konsentratsiyasi, yomon texnika va texnologiyasi
sabab bo‗ladi.
Atmosferaning kuchli markazlashgan ifloslanish joylarida ifloslantiruvchilar
va havo kislorodining ul‘trabinafsha nurlari ta‘siri ostida ta‘sirlashishi natijasida
yomon ob-havo sharoitlarida zaxarli tuman ~ ―fotokimyoviy tutun‖
hosil
bo‗lishi mumkin. Bunda sienergetik effekt ~ ikki ifloslantiruvchi komponent
reaksiyasi ta‘sirida yanada zaxarli modda paydo bo‗ladi, masalan:
Azotoksidlari + uglevodorodlar → peroksiatsetilnitrat + ozon
Olingan ikkala modda (ozon I kuchli oksidlovchi) odamlarda odamlarda
yosh oqishi va nafas olish qiyinlashishini keltirib chiqaradi, o‗simliklar
uchun
yanada zaxarli bo‗lib, ularni nobud qiladi. Shunday qilib, 1952 yil 5 kun
davomida London tutunida 4000 dan ortiq inson halok bo‗lgan. 1989 y
avgustida Omsk ustida yomon ob-havo sharoiti tufayli (+ 30 °С, shamolsizlik)
qalinligi 1 km gacha bo‗lgan gaz buluti paydo bo‗lgan.
618
Gidrosferaning ifloslanishi.
Shuningdek daryolar, dengizlar va okeanlarga
sanoat, kommunal va yomg‗ir oqimlari ko‗rinishida tushuvchi suyuq yoki suvga
aralashgan ifloslantiruvchilar ham tabiatga juda kuchli salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Dunyo suvlariga har yili chiqarib tashlanadigan oqova suvlar hajmi ~ 1500 km
3
ni tashkil etadi. Qoidaga ko‗ra, oqimlarni neytrallashtirish uchun ularni 5.12-
marta marta ko‗proq chuchuk suv bilan aralashtirish talab etiladi. Bundan kelib
chiqadiki, sanoat rivojlanishining zamonaviy sur‘atlarida va suv iste‘molining
uzluksiz oshishi (yiliga 5.6 %) natijasida insoniyat
yaqin kelajakda Yerdagi
chuchuk suv zvxiralarini to‗liq batamom ishlatib tugatadi. Suv zvxiralarini
ifloslantiruvchi eng katta manbalarga kimyo, neftkimyo,
neftni qayta ishlash,
neft, sellyuloza-qog‗oz, metallurgiya va sanoatning ba‘zi bir boshqa tarmoqlari,
shuningdek qishloq xo‗jaligi (masalan, sug‗orish maqsadida) kiradi. NQIZ ning
oqova suvlari bilan birga suv zaxiralariga sho‗r suv ELOU, qopqon neftlar, neft
shlamlari, neft mahsulotlari, kimyoviy reagentlar, nordon gudronlar, ishlatilgan
ishqorli eritmalar va h.k. lar tushadi. Erigan yoki yomg‗ir
oqimlari bilan
suvlarga katta miqdorda dunyo bo‗yicha ishlab chiqarilgan noorganik va organik
moddalar: neft va neft mahsuolotlari, mineral o‗g‗itlar, zaxarli ximikatlar, og‗ir
metallar, radioaktiv, biologik foal va boshqa ifloslantiruvchilar chiqariladi.
Dunyo okeaniga har yili shu qatorda 15 mln t dan ko‗proq neft va neft
mahsulotlari, 200 ming t ko‗rg‗oshin, 5 ming t. simob chiqariladi, 1 t neft suv
yuzasida diametri 12 km atrofida prada hosil qiladi.
Neft pradasi atmosfera-gadrosfera chegarasida
gaz almashinish va
bug‗lanishni batamom yomonlashtiradi, natijada plpnkton, suv florasi, baliqlar,
dengiz jonivorlari va x.k. lar halok bo‗ladi. Oxirgi yillarda dengiz transport
kemalarining, neft va gaz quduqlarining, neft-, gaz- va mahsulot quvurlarining,
temir yo‗l poyezdlarining va sanoat korxonalarida halokatlar sodir bo‗lishi
ko‗paydi. Gidrosfera holati halokatli ravishda yomonlashmoqda. Shaharlar va
aholi punktlarini suv bilan ta‘minlash muammosi keskinlashmoqda. Ko‗plab
daryo va suv havzalarining ifloslanish darajasi xavfli kritik holatga yetadi.
Dayolarning ekologik holatining yomonlashuviga tekislikdagi daryolarda GES
619
larning qurilishi ham sabab bo‗lmoqda.
Dostları ilə paylaş: