―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

15.8-jadval 
NQIZ turlari va neftdan foydalanish samaradorligi orasidagi bog‗liqliklar
Qayta ishlash ko‗rsatgichi
Tip NQIZ
NGP
UPN
GPN
BOP
Qoldiq turi 
Mazut 
Gudron 
Og‗ir 
gudron 
Qoldiq yo‗q 
Neftni qoldiq chiqishi, % 
40...55 
20.30 
10.15 

Neftni qayta ishlash chuqurligi, % 
maS (TvaPhisobga olinmagan holda) 
45...60 
85.90 
100 
Neftdan foydalanish 
samaradorlik 






610 
fraksiyalarning potensial miqdorda bo‗lishiga yordam beradi. Chuqurlashtirilgan 
yoki chuqur qaytaishlovchi NQIZlarda DT : ning talab qilingan nisbati, 
avtobenzin va dizel yoqilg‗isi komponentlarining mos proporsiyalarda chiqishini 
ta‘minlovchi ikkilamchi jarayonlar bilan tartibga solinadi. Shunday qilib, asosan 
benzin ishlab chiqaruvchi profildagi NQIZlar qoidaga ko‗ra katalitik kreking va 
alkillash jarayonlaridan tuziladi. Dizel yoqilg‗isini ko‗proq ishlab chiqarish 
uchun NQIZlar tarkibiga odatdagi kreking jarayoni qo‗shiladi. 
15.7.NQIZ larni loyihalashning asosiy prinsiplari.
1)
Zamonaviy va istiqbolli NQIZlar quyidagilarga ega bo‗lishi kerak: 
2)
iqtisodiy hududning tovar neft mahsulotlariga bo‗lgan talabini yetarlicha 
qondirish uchun optimal quvvatga ega bo‗lishi; 
3)
chiqayotgan neft mahsulotlarining sifati talab qilinayotgan davlat 
standartlarini ta‘minlashi; 
4)
chiqarilayotgan neft mahsulotlarining chuqur va kompleks qayta ishlanishini 
ta‘minlashi; 
5)
yuqori samarali, raqobatbardosh, texnik va ekologik xavfsiz korxona bo‗lishi 
kerak. 
Hech bir NQIZ iste‘molchilarga kerakli barcha turdagi neft mahsulotlarini 
ishlab chiqara olmaydi va o‗zaro sifati bo‗yicha katta farq qiluvchi, mamlakatda 
ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi neftlarni bir xil samaradorlikda qayta 
ishlay olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, istalgan tarixiy davrda va mamlakatning 
istalgan hududida qurilishi mumkin bo‗lgan yagona standartdagi (turdagi) NQIZ 
mavjud emas Har bir yangi NQIZ uchun qayta ishlanadigan neft sifatini, 
iqtisodiy maqsadga muvofiqlikli, shuningdek u quriladigan hududning tabiiy, 
geologik, gidrogeologik, ob-havo va boshqa sharoitlarini hisobga olgan holda 
individual (alohida) loyihalash talab etiladi. Bunda loyihalash boshlangunga 
qadar mamlakatda va jahondagi ko‗p yillik (yuz yildan oshiq) neftni qayta 
ishlash zavodlari foydalanishning amaliy tajribalaridan va neftni qayta ishlash 
texnika va texnologiyasida erishilgan yangi yutuqlardan maksimal foydalanish 


611 
kerak bo‗ladi. 
NQIZlarni loyihalashda neftlarning quyidagi uch hil navlarini qayta 
ishlashda qo‗llash uchun ishlab chiqilgan alohida texnologik jarayonlar va 
kombinatsiyalangan uskunalarning tipik loyihalaridan foydalanish mumkin. 
1)
yuqori navli, kam oltingugurtli, yuqori yoki oshirilgan rangli yoqilg‗ilari 
bo‗lgan baku yoki grozniy nefti turlari; 
2)
o‗rtacha navli, rangli yoqilg‗ilari kam bo‗lgan oltingugurtli g‗arbiy-sibir nefti 
aralashmasi turidagi neftlar; 
3)
pastnavli, yuqori oltingugurtli, rangli yoqilg‗ilari kam bo‗lgan turidagi 
neftlar. 
NQIZ larning qurilish joyi, profili, quvvati, neft turi, chiqariladigan neft 
mahsulotlari assortimenti va boshqa dastlabki ma‘lumotlar ixtisoslashgan 
loyiha tashkilotining bosh buyurtmachilari tomonidan belgilanadi. Loyiha 
instituti, loyihaga bo‗lgan buyurtmani qabul qilib, birinchi bosqichda alohida 
jarayonlarning tipik loyihalaridan va tarmoqlar yoki akademik NII bo‗yicha 
ishlab chiqilgan yangi ishlab chiqarish texnologik reglamentlaridan foydalanib, 
yangi NQIZ qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini (TIA) bajaradi.
TIA asosida joy va qurilish maydoni o‗lchamlari aniqlanadi, asosiy texnik-
iqtisodiy ko‗rsatgichlar (kapital qo‗yilmasi, tannarx, rentabellik, mehnat 
unumdorligi, foyda, fond samaradorligi, suv, bug‗, yonilg‗i, elektroenergiya va 
b. xarajatlari) belgilanadi. 
Keyingi, loyihalashning eng qiyin va mas‘uliyatli bosqichi NQIZning optimal 
texnologik sxemasini (tuzilishini) ishlab chiqishdir. Texnologik tuzilishni 
optimallashtirish – bu texnologik qurilmalar to‗plamini eng iqtisodiy maqsadga 
muvofiqini hisoblash yo‗li bilan tanlashdir. Tanlangan texnologik jarayonlar 
to‗plami berilgan neftni optimal chuqurlikda qayta ishlanishini va zavoddan 
belgilangan yuqori sifatli neft mahsulotlari assortimentining minimal kapital va 
foydalanish xarajatlar bilan chiqishini ta‘minlashi kerak. Tanlangan har bir 
texnologik jarayonlarning, ularning qurilmalarining avtomatizatsiya va ekologik 
xavfsizlik darajasi fan va texnikaning yangi yutuqlariga mos kelishi kerak. 


612 
Kapital va foydalanish xarajatlarni minimallashtirishda eng sezilarli samaraga, 
loyihada NQIZning katta hajmli texnologik jarayonlar va kombinatsiyalashgan 
qurilmalar bazasida qurilishi ko‗zda tutilganida erishiladi. Bir necha texnologik 
jarayonlarni kengaytirilgan yagona markazlashgan boshqariluvchi qurilmaga 
kombinatsiyalashtirishda quyidagilarga erishiladi: 
-rezervuar 
parklari, 
quvurlar, texnologik 
kommunikatsiyalar 
va 
muhandislik tarmoqlarini qisqarishi natijasida kapital sarfining tejalishi, uskuna 
va apparatlarning qulay joylashishi, nasos, kompressor, operatorlik va KIP 
binolarinig birlashtirilishi va bu bilan qurilish samarasining oshirilishi;
-energiya, bug‗, yonilg‗i va sovituvchi suvning solishtirma sarfini 
fraksiyalash, issiqlik almashinish, chiquvchi oqimlar issikligini utilizatsiya qilish 
darajasini oshirish va b.lar hisobiga qisqartirish, shuningdek boshqarishni 
markazlashtirish, avtomatlashtirish va mexanizatsiyaning yuqori darajasi 
hisobiga xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar sonini qisqartirish (ya‘ni mehnat 
unumdorligini oshirish) hisobiga eksrluatatsion xarajatlarni tejash; 
Neft mahsulotlarining yo‗qotilishi va chiqindi suvlar miqdorini 
kamaytirilishii va natijada atrof muhitga zararli chiqindilarni kamaytirish. 
 
O‗rtacha quvvatli NQIZda (5...7 mln t/yil) har bir jarayon bitta texnologik 
qurilma bilan bajarilishi kerak deb hisoblanadi. Biroq NQIZning bunday 
texnologik tuzilishida jarayonlar orasidagi aloqa yanada kuchayadi, jihozlarning 
ishonchliligiga, nazorat va avtomatizatsiya tizimiga, katalizatorlarning xizmat 
qilish muddatiga talab kech ko‗tarildi. Katta quvvatli (10 -.15 mln t/yil) 
NQIZlarni loyihalash va qurilishi zamonaviy amaliyotida, har bir jarayon ikkita 
bir nomli texnologik qurilma bilan taqdim etilgan, neftni qayta ishlashning ikki 
oqimli sxemasi ustunlik ko‗rsatadi. Bunda, NQIZning berilgan quvvatida 
xomashyo resursi cheklangan jarayon, bir texnologik qurilma (alkillash, 
kokslashish, visbreking, oltingugurt ishlab chiqarish va b.) bilan taqdim etilishi 
mumkin. 
Yoqilg‗i-moy profilidagi NQIZlar moy bloklari texnologik tuzilishi, 
yoqilg‗i ishlab chiqaruvchilaridan farqli ravishda, kam xilma-xillik ammo 


613 
ko‗pligi bilan tavsiflanadi. Neftni moyli qayta ishlashning eng ko‗p tarqalgan 
sxemasi jarayonlarning quyidagi ketma-ketligidan tashkil topadi: 

moyli neftni atmosfera-vakuumli haydab (AVTM), odatda ikki-uch aniq 
distillyat fraksiyalari va gudronni olish

gudronni deasfaltlash; 

moyli fraksiyalar va deasfaltizatni selektiv tozalash; 

rafinatlarni deparafinlashlash; 

deparafinlashlangan rafinatlarni gidrotozalash (yoki kontaktli tozalash). 
AVTMda olingan har bir aniq yog‗ fraksiyalari tozalash jarayonidan 
alohida o‗tkazilishi sababli, moy bloklarini loyihalovchilar texnologik 
jarayonlarning 
alohida 
quvvatlarini 
kengaytirishdagi 
kabi, 
ularni 
kombinatsiyalash uchun ham cheklangan imkoniyatlarga ega bo‗ladi. 
Yiliga 12 mln tonna deb qabul qilingan yoqilg‗i profilidagi NQIZning 
optimal quvvatidan kelib chiqib, mamlakatimizdagi va chetdagi zavodlarning 
texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari va foydalanish tajribalariga asoslanib AVT bosh 
qurilmasining optimal quvvati 6 mln tonnaga teng deb qabul qilingan. 
1)
Quyidagi jarayonlar eng ko‗p kombinatsiyalashtiriladi: ELOU-AVT 
(AT), benzinni gidrotozalash - katalitik riforming, vakuum gazoylini 
gidrotozalash - katalitik kreking - gazlarni ajratish, gazlarni oltingugurtdan 
tozalash - oltingugurt ishlab chiqarish; vakuumli haydash - gidrotozalash - 
katalitik kreking - gazni fraksiyalash; deasfaltizatsiya - selektiv tozalash, 
deparafinlash - moysizlantirish va boshqalar. 
2)
Chet 
el 
neftni 
qayta 
ishlash 
tajribasida 
quyidagi 
kombinatsiyalashgan qurilmalar modellari ishlab chiqilgan (15.9- jadval): 
3)
neftni chuqur bo‗lmagan qayta ishlash LK-6U – unumdorligi yiliga 
6 mln tonna; 
4)
neftni chuqurlashtirilgan qayta ishlash GK-3 – unumdorligi yiliga 3 
mln tonna;
5)
vakuum gazoylini qayta ishlash G-43-107 – unumdorligi yiliga 2 
mln tonna 


614 
6)
mazutni qayta ishlash KT-1, uz tarkibiga G-43-107 va mazutni 
akuumli haydash seksiyasini va gudron visbrekingini oladi;
7)
mazutni qayta ishlash KT-1u, KT-1 dan vakkum gazoylini 
gidrotozalash o‗rniga yengil gidgokreking jarayonidan foydalanilishi bilan farq 
qiladi; 
8)
mazutni qayta ishlash KT-2, KT-1u dan oddiy vakuumli haydash 
o‗rniga 350.540 °S fraksiyalari olinadigan chuqur vakuumli haydash bilan farq 
qiladi. 1-4 modellar mamlakatning bir qator NQIZlariga joriy etilgan va yuqori 
samaradorlikni ko‗rsatgan. Shunday qilib, alohida turuvchi qurilmalar 
jamlanmasiga nisbatan KT-1 kombinatsiyalashgan qurilmasida kapital va 
foydalanish xarajatlar mos ravishda 36 va 40% ga pastroq, qurilish maydoni 3 
martaga kamroq, mehnat unumdorligi esa 2,5 barobar yuqoriroq. 
Yuqori samarali qurilmalardan, aynan LK-6u va KT-1 dan foydalanilib, 
oxirgi yillarda Pavlodar shaxri, Chimkent va Chardjouda yuqori samarali 
NQIZlarning yangi avlodlari qurilib foydalanishga tushirilgan va ularda neftni 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin