―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


Neftni qayta ishlash zavodlarining (NQIZ) qisqa tavsifi va



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

15.6.Neftni qayta ishlash zavodlarining (NQIZ) qisqa tavsifi va 
klassifikatsiyasi
Neftni qayta ishlash zavodi asosiy neft texnologik jarayonlar (qurilmalar, 
sexlar, bloklar), shuningdek sanoat korxonasining normal ishlashini 
ta‘minlovchi yordamchi va xizmat ko‗rsatuvchi xizmatlarning (tovar-xomashyo, 
mexanik-remont sexlari, KIPA sexi, bug‗-, suv-, va elektr ta‘minoti, sex va 
zavod laboratoriyalari, transport, yong‗in va gaz qutqaruv bo‗linmalari, 
medpunktlar, oshxonalar, dispetcher xizmati, direksiya, kadrlar, moliya, 


606 
ta‘minot, buxgalteriya bo‗limlari va boshqalar) jamlanmasidir. NQIZ larning 
maqsadli vazifasi – talab qilingan hajmda va assortimentda yuqori sifatli neft 
mahsulotlari va neftkimyosi uchun xomashyolarni (oxirgi yillarda iste‘mol 
tovarlarini ham) ishlab chiqarishdir. 
Zamonaviy neftni qayta ishlash korxonalari NQIZ lar va ularni tashkil 
qiluvchi texnologik jarayonlarning katta (yiliga million tonnalar bilan 
hisoblanuvchi) quvvati bilan tavsiflanadi. Shu sababli, NQIZ larda texnologik 
jarayonlarni avtomatlashtirish darajasiga, uskuna va texnologiyalarning 
ishonchli va xavfsizligiga, xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarning malakasiga talab 
juda yuqoridir. 
NQIZ lar quvvati 
juda ko‗p omillarga, avvalo u yoki bu iqtisodiy 
hududning neft mahsulotlari iste‘mol qilinishiga bo‗lgan talabi, xomashyo va 
energiya resurslarining mavjudligi, transport tashuvlari masofasi va shunga 
o‗hshash korxonalarning yaqinligi kabi omildarga bog‗liq bo‗ladi. 
Hammaga ma‘lumki, katta korxonalar kichiklariga nisbatan iqtisodiy 
samaradorroq bo‗ladi. Katta NQIZlar katta quvvatli yuqori avtomatlashtirilgan 
texnologik qurilmalarni va xomashyo, suv va yer resurslaridan samarali 
foydalanish va solishtirma kapital va foydalanish xarajatlarni sezilarli 
kamaytirish uchun katta hajmli apparatlar va uskunalar bazasida aralash ishlab 
chiqarishlarni o‗rnatish uchun yaxshi shart-sharoitlarga ega bo‗ladi.Ammo 
neftni qayta ishlovchi (va neft kimyo) korxonalarining haddan tashqari 
konsentratsiyalashishi ularning quvvati o‗sishiga proporsional ravishda 
tashuvlar radiusi, qurilish vaqti davomiyligi oshadi, asosiy yo‗l qo‗yib 
bo‗lmaydigani NQIZ ichida va atrofida ekologik holat yomonlashadi. 
NQIZ larning o‗ziga xos farqli jihati bitta dastlabki neft xomashyosidan 
turli hil mahsulotlar olinishidadir. NQIZ neft mahsulotlari assortimenti odatda 
yuzlab nomlar bilan sanaladi. Ko‗pchilik texnologik jarayonlarda faqatgina 
komponentlpr yoki yarim tayyor mahsulotlar olinadi. Oxirgi tovar mahsulotlari, 
odatga ko‗ra, ushbu NQIZda ishlab chiqarilgan, shuningdek qo‗shimcha bir 
necha komponentlarni kompuandirlash yo‗li bilan olinadi. Bu NQIZ tarkibida 


607 
xomashyo, mahsulot va energetik oqimlar bo‗yicha juda murakkab 
aloqadorlikdagi turli hil texnologik jarayonlar jamlanmasiga ega bo‗lish 
zaruratini keltirib chiqaradi. 
Neftni qayta ishlash korxonasi chiqaradigan neft mahsulotlari 
asortimentiga bo‗yicha quyidagi guruhlarga (profillarga) klassifikatsiyalash 
qabul qilingan: 
1.yoqilg‗i profilidagi NQIZlar; 
2.yoqilg‗i-moy profilidagi NQIZlar; 
3.yoqilg‗i-neftkimyo (neftkimyokombinat) profilidagi NQIZlar; 
4.yoqilg‗i-moy-neftkimyo (neftkimyokombinat)profilidagi NQIZlar. 
Yuqorida sanab o‗tilgan neftni qayta ishlash korxonalari orasidan yoqilg‗i 
profilidagi NQIZlar eng ko‗p tarqalgan, chunki motor yoqilg‗ilarini iste‘mol 
qilish va ishlab chiqarish hajmi bo‗yicha yog‗lovchi moylar kabi, neftkimyo 
sintezi maxsulotlari ham sezilarli ustunlikka ega. Tabiiyki, neft xomashyosini 
kompleks qayta ishlash tor ixtisoslashgan qayta ishlashga, masalan toza 
yoqilg‗iga nisbatan iqtisodiy samaradorroq.
NQIZlarning quvvati va neft mahsulotlarining assortimenti qatorida neftni 
qayta ishlash chuqurligi NQIZlarning muhim ko‗rsatgichi hisoblanadi. 
Neftni qayta ishlash chuqurligi (NQICH) – xomashyodan foydalanish 
samaradorligini xarakterlovchi ko‗rsatgichdir. NQICH qiymatiga ko‗ra NQIZ 
ning ikkilamchi jarayonlarga boyligi va neft mahsulotlarini chiqarish tuzilmasi 
haqida bilvosita fikr yuritish mumkin. Bundan anglashiladiki, ikkilamchi 
jarayonlarning yuqori ulushiga ega NQIZlar xomashyoning har bir tonnasidan 
neft qoldiqlariga nisbatan, katta miqdorda, o‗z navbatida neftni yanada 
chuqurroq qayta ishlash uchun qimmatli neft mahsulotlari ishlab chiqarishda 
katta imkoniyatga ega bo‗ladi. 
Butun dunyo neftni qayta ishlash tajribasida hanuzgacha bu 
ko‗rsatgichning umumiy qabul qilingan va bir ma‘noni anglatuvchi ta‘rifi 
mavjud emas.
Chet mamlakatlarda neftni qayta ishlash chuqurligi asosan neftdan rangli 


608 
neft mahsulotlari chiqishining umumiy miqdorini aniqlaydi, ya‘ni neftning 
yoqilg‗ili qayta ishlash chuqurligini nazarda tutadi.
Neftni qayta ishlash chuqurligini tenglama ko‗rinishida ifodalanishi bir 
muncha shartli bo‗lib, ishlov berilmagan qoldiqning, shu jumladan qozonxona 
yoqilg‗isining chiqishi, faqatgina qayta ishlash texnologiyasiga emas, balki, bir 
tomondan neftning sifatiga, boshqa tomondan esa – neft qoldig‗i qozonxona 
yoqilg‗isi yoki bitum ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida, kema yoki 
gazturbina uchun neft yoqilg‗isi va h.k sifatida qanday ishlatilishiga bog‗liq. 
Shunday qilib, tarkibi 95,7% rangli yoqilg‗i bo‗lgan, yengil markovskoy neftini 
faqatgina atmosferali haydash yo‗li bilan chuqur bo‗lmagan qayta ishlashda 
QICH 90%dan ko‗proqni, xuddi shu vaqtda rangli yoqilg‗ilar miqdori 43% 
bo‗lgan, arlan neftini gudrongacha qayta ishlashda bu ko‗rsatgich 70%dan 
kamroqni tashkil etadi. 
Ushbu mulohazalardan kelib chiqib, QIChni 350°С dan yuqori haroratda 
qaynovchi neft fraksiyalaridan (ya‘ni mazutdan) faqatgina ikkilamchi jarayonlar 
(gidrokreking, katalitik kreking va h.k.) orqali olinadigan rangli neft 
mahsulotlari miqdori bo‗yicha xarakterlash taklif etilgan. 
Ushbu usulga ko‗ra neftni atmosferali haydash bilan qayta ishlash qayta 
ishlash chuqurligining nolinchi qiymatiga to‗g‗ri keladi. 
Neftni zamonaviy qayta ishlashda NQIZlarni ikki turga (QIChning 
cheklovchi chegaralarini ko‗rsatmagan holda) ajratish qabul qilingan: neftni 
chuqur va chuqur bo‗lmagan qayta ishlovchi. Bunday klassifikatsiyalash 
yetarlicha informativ emas, ayniqsa neftni chuqur qayta ishlovchi turdagi 
NQIZlarga nisbatan: uning tarkibiga aynan qaysi ikkilamchi jarayon kirishi 
noma‘lum. 
Neftni qayta ishlashni chuqurlashtirish usuliga ko‗ra neftni qayta ishlash 
zavodiga qo‗yidagi ta‘rifni berish mumkin: NQIZ - neftning distillyat 
fraksiyalarini, va qoldiq konsentratsiyalarini (mazut, gudron, chuqur vakuumli 
haydaladigan og‗ir gudron, asfalt, koks va x.k.largacha) ajratib olish, tarkibini 
yaxshilash va fizik-kimyoviy ishlov berish ketma-ket (bosqichma-bosqich) 


609 
amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar jamlanmasidir. Ushbu belgilariga 
ko‗ra NQIZlarni quyidagi to‗rt turga klassifikatsiyalash mumkin: 
1)
chuqur qayta ishlamaydigan NQIZ (NGP); 
2)
chuqurlashtirilgan qayta ishlovchi NQIZ (UPN); 
3)
chuqur qayta ishlovchi NQIZ (GPN); 
4)
qoldiqsiz qayta ishlovchi NQIZ (BOP). 
Turlihildagi NQIZlarda qayta ishlangan neftlardan foydalanishning 
samaradorliligi haqida. jadvalda keltirilgan
ma‘lumotlarga ko‗ra xulosa qilish mumkin. Qayta ishlanadigan neft 
xomashyosi 
sifati 
NQIZ 
texnologik 
tuzilishi 
va 
texnik-iqtisodiy 
ko‗rsatgichlariga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Oltingugurtli va yuqori oltingugurtli, ayniqsa ularni qaytai shlashda 
NQIZlarning tarkibni yaxshilovchi jarayonlarga boy bo‗lishini talab etuvchi 
smola-asfalten moddalari miqdori ko‗p bo‗lgan neftlarga nisbatan, kam 
oltingugurtli varantli aralashmalar potensiali yuqori bo‗lgan yengil neftlarni 
qayta ishlash osonroq va samaraliroq. Past navli neftlarni qayta ishlashdagi 
ortiqcha xarajatlar ularning past narxi bilan kompensatsiyalanishi kerak. 
Dizel yonilg‗isining benzinga (DT : B) nisbati ham NQIZlarning muhim 
ko‗rsatgichlaridan biridir. Chuqur qayta ishlamaydigan NQIZlarda bu nisbat 
tartibga solinmaydi va qayta ishlanadigan neft tarkibidagi bunday 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin