602
talab etmaydi. Ular bug‗lanish issiqlik uglevodorodlari bilan taqqoslaganda kam
zichlikka ega, va avtobenzinlar asosiy fraksiyalarining asosan detanatsion
barqarorligini oshiradi.
Efirlar orasida ishlab chiqarish resurslari bo‗yicha metil-tret-butil efir
(MTBE) eng istiqbolli hisoblanadi. Rossiyada ijobiy davlat sinovlari asosida
massasining 11% igacha MTBE tarkibli avtobenzinlarni ishlab chiqarish va
qo‗llashga ruxsat etilgan. MTBE ishlab chiqarish bo‗yicha qurilmalar bir qator
NQIZ larda G-43-107 kombinatsiyalashgan qurilmalar tarkibida katalitik
kreking gazlari bazalarida qurilgan.
MTBE larni benzinlarga qo‗shilganda uglerod oksidi, uglevodorodlar va
avtomobillarning chiqindi gazlarida politsiklik aromatik birikmalar miqdori
pasayadi. MTBE ning ba‘zi bir kamchiligi to‗yingan bug‗larning yuqori bosimi
bo‗lib, bug‗lanish bo‗yicha talablari (15.7- jadval) bilan bog‗liq ravishda yozgi
vaqtlarda uning qo‗llanilishiga ba‘zan qarshilik ko‗rsatadi.
MTBE antidetanatsion xossalariga ko‗ra etil-tret-butil efiri (ETBE) dan,
ekologik ta‘siri bo‗yicha esa — ETBE va tret-amilmetil efiri (TAME) dan ortda
qoladi. ETBE ishlab chiqarish muammosi etanol resurslari bilan bog‗liq bo‗lib,
u metanoldan qimmatroqdir.
TAME ni katalitik kreking mahsulotlari bazasida MTBE sintezi texnologiyasi
bo‗yicha olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: