Xalqora
tashkilotlar
tomonidan
parnik
gazlarini
chiqindilarini
kamaytirish yo‗llari tadqiqot qilish va iqtisodiy rivojlanishga o‗tish,
uglevodorod tarkibli yonilg‗i turlaridan kam miqdorda foydalanishga
qaramasdan ko‗pgina neft konlari orqali mlrd.m3 neftli gazlarni
yoqilayotganligi ma‘lum qilindi.
Har yili 170 – 180 mlrd. m
3
gaz yoqilayotganligi, shu gazning hajmi
Yevropa Ittifoqining uchdan bir qismini gaz bilan ta‘minlashi mumkin
ekanligiga baho berildi. Yoqish natijasida uglerod ikki oksidini chiqindilarining
hajmini kamaytirish mumkin bo‗lganda, xuddi shunga teng ravishda yo‗llardagi
70 million avtomobillar qisqargan va atrof muhitga zarrali ta‘sir etishlar ham
katta ko‗rsatgichga kamaytirilgan bo‗lardi.
585
Taqriban baholashga muvofiq ―O‗zbekneftgaz‖ Milliy xolding
kompaniyasining ―O‗zbekneftqazibchiqarish‖ kompaniyasiga qarashli konlarida
1,2 – 1,5 mlrd.m
3
ga yaqin hajmdagi gaz yoqilmoqda.
Bugungi kunda ―O‗zbekneftqazibchiqarish‖ kompaniyasi Buxoro – Xiva
neftgazlilik regionidagi neft konlaridagi neftli yo‗ldosh gazlarni utilizatsiya
qilish yo‗nalishi bo‗yicha aniq natijalarga erishgan: kompressor usulida
Ko‗kdumaloq konidagi yo‗ldosh gazlarni utilizatsiya qilish amalga
oshirilmoqda. Bir kunda gazni utilizatsiya qilish hajmi 11,5 mln.m
3
ni tashkil
qiladi. Shimoliy Sho‗rtan va Shakarbuloq konlaridagi ishlatish sxemalarini va
jihozlarni texnologik tarkibini o‗zgartirish hisobiga 850 ming.m
3
neftli gaz
utilizatsiya qilinmoqda.
―O‗zbekneftgaz‖ Milliy xolding kopaniyasi 2015 yil oxirida neftli
yo‗ldosh gazni utilizatsiya qilish ko‗rsatgichini 95% ga yetkazish mo‗ljallangan
edi va bu loyiha uchun 150 mln. dollar ajratilgan. Bugungi kunda ushbu reja
to‗liq amalga oshirilgan. ―Muborak gazni qayta ishlash zavodida‖ hamda
Qashqadaryo viloyatining past bosimli neft konlarining guruhlarida NYGni
utilizatsiya qilish uchun quvvati 900 mln.m
3
bo‗lgan ikkita SKS qurish amalga
oshirilgan.
Neftni qayta ishlash texnika va texnologiyaning bugungi holatida
mamlakatimiz NQIZlari faqatgina 500°С gacha qaynovchi (uning ~2/3 qismi)
neft distillyat fraksiyalarini motor yoqilg‗ilariga aylantirish imkoniga
ega.Neftning gudron shaklida qolgan uchdan bir qismi odatda qozonxona
yoqilg‗isi, bitum, neft yonilg‗ilari, koks xomashyosi va h.k. sifatida
foydalaniladi.
Uni chuqur va qoldiqsiz qayta ishlash uchun hozirgi kungacha bartaraf etib
bo‗lmas to‗siq bo‗lib kelayotgan muammolar, birinchidan, uglerodning ortiqligi
bilan, ikkinchidan, katalizatorlar uchun qaytmas zaxar bo‗lgan neft qoldig‗idagi
metallning yuqori qiymatidir.
Ma‘lumki, ayniqsa arlan turidagi og‗ir neftlar motor yoqilg‗isiga nisbatan
kam vodorodga (va ko‗p uglerodga) ega. O‗rtacha neft (G‗arbiy Sibir tovar
586
neftlari kabi) 86% uglerod, 12,7 vodorod i 1,3 geteroatomlardan (asosan
oltingugurt) tashkil topadi.Benzin va dizel yoqilg‗isida vodorod miqdori
(summar aromatiklar miqdori bilan 25%) mos ravishda massaning 14 va 13,3%
ni tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, neft qoldiqlarini chuqur qayta
ishlashning gidrokatalitik variantlari mamlakatimiz neftni qayta ishlash sanoati
uchun iqtisodiy va texnik istiqboldir. Gidrokatalitik jarayonlar (masalan,
gidrokreking) faqatgina deasfaltizatsiyalangan va demetallizatsiyalangan neft
qoldiqlarini yoki vakuumli va chuqur vakuumli kabi neftning yuqori qaynovchi
dstillyat fraksiyalarini chuqur qayta ishlash uchun foydalanilishi mumkin.
Jahon neftni qayta ishlash amaliyotida neft qoldiqlaridan ortiqcha
uglerodlarni yo‗qotish va dastlabki neft tarkibidagi vodorodlarni qayta
taqsimlashga asoslangan texnologik jarayonlar ustunlik qiladi. Vodorod balansi
bo‗yicha hisob-kitoblar shuni ko‗rsatadiki, motor yoqilg‗ilarini ishlab chiqarish
uchun o‗rtacha neftdan yuz foizli uglerodning 5,3%ni yoki 5,5 % uglerodni neft
koksi, katalizatordagi, adsorbentdagi yoki kontaktdagi koks ko‗rinishida olib
tashlash talab etiladi. Shunday qilib, o‗rtacha neftdan motor yoqilg‗isi
chiqishining chegarasi ~ 93% ni tashkil etadi.
Motor yoqilg‗ilari chiqishining haqiqiy miqdori qayta ishlanadigan
neftning sifati, birinchi navbatda uning element, fraksion va kimyoviy tarkibiga
bog‗liq bo‗ladi. Shuni anglash mumkinki, yengil neftlar va gazokondensatlarni
qayta ishlashda bu ko‗rsatgich 93% dan yuqori, oltingugurtli og‗ir va yuqori
oltingugurtli neftlarda (arlan nefti kabi) motor yoqilg‗ilarining chiqishi 90% dan
miqdorni tashkil qiladi.
Neftni qayta ishlashda eng katta qiyinchilik bu – katta kapital va
foydalanish xarajatlarni talab etuvchi, tarkibida yuqori qiymatda asfalt-smola
moddalari, metallar va geterobirikmalar bo‗lgan gudronlarni (vakuumli haydash
qoldiqlari, oxirgi yillarda esa chuqur vakuumli haydash qoldiqlarini)
kvalifikatsiyali qayta ishlash hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimiz va chet el
bir qator NQIZlarida gudronlarni chuqur bo‗lmagan qayta ishlab bitum, neft
yonilg‗isi va qozonxona yonilg‗isi kabi mahsulotlar olish bilan cheklaniladi.
587
Dunyo amaliyotida, ortiqcha uglerodni yo‗qotishga asoslangan,
gudronlarni chuqur kimyoviy qayta ishlash jarayonlaridan quyidagilar keng
tarqalgan:
1)
sekinlashgan kokslashish (СК), anodlar, qora va rangli metallurgiya uchun
grafitlangan elektrodlar, shuningdek motor yoqilg‗ilarining va uglevodorod
gazlarining past sifatli distillyat fraksiyalarini tayyorlash uchun uglerodli
xomashyo sifatida foydalaniluvchi, bo‗lakli neft kokslarini ishlab chiqarishga
mo‗ljallangan;
2)
termokontaktli kokslashish (TKK), qaynovchi qavatda uzluksiz kokslashish
jarayoni deb nomlanadi (chet elda – past qiymatli energetik yoqilg‗i sifatida
foydalaniluvchi, distillyat fraksiyalar, gazlar va kukunsimon koks olinadigan
– flyuid kreking);
3)
TKK ning keyinchalik kukunli koksni bug‗ kislorodli (havoli) gaz-
fikatsiyalanadigan kombinatsiyalangan jarayon (sintez-gazlar distillyatlaridan
boshqa mahsulotlar olinadigan ―Fleksikoking‖ jarayoni);
4)
neft
qoldiqlarini
quyidagi
nokatalitik
jarayonlar
orqali
dastlabki
deasfaltizatsiya va demetallizatsiya (DA va DM) qilinganidan keyingi, ularni
katalitik kreking yoki gidrokreking jarayonlari:
—
kam kokslanuvchi va metallar miqdori past bo‗lgan va qiyin
utilizatsiyalanadigan qoldiq – asfaltit olinadigan Solventli DA va DM
(YUOP firmasinig ―Demeks‖, ―Kerr-Makgi‖ firmasining ―Roze‖
jarayonlari va b.).
—
keyingi katalitik qayta ishlash uchun yaxshilangan xomashyo olinadigan
termoadsorbsion DA va DM jarayonlari (da APT, Yaponiyada NOT va
KKI, AKO, ZD va b. jarayonlar). AQSh
—
motor yoqilg‗ilarini sintez qilish uchun, vodorod, ammiak, metanol va
b.larni ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‗lgan energetik yoki texnologik
gazlar olinadigan og‗ir neft qoldiqlarini bug‗ kislorodli gazifikatsiya
qilishning past haroratli jarayonlari. Bu jarayonlar juda yuqori kapital va
foydalanish xarajatlar bilan tavsiflanadi.
588
Sekinlashgan kokslashishdan tashqari, yuqorida sanab o‗tilgan
jarayonlar, Rossiyaning neftni qayta ishlash sanoati qurilishi va
rivojlantirish yaqin istiqbolli davlat dasturlarida ko‗zda tutilmagan. Ayni
vaqtda mamlakatning ko‗pchilik NQIZlarida istiqbolsiz visbreking
jarayoni qurilishlari amalga oshirilmoqda. Qayd etish kerakki, bu
jarayonlarda gudronning ortiqcha uglerodini olib tashlash amalga
oshirilmaydi,
faqatgina
qozonxona yoqilg‗isini olishda distillyat
suyultirgichi xarajatini bir muncha kamaytirishga imkon beruvchi, qoldiq
qovushqoqligini oz miqdorda pasaytirishgina amalga oshiriladi.
Og‗ir neft qoldiqlarini motor yoqilg‗ilariga qoldiqsiz qayta ishlash uchun,
kitob mualliflarinig fikricha, krekingning yuqori haroratlarida va yaxshilash va
katalitik qayta ishlashga yo‗naltiriladigan distillyat yarim mahsulot olinuvchi
regenerator-qozonxonalar va reaktorlarning yangi avlodlari ichida arzon tabiiy
adsorbent yuzasida kam kontakt vaqtida bajariladigan termokontakt jarayonlari
eng maqbul hisoblanadi.
Ushbu texnik jihatdan oson amalga oshiriladigan jarayonning mohiyati,
aniq dispersiyalangan neft xomashyosining arzon tabiiy adsorbent bilan siklon
turidagi reaktorda 510-530°С haroratda qisqa vaqtli kontakti (soniyalar
ulushida) sharoitida, kokslangan adsorbentni keyingi oksidlab regeneratsiya
qilinishi bilan erishiladigan yuqori intensivligidadir.
Reaktorda yengil (ekspress) konversiya, demetallizatsiya va keyinchalik
motor yoqilg‗isini katalitik (katalitik kreking yoki gidrokreking jarayonlari
bilan) qayta ishlash uchun yo‗naltiriladigan asosan gazoyl distillyati hosil
qilinadigan xomashyoni ortiqcha krekingsiz qisman dekarbonizatsiyalash
amalga oshiriladi.
Taklif etilayotgan jarayon istalgan og‗ir neft qoldiqlar yoki bitumli
neftlarni ularning kokslilik, oltingugurt va metall miqdori bo‗yicha sifatiga
cheklanmagan talablar bilan qoldiqsiz ekologik xavfsiz qayta ishlashni amalga
oshirish imkonini beradi.
TNO metallari (nikel‘, vanadiy i b.) so‗riladigan kontakt adsorbenti sifatida,
589
chang ko‗rinishidagi va kukun shaklidagi tabiiy rudali va rudasiz metallar va
ularni qayta ishlash chiqindilari (temir ruda konsentrati, kolchedanning yoqilgan
qoldig‗i, yongan tog‗ jinsi, kaolin) qo‗llaniladi. Kontaktda ishlatilgan qismi
reaktor va regenerator orasidagi sirkulyatsiya tizimidan uzluksiz ravishda
chiqarib turiladi.
Dostları ilə paylaş: |