―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Neftni qayta ishlashda texnologiyalarni ekologik muvofiqlashtirish



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
15.8. Neftni qayta ishlashda texnologiyalarni ekologik muvofiqlashtirish 
muammolari
Yoqilg‗i energetika majmuasi sanoat korxonalari, shu jumladan kimyoviy, 
neftni qayta ishlash va neftkimyo sanoati, shuningdek avtomobil transportlari 
hozirgi vaqtda tabiatni: atmosfera, tuproq, suv omborlari va dengizlarni 
ifloslantiruvchi eng katta manbalardan biri hisoblanadi.
Barcha ifloslantiruvchilarni tabiatga ta‘sir qilish xarakteriga ko‗ra 
kimyoviy, mexanik, issiqlik, biologik, akustik (shovqinli), elektromagnitli va 
radioaktiv; fizik holatiga ko‗ra – gaz, suyuq, qattiq; kelib chiqishiga ko‗ra – 
tabiiy va antropogen bo‗linadi. 
Atmosferaning ifloslanishi. 
Antropogen atmosfera ifloslantiruvchilari 
manbalariga ko‗ra bir necha guruhlarga bo‗linadi: 
Avtomobillarning chiqindi gazlari bilan bog‗liq bo‗lgan, transport 
ifloslantiruvchilar. Ular uglerod oksidi, oltingugrt, azot, uglevodorodlar, 
kanserogen politsiklik uglevodorodlar va ulardan eng faoli 3,4-benzpiren, 
qurum, shuningdek qo‗rg‗oshin, xlor, bromli kuchli zaxarli mahsulotlardan 
tashkil topgan. Uglerod, oltingugurt va azot oksidlari o‗z navbatida havoning 
namligi bilan ta‘sirlashib ―kislotali yomg‗ir‖ deb nomlanuvchi ikkilamchi 
ifloslanishni keltirib chiqaradi. Qurum zarralari benzopiren uchun yaxshi 
adsorbent bo‗lganligi sababli kanserogendir. 
Chiqindi gazlarning zararli ta‘siri atmosferaning yer usti qobig‗iga tushib, 
tuproqqa cho‗kadi va o‗simliklarda konsentratsiyalangach (masalan, 1 kg quruq 
biomassada qo‗rg‗oshin miqdori 50 mg), so‗ngra ular hayvonlar va inson 
organizmiga tushadi va kanserogen kasalliklarning qo‗zg‗atuvchisiga aylanadi. 


616 
Transport 
ifloslantiruvchilarining 
atmosferaga 
chiqarilayotgan 
miqdori 
avtomobil parki soni va tuzilishiga, avtomobillar va dvigatellarning texnik 
holatiga, dvigatel holatiga va ishlatiladigan yoqilg‗i turiga, shuningdek uning 
ekspluatatsiya sharoitlariga bog‗liq. 
Quyida turli xildagi dvigatellar uchun asosiy zaxarli komponentlar 
chiqarilishining nisbiy solishtirma ko‗rsatgichlari keltirilgan: 
Agarda bitta yuk avtomobili yiliga o‗rtacha 3 t zararli moddalarni 
chiqarishini hisobga olinsa, hisoblash qiyin emaski, har bir yilda avtomobil 
ifloslantiruvchilarining atmosferaga chiqishi 2,5 mlrd tonnadan ko‗proqni 
tashkil etadi va avtomobil transportining tabiatni ifloslantirishdagi asosiy manba 
sifatidagi roli uzluksiz oshib boradi. 
Hozirgi kunda avtomobil transportining atrof muhitni ifloslantirishdagi 
ulushi bir qator shaharlarda 30 - 40%, katta shaharlarda – 60 % gacha, 
dunyoning katta shaharlarida esa uglerod oksidi bo‗yicha 90 % ni tashkil etadi. 
Ular ham transport ifloslantiruvchilari kabi tarkibdan, shuningdek, ko‗mir, 
zol, va h.k. zarralardan tashkil topadi. Bu ifloslantiruvchi moddalarning tabiati 
yoqilg‗i turiga, yonish turiga, ish rejimi va likopchalar rostlanishiga bog‗liq 
holda o‗zgarib turadi. IES ning barcha atmosfera ifloslantiruvchilari ichidan eng 
xavflilari o‗simlik olamiga kuchli zarar keltiruvchi va qurilma va inshootlarning 
korroziyasini keltirib chiqaruvchi oltingugurt va azot oksidlaridir. IES larning 
gazda, mazutda va ko‗mirda bir hil quvvatda ishlaganida chiqariladigan 
oltingugurt miqdori 1 : 4,5 : 11,5 nisbatda bo‗ladi. IES uchun eng ekologik toza 
yoqilg‗i bu tabiiy gazdir. 
Tabiatga uglerod, azot va oltingugurt oksidlaridan kam bo‗lmagan zararni 
IES larning issiqxona effekti deb nomlanuvchi ta‘sirni keltirib chiqaruvchi 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin