622
masalan neft gazlari va tabiiy gazlar, kislorod saqlovchi ugehlevodorodlar
(spirtlar, efirlar) va vodoroddan olinadigan yangi ekologik toza mahsulotlardan
foydalanish. Avtotransportlarning bir qismini al‘ternativ yoqilg‗ilarga
o‗tkazishga, dunyoning ko‗plab mamlakatlarida, avtomobillarning zararli
chiqindilarini
kamaytirishning,
katta
shaharlarning
havo
basseynini
sog‗lomlashtirishning va bir vaqtning o‗zida motor yoqilg‗ilari resurslarini
sezilarli kengaytirishga imkon beruvchi radikal chorasi sifatida qaraladi.
Jahonning ayni vaqtda faqatgina gaz yoqilg‗isida ishlovchi avtomobil parki 5,5
mln birlikdan oshdi va juda tez sur‘atlar bilan o‗sib bormoqda.
Bundan tashqari, atrof muhitning sog‗lomlashishi shuningdek mobil‘
texnikalarning konstruktiv takomillashishi va ekologik toza bo‗lishiga yordam
beradi. Shunday qilib, bu avtotransportlarda qo‗llanilishi shuni bildiradiki:
-dizellashtirish, ya‘ni benzinli avtomobillarga nisbatan dizellardan
ko‗proq foydalanish;
-elektromobillarni takomillashtirish
-transport vositalarining og‗irligini kamaytirish (kichik va juda kichik
klassdagi avtomobillar, mini-traktorlarni ko‗proq chiqarish), po‗latlar o‗rniga
yengil sintetik materiallarni qo‗llash, kichik aerodinamik qarshilikka ega
bo‗lgan kuzovlarni qo‗llash va h.k. lar hisobiga ularning yoqilg‗i tejamkorligini
oshirish.
-dvigatellar konstruksiyasini takomillashtirish va yonish jarayonini
yaxshilash hisobiga transport vositalarining zararini kamaytirish (turbonadduvli,
forkamerli dvigatellar, Stirling kam zaxarli dvigateli, kam yuklamalarda
silindrlar bir qismi uchuvchi dvigatellar, ikki yonilg‗ili dvigatellar, katalitik
yoquvchilar yoki chiqindi gazlarning neytrallashtiruvchilarini, elektron
yoquvchilarni o‗rnatish, kompyuterlardan foydalanish va h.k.).
Dostları ilə paylaş: