Avtomobilning umumiy tuzilishi



Yüklə 497,3 Kb.
səhifə1/17
tarix17.04.2023
ölçüsü497,3 Kb.
#99531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Avtomobilning umumiy tuzilishi


AVTOMOBILNING UMUMIY TUZILISHI
AVTOMOBILLARNING TASNIF1 (KLASSIFIKATSIYASI) VA TEXNIKAV1Y TAVSIFI (XARAKTERIST1KAS1)
Avtomobillar hamda avtomobil transportida foydalaniladigan tirkama vositalari birgalikda harakatlanuvchi avtomobillar tizimini hosil qiladi. Bu tizim vazifasiga ko‘ra maxsus, yuk tashuvchi va yo‘Iovchi tashuvchi qismlarga bo‘linadi. Yuk tashuvchilarga yuk avtomobillari, shatakchi, tirkama va yarim tirkama avtomobillar; yo'lovchi tashuvchilarga - yengil avtomobillar, avtobuslar, tirkama va yarim tirkama avtomobillar; maxsus tarkibga maxsus jihozlangan, transport ishlariga mo‘ljallangan avtomobillar, tirkama va yarim tirkama avtomobillar kiradi (o‘t o‘chiruvchi, avtokranlar va boshqalar).
Yuk tashishga mo‘ljallangan harakatlanuvchi tarkib, foydalanish holatiga ko‘ra umumiy va ixtisoslashtirilgan guruhlarga boMinadi. Umumiy guruhga kiruvchi yuk avtomobillarining kuzovi tashlama devorli (bortli) platforma shaklida bo'ladi. Ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari kuzovi esa faqat ma'lum yuklarni tashishga moslashtirilgandir (samosval, furgon-, sisterna va boshqalar). Yuk avtomobillari ruxsat etilgan maksimal massasi bo'yicha yettita klassga bo‘linadi: 1,2 tonnagacha; 1,3 - 2,0; 2,1 - 8,0; 9,0 - 14; 15 - 20; 21 - 40; 40 tonnadan yuqori.
Sochiluvchan (qovushqoq) yuklarni tashishga moslashtirilib, o‘zi ag daradigan kuzov bilan jihozlangan yuk avtomobillari samosval- avtomobillar deb, tirkama yoki yarim tirkamalarni sudrab yurishga moslashtirilganlari esa shatakchi-avtomobillar deb ataladi. Agar avtomobil yoki shatakchi-avtomobil yolg‘iz o‘zi bir yoki bir necha tirkamalarni sudrasa, bunday transport vositalari tizimi avtopoyezd deb ataladi.
Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmiga ko‘ra quyidagi turkumlarga bo'linadi: juda kichik (1,2 l.gacha), kichik (1,3-1,8 I), o’rtacha (1,9-3,5 1), katta (3,5 l.dan katta), juda katta (chegaralanmagan)
Avtobuslar yo'lovchi tashuvchi avtomobillar tarkibiga kirib, sakkizta va undan ortiq o‘rindiqqa ega bo'ladi. Uzunligiga qarab avtobuslar: juda kichik (5 m. gacha), kichik (6,0-7,5 m), o'rtacha (8,0-9,5 m), katta (10,5-12 m), juda katta (qo'shaloq) (16,5 m va undan uzun) bo'lgan turkumlarga ajratiladi.
Avtomobillarning barcha turlari esa har xil yo'IIarda harakatlanish xususiyatiga qarab ikki guruhga bolinadi: tabiiy (normal) o‘tuvchan- likka ega va o'tuvchanligi yuqori bolgan avtomobillar. Birinchi guruhga kiruvchilar qatnov uchun moslashtirilgan yo'llarga mo'ljallangan bo'lib, bitta yetaklovchi most - (most-avtomobil shassisining o'qlar o'rnatilgan qismi) ko‘prikka ega. Ikkinchi guruhdagilar esa o‘ta qiyin yollardan ham yura oladigan avtomobillardir. Ular yo‘l bo'lmagan joylarda ham harakatlana oladi. Bu avtomobillarning barcha g'ildiraklari yetaklovchi- dir.
Avtomobillarni yuqoridagi belgilariga qarab farqlash uchun g'ildirak formulasi deb ataluvchi parametrdan (kattalikdan) foydalaniladi Bu parametr avtomobil g'ildiraklarining umumiy miqdorini hamda yetaklovchi g'ildiraklar sonini ifodalaydi va ko'paytma ko'rinishida yoziladi, ya’ni 4x2, 4x4, 6x4, 6x6 va h.k. Bu yerda birinchisi g‘ildiraklarning umumiy miqdorini, ikkinchisi esa yetaklovchi g'ildiraklar miqdorini bildiradi. Yuqoridagi 4x4, 6x6 belgilashlar o‘ta qiyin yo'llardan ham yura oladigan avtomobillarga taalluqlidir.
Har bir avtomobil zavodi avtomobilning asosiy (bazaviy) modelini hamda undan ayrim ko'rsatkichlari va konstruksiyalari bilan farq qiladigan modifikatsiyalarini ishlab chiqaradi. 1966-yilgacha avtomobil modelini belgilashda zavodni ifodalovchi harflardan va modelga berilgan raqamlardan foydalanilgan. Misol uchun, ЗИЛ-130 yozuvi quyidagilarni ifodalagan: Lixachev nomli zavod, 130-ishlab chiqarilgan model raqami. Barcha zavodlarga modellami belgilash uchun raqamlar guruhi ajratilgan edi. Gorkiy avtomobil zavodiga ( ГАЗ) 99 gacha bo‘lgan raqamlar, 3HJTga esa 100 dan 199 gacha bo’lgan raqamlar berilgan va h.k. Lekin, zavodlar va ishlab chiqarilayotgan modellar raqamining ortishi bilan bu belgilashlar davr talablarini qanoatlantirmay qo'ydi. Natijada harakatlanuvchi tarkibni belgilash uchun yangi tizim (indeksatsiya) muomalaga kiritildi
Ushbu belgilash tizimi ham oldingiga o‘xshash bo'lib, zavod nomini ifodalovchi harflardan va to'rtta yoki beshta raqamdan iborat. Birinchi raqam avtomobil sinfini, ikkinchisi avtomobil turini, uchinchi va to’rtinchisi model raqamini. beshinchi raqam esa (agar qo'yilgan bolsa) modifikatsiyaning tartib raqamini ifodalaydi.
Ikkinchi raqam, avtomobillami vazifasiga ko‘ra yoki ixtisoslashti- rilganligiga qarab ajratish imkonini beradi: 1 - yengil avtomobillar, 2 - avtobuslar, 3 - yuk avtomobillari, 4 - egarsimon shatakchilar, 5 - samosvallar, 6 sisternalar, 7 - furgonlar, 8 zaxira (rezerv), 9 - maxsus avtomobillar. Dastlabki ikki raqam (indeks) bo'yicha avtomobillami belgilash tizimi quyidagi umumiy ko‘rinishga ega:

Yuk avtomobillari

Ruxsat etilgan eng yuqori (maksimal) massa, t.

1,2

1,3-2

2,1-8

9-14

15-20

21-40

>40

Avtomobillar indeksi: bortli platforma

13

23

33

43

53

63

73

shatakchi

14

24

34

44

54

64

74

samosval

15

25

35

45

55

65

75

Yengil avtomobillar

Dvigatelning ish hajmi, I.

<1,2

1,3-1,8

1,9-3,

>3,5

Indeks

11

21

31

41

Avtohuslar

Uzunligi, m.

<5

6-7,5

8-9,5

10,5-12,0

>16,5

Indeks

22

32

42

52

62






Indeksatsiyalashning yangi tizimi bo‘yicha avtomobillami belgilanishiga oid misollarni ko‘rib chiqamiz: Kamsk avtomobil zavodining bortli avtomobili, ruxsat etilgan eng yuqori massasi 15184 kg, yigirmanchi model КамАЗ-5320; Gorkiy avtozavodining yengil avtomobili dvigateiining ish hajmi 2,445 1, ikkinchi model - ГАЗ- 3102; Pavlov avtozavodining avtobusi, uzunligi 7,15 m, birinchi model - ПАЗ- 3201.
Avtomobilning texnikaviy tavsifi. Avtomobilga zavod tomonidan ilova etiladigan ko'rsatmada uning texnikaviy tavsifiga doir ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlar quyidagi asosiy ko'rsatkichlardan iborat bo‘ladi: g'ildirak formulasi; tonna (kg) bilan ifodafangan nominal yuk ko'tarish qobiliyati yoki o’rinlar soni; tonna (kg) bilan ifodalangan ruxsat etilgan eng yuqori massa; m (mm) bilan ifodalangan gabarit o'lchamlari; dvigatel turi va uning modeli; to‘la yuk bilan eng katta tezligi (km/s); 100 km. ga yonilg‘i sarfi (I).
Aytib o'tilgan ko‘rsatkichlardan tashqari, texnikaviy tavsifnomada (I.l-jadvaJ) dvigatel va uningtizimi, transmissiya, g'ildiraklar va osmalar, boshqarish tizimi, elektr jihozlar, kabina, kuzov, qo'shimcha jihozlar, yonilg‘i idishining (bakining) hajmi hamda rostlash va nazorat qiiish to‘g‘risida ham qisqacha ma’lumotlar keltiriladi.

I. I-jadval
Ayrim asosiy avtomohillarning qisqacha texnikaviy tavsifnomasi

Ko'rsatkichlar

Avtomobil modeli (nusxasi)

ГАЗ-24

ПАЗ-3201

зил-по

КамАЗ-5320

Yuk ko‘tarish qcbiliyati yoki o'rinlarsoni

5-6

26

6t

8l

Ruxsat etilgan eng yuqori massa, kg.

1820

7155

9525

15184

Dvigaiel turi

Karbyur.

Karbyur.

Karbyur.

Dizel

Dvigatel modeli

3M3-24

3M3-672

ЗИЛ-130

КамАЗ-740

Silindrlar soni va joylashish tartibi

4 qator

8, V simon

Silindrlarning ish hajmi, 1.

2,445

4,25

6,0

10,85

Dvigatelning eng katta samarali quvvati, KW (o.k.)

70 (95)

84.6(115)

110(150)

154,4(210)

Avtomcbilning eng katta tezligi, km/soat

145

80

90

85

1.2. AVTOMOBILNING ASOSIY AGRECATLAR1





Нагqanday avtomobil konstruksiyasida uch asosiy qismni ajratish mumkin: dvigatel, shassi va kuzov.
Dvigatel yongan yonilg'ining issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradi.
Avtomobil shassisi aylantiruvchi lahzani (momentni) dvigateldan yetaklovchi g‘ildiraklarga uzatuvchi mexanizmlarni bir butun qilib birlashtiradi hamda dvigatel, kuzov, g‘ildiraklar va ko'priklarni, osmalar va boshqarish tizimlarini joylashtirish uchun asos bollib xizmat qiladi. Shassi tarkibiga uch turkum mexanizmlar kiradi: transmissiya, yurish qismi va boshqarish mexanizmlari.
Avtomobil transmissiyasi aylantiruvchi lahzani bir zumda o'zgartirgan holda dvigateldan yetaklovchi g’ildiraklarga uzatib beradi.







Yüklə 497,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin