Avtomobilning umumiy tuzilishi


AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH



Yüklə 497,3 Kb.
səhifə7/17
tarix17.04.2023
ölçüsü497,3 Kb.
#99531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Avtomobilning umumiy tuzilishi

AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT
KO‘RSATISH

TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH TURLARI VA TARTJBI
Avtomobillarning soz Tiolati va tashqi ko'rinishini saqlashga. rejali- ogohlantirish tizimi ko'rsatmalari asosida texnik xizmat ko'rsatish va ta’mirlash isblarini bajarish bilan erishiladi. Bu tizimning mazmuni shundaki, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish profilaktik tadbir bo'lib, malum bir yurish masofasidan so'ng rejali tartibda, majburiy ravishda o'tkaziladi. Ta’mirlash ishlari avtotransport korxonasida (ATK) ehtiyoji bo'yicha, ya’ni biror buzilish yoki nosozlik sodir bo'lgandan so'ng bajariladi.
Texnik xizmat ko'rsatish ishlari quyidagi turlarga bo'linadi: kundalik xizmat ko'rsatish (KXK); birinchi texnik xizmat ko'rsatish (J-TXK); ikkinchi texnik xizmat ko'rsatish (2-TXK); mavsumiy xizmat ko'rsatish (MXK).
Avtomobillarni ta’mirlash joriy ta’mirlash (JT) va asosiy ta'mirlashga (AT) bo'linadi (uchinchi bo'lim, 30.2-mavzuga qarang).
Kundalik xizmat ko'rsatish (KXK) - tozalash-yuvish, nazorat-ko'rik. to'ldirish va boshqa ish turlarini o'z ichiga oladi. Ular avtomobillarni ishga tayyorlashda, smena boshlanishidan avval va smena tugagandan so'ng o'tkaziladi. KXK ishlari ish tartibiga ko'ra smena davomida ham, tanaffus paytida ham bajarilishi mumkin.
Nazorat-ko'rik ishlari avtomobil holatini va uning yaxlitligini; kuzovning holatini, orqaning ko'rish oynasini; raqam belgilarini, kapot va yukxona berkitgichlarini; nazorat-o'lchov asboblarini; daraklash va yoritish asboblarini; oyna tozalagichlarni, peshoynaning yuvish qurilmasi qanday ishlashini; sovitish, moylash, ta’minlash va tormozlarni gidravlik yuritmalari tizimlarining germetikligini; rul chambaragi lyuftini tekshirishdan iborat.
KXKning nazorat-ko'rik va to'ldirish ishlarini haydovchi ishga chiqishdan oldin va ATKga qaytgandan so'ng bajadadi. Tozalash-yuvish ishlarini Iczalovchi va yuvuvchilar bajaradi. Yo'lda smena almashganda haydovchilar birgalikda avtomobilning texnik holatini ko'rib chiqadilar va tekshiradilar.

Yüklə 497,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin