Dvigatelning umumiy tuzilishi. Dvigatet silindr (5) va ostki qismidan poddon (9) bilan yopilgan karterdan (6) iborat (1.3-chizma.a). Silindr ichida kompressionli (zichlovchi) halqalari (2) ho‘lgan. tuhi yuqoriga qaragan stakan shaklidagi porshen (4) harakatlanadi. Porshen, porshen
P( HN
•) b) I.3-chizma. Porshenli ichki yonuv dvigatelining tuzilishi:
o-bo'ylama ko'nnish; й-ka'ndalang ko'rimsh; У-silindrkallagi, 2-halqa; j barmoq; 4- porshen, J-silindr;
6-karter; 7-maxovik, £-tirsakli val; 9- poddon; /0-jag‘, O-shatun bo'ytii; /Z-o'zak podshtpnigi, 13-o'zak
ho'yni; /4-shaiun; /5,/7-klapanlar; /d-fonsunka (yoki svecha) barmogi (3) va shatun (14) orqali karterda joylashgan o‘zak podship- niklarda aylanuvchi tirsakli val (8) bilan bogMangan. Tirsakli val o‘zak bo'yinlari (13), jag'lar (10) va shatun bcTynidan (11) iborat. Silindr, porshen, shatun va tirsakli val birgalikda krivoship-shatun mexanizmini tashkil etadi (1.3-chizma, a). Bu mexanizm porshenning ilgarilanma- qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi. Silindr (5) yuqori tomondan silindr kallagi (1) bilan berkitilgan bo‘ladi. Bu kallakda klapanlar (15, 17) o'rnatilgan bo'lib, ularning ochilishi hamda yopilishi tirsakli valning aylanishiga, binobarin, porshenning harakatiga aynan mos tushadi. Porshenning harakati ikki chetki vaziyat, ya’ni porshenning tezligi nolga teng bo‘lgan vaziyat bilan chegaralanadi. Bu chegaralar porshenning tirsakli valdan eng uzoqlashgan holatiga mos keluvchi yuqorigi chekka nuqta (YCHN) va porshenning valga eng yaqinlashgan holatiga mos keluvchi pastki chekka nuqta (PCHN) (1.3-chizma, b) hisoblanadi. Porshenning chekka nuqtalarda to'xtamay harakatlanishini, sal- moqli gardishga ega bo'Igan, disk shaklidagi maxovik (7) ta’minlab beradi. Chekka nuqtalar orasidagi porshen bosib o'tadigan masofa S porshen yo‘li deb, o‘zak bo‘yni va shatun bo'yni o‘qlari orasidagi masofa R esa krivoship radiusi deb ataladi (1.3-chizma, b). Porshen yo'li krivoship radiusining ikkilanganligiga tengdir: S=2R. Porshenning bir marta yurishiga to‘g‘ri kelgan hajmi silindrning ishchi hajmi (litraj) deyiladi: Vh~(n/4)d2S. YCHN vaziyatida turgan porshenning yuqorisidagi hajm Vs yonish kamerasining (siqilishning) hajmini tashkil qiladi. Silindrning ishchi hajmi va yonish kamerasining hajmi qo'shilib, silindrning tola Va hajmini ifodalaydi: Vu= Vh +V\ Silindr to'la hajmini yonish kamerasining hajmiga nisbati e siqish darajasi deb ataladi: e=V /V Si- qish darajasi ichki yonuv dvigatelining muhim kattaligi (parametri) hisoblanadi. Chunki uning qiymati dvigatelning tejamkorligiga va quvvatiga katta ta’sir ko'rsatadi. Ishlash prinsipi. Porshenli ichki yonuv dvigatelining ishlashi, porshen YCHN dan PCHN ga tomon harakatlanganda qizigan gazlarning kengayishi jarayonida bajargan ishiga asoslangan. YCHN vaziyatida gazlarning qizishiga havo bilan aralashgan yonilg'ining yonishi natijasida erishiladi Bu paytda gazlarning bosimi va harorati keskin ortib ketadi. Porshen ostidagi hosim atmosfera bosimiga teng silindrdagi bosim esa undan ancha katta bo‘ladi. Mana shu bosimlar farqi hisobiga porshen pastga tomon harakatlana boshlaydi, gazlar esa kengayih foydali ish bajaradi. Kengaygan gazlarning bajargan ishi, krivoship-shatun mexanizmi vositasida tirsakli valga, undan esa transmissiya va avtomobil g‘ildiraklariga uzatiladi. Dvigatel uzluksiz holda mexanik energiya ishlab chiqarishi uchun silindr, davriy ravishda havo va yonilg'i yoki ular aralashmasidan kerakli miqdorda to'ldirib turilishi zarur. Havoni kiritish klapani (15), yonilg‘ini forsunka (16) (1.3-chizma) yordamida yoki aralashmani kiritish klapani orqali silindrga kiritiladi. Yongan gazlar kengayib bo'lgandan so‘ng chiqarish klapani (17) orqali silindrdan tashqariga chiqarib yuboriladi. Bu vazifalarning barchasini klapanlarning ochilishi va yopilishini boshqarib turuvchi gaz taqsimlash mexanizmi (3-bobga qarang) hamda yonilg'i bilan ta’minlash tizimi (6,7,8-boblarga qarang) amalga oshiradi.