Avtomobilning umumiy tuzilishi



Yüklə 497,3 Kb.
səhifə2/17
tarix17.04.2023
ölçüsü497,3 Kb.
#99531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Avtomobilning umumiy tuzilishi

1.1-chizjna. Yuk avtomobilining dvigateli va shassisi:
/-dvigatel; 2-ilamsha; J uzai malar qurisi; 4-ml boshqantiasic .5-kardanli uzatma; б-orqa staklovchi (mos!) ko'prik; 7-rama: 5 rcssor: 9-g ildirak;
G'ildirak formulasi 4x2 va orqa g'ildiraklari yetaklovchi boigan ikki o'qli avtomobilning transmissiyasi (1.1 va 1 2-chizma) ilashma, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, differensial va yarim o'qlardan iborat bo'ladi. Transmissiyaning sanah o'tilgan oxirgi uchta dementi konstruktiv jihatdan orqa ko'prik karterida joylashgan bo'lib, alohida agregatni tashkil etadi.
Avtomobilning yurish qismi arava ko‘rinishida ho‘lib, u o'zida ramani, oldingi va orqa ko'priklarni, osmalar va g'ildiraklarni mujassamlashtiradi. Rama yurish qismining barcha elementlarini mahkamlash uchun asos bo'ladi. Yengi! avtomobillarda bu vazifani kuzovning o'zi bajaradi
Bnshqarish mexanizmlari rul boshqarmasi va tormoz tizimidan iboratdir. Rul boshqarmasi oldingi g'ildiraklarni kerakli burchakka burib, avtomobilning harakatlanish yo'nalishini o'zgartirish uchun xizmat qilsa, tormoz tizimi esa avtomobilning tezligini kamaytirish, uni to'xtatish va o'z o'rnida tutib turish kabi vazifalarni bajaradi.
Avtomobil kuzovi haydovchi va yo'lovchilarni hamda yuklarni joylashtirishga mo'ljallangan. Yuk avtomobillarining kuzovi kabina va yuk platformasidan iborat. Yengil avtomobillar kuzovi bir vaqtning o'zida yo'lovchilar va yuklarni joylashtirishga hamda dvigatel, transmissiya agregatlari, yurish qismi va boshqaruv mexanizmlarini mahkamlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi.


1.2-chizma.
Yengil avtomobil:
/-dvigatel; 2-kuzov; j-yonilg i haki; 4-orqa ressor; 5-orqa yetaklovchi koprik; kardanli uzatma; 7-uzai malar qutisi; «9-ilashma muftasi; 9-amonizator;




Avtomobilning uch asosiy qismini o‘zaro joylashuviga qarab: avtobus, yengil va yuk avtomobillari turli xil kompanovkali bo'ladi. Yuk avtomobillarining barcha kompanovkalarida dvigatel va haydovchi kabinasining bir-biriga nisbatan joylashishi alohida ajralib turadi. Hozirgi paytda kapotli va kapotsiz kompanovkalar ko‘p tarqalgan.
Kapotli (an’anaviy) kompanovka (ЗИЛ-130 avtomobili) avtoza- vodlarda uzoq yillardan beri qo'llanib kelinmoqda. So‘nggi yillarda bu xildagi kompanovkaning asosiy kamchiliklari, ya’ni haydovchi uchun atrofni ko'rishning yomonligi va massaning o’qlarga notekis taqsim- langanligi namoyon boMmoqda. Dvigatel qisman yoki to‘la haydovchi kabinasiga joylashtirilgan kapotsiz kompanovkaga nisbatan samarasiz hisoblanadi (MA3 va КамАЗavtomobillari), chunki massaning o'qlarga taqsimlanishi va haydovchining atrofni ko'rishi yaxshilanadi, ammo dvigatelga xizmat ko‘rsatish qiyinlashadi.
Yengil avtomobillarning kompanovkalarida asosan, dvigatelning oldinda yoki orqada joylashganligi hamda oldingi yoki orqa g‘ildiraklarni yetaklovchi bo'lganligi ajralib turadi. Dvigatel kuzovning old qismida joylashtirilib, orqa g'ildiraklari yetaklovchi boMgan kompanovka klassik kompanovka hisoblanadi hamda orqa yuritmali kompanovka deyiladi. МДНmamlakatlarida ishlab chiqarilgan deyarli barcha avtomobillar (ЗАЗ-968 M avtomobilidan tashqari) shunday kompanovkada tayyorlangan bo‘lsa-da, shu kunlarda old yuritmali kompanovkalar keng ommalashmoqda. Bunday kompanovkalarda ham dvigatel kuzovning old qismida joylashtiriladi, ammo boshqariladigan oldingi g'ildiraklar yetaklovchi bo'ladi. Old yuritmali kompanovkaning asosiy afzalligi shundaki, bunday kompanovka yordamida avtomobil massasini qariyb 10 foizga kamaytirish hamda dvigatelni, transmissiya agregatlarini va yolovchilar o‘rindiqlarini qulay joylashtirish imkoniyati tug'iladi. Bu kompanovkaning kamchiligiga to‘xtalib, boshqariladigan oldingi g'ildiraklarga harakatni uzatuvchi mexanizmlar konstruksiyasining texnoiogik jihatdan murakkab ekanligini aytib o'tish mumkin.
Avtobuslar uch xil kompanovkada tayyorlanadi: dvigatel old qismda joylashgan, dvigatel orqada joylashgan hamda dvigatel pol ostida joylashgan holda. Har bir kompanoka o'zining afzalliklariga va kamchiliklariga ega. Shuning uchun avtobusni qanday kompanovkada tayyorlash - uning vazifasi, ishlab chiqarish texnologiyasi va boshqa omillariga qarab tanlanadi. Masalan, salonda yo'lovchilar uchun maksimal o'rinlar soniga erishish nuqtayi nazaridan yondashilsa, yuqorida aytib o‘tilgan uchinchi kompanovka ko'proq qo‘l keladi. Ammo dvigatelning bunday joylashtirilishi avtobus konstruksiyasiga nisbatan bir qator talablarni ham keltirib chiqaradi.
Odatda zamonaviy avtomobillarda porshenli ichki yonuv dvigatellari qo'IIaniladi. Bulardan tashqari, ahyon-ahyonda rotor-porshenli va gaz - turbinali dvigatellar ham ishlatiladi. Shahar transport sifatida elektromobillardan ham foydalanilmoqda. Bunday an’anaviy bo'lmagan dvigatellar, keyinchalik, taraqqiy etishi natijasida balki ko'plab ishiatilar. Shuning uchun quyida faqat porshenli ichki yonuv dvigateli ko'rib chiqilgan.

Yüklə 497,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin