25.8chizma. Gaz taqsimlash mexanizmi tishli-tasmali yuritmasining shartli tasviri (ВАЗ-2105):
vigatel yurgazib ko'riladi.
Tirqishlar to'g'ri rostlanganda, klapan mexanizmida hech qanday taqillashlar bo‘lmaydi. Ilashma karteridagi darcha- ning hamda silindrlar kallagining qopqoqlari o‘z joyiga o'rnatiladi.
ВАЗ-2108 dvigatelida issiqlik tirqishi, doirasimon kirgazmalarni (6) almashtirih rostlanadi (25.6-chizma, b shakliga qarang). Avvalo shchup yordamida, kirgazmaning ishchi yuzasidagi yeyilishlarni hisobga olgan holda haqiqiy issiqlik tirqishi В aniqlanadi. So'ng maxsus moslama yordamida turtkich (7) pastga bosiladi, kirgazma (6) olinadi va mikrometr bilan uning qalinligi aniqlanadi. O i-lirsaWi val shkivi; 2-shamolparrak lasmasi;
J.i.&moR ravishda pastki, o'rla va yuyuqorigi
himoya qnpqoqlar; 4-tinsakli valning rishli
shkivi; 6-iaranglash mligi kranshteynining
boltlari; 7-taranglash roligi; 9-taqsimlash
valining shkivi: iCMishli lasma; 77-iaranglash
roligining prujinasi; A2 kronshteyn prujinasj; /J-moy nasosi yuritmasining shkivi.
'lchangan issiqlik tirqishi va kirgazma qalinligi yig'indisidan iborat bo'lgan В qiymatdan, issiqlik tirqishining koTsatmada berilgan qiymati ayriladi va turtkichga qo‘yilishi lozim bo'lgan kirgazmaning A qalinligi topiladi.
Aylanishlari yuqori bo'lgan ben- zinli ВАЗ dvigatellarida, taqsimlash vali silindrlar kallagida joylashgan bo“lib, tarangligi davriy ravishda rostlab turiladigan tishli tasma yoki zanjir orqali tirsakli valdan harakatga keltiriladi. Masalan, ВАЗ-2105 dvigatelidagi tishli tasmani taranglash, quyidagi ketma-ketlikda bajariladi (25.8-chizma): Yuqorigi himoya qopqog'i (8) yechib olinadi.
Taranglash roligining kronshteyni (11) mahkamlangan boltlar (6) yetarlicha bo'shatiladi va tirsakli val 2-3 marta ohista aylantiriladi. Bunda prujina (12) tasmani (10) avtomatik tarzda kerakli darajada taranglaydi.
Boltlar (6) qotirib qo'yiladi va yuqorigi himoya qopqog‘i (8) o‘z o‘rniga mahkamlanadi.
Tishli tasmani almashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: Shamolparrak tasmasi (2) hamda yuqorigi himoya qopqog'i (8) yechib olinadi.
Tirsakli val shkividagi (1) “C” belgini o'rta himoya qopqog'idagi (5) “D” (YCHN) belgi bilan, taqsimlash vali shkividagi(9) “F” belgini esa blok kallagi qopqog'idagi “E” belgi bilan mos kelgunga qadar tirsakli val aylantiriladi.
O'rta (5) va pastki (3) himoya qopqoqlar yechib olinadi.
Prujina (12) yechib olinadi, boltlar (6) bo'shatiladi, taranglash roligining (7) kronshteyni (II) chapdagi eng chekka vaziyatga suriladi va tasma (10) yechib olinadi.
Yangi tasma shkiv (1) ortidagi tishli shkivga (4) kiydiriladi, so'ng tasmani taranglagan holda uni moy nasosi valigining shkiviga (13) hamda yuqoridagi shkivga (9) kiydiriladi.
Tirsakli val ikki marta aylantiriladi hamda “E” va “F”, “C” va “D” belgilami mos tushishi tekshiriladi, agar belgilar mos tushmasa, 5 va 6 amallar qaytariladi.
Boltlar qotiriladi, qopqoqlar (3, 5 va 8) o‘z joyiga o'rnatiladi, shamolparrak tasmasi (2) o'z o'rniga kiydiriladi va ko'rsatmaga mos holda taranglanadi. SOVITISH HAMDA MOYLASH TIZ1MIDAGI ASOS1Y NOSOZLIKLAR VA BE TIZIMLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH