2-TXKda silindriar kallagi tekshiriladi, lozim bo‘lsa mahkamianadi va gaz taqsimlash mexanizmining issiqlik tirqishi rostlanadi. Generatorni yurituvchi tasmaning tarangligi tekshiriladi va rostlanadi. TXK jarayonida moylash ishlari moylash xaritasi asosida bajariladi. Chuqurlashtirilgan diagnostika ishlari ko'rish chuqurligiga o‘rna- tiladigan yuguruvchi barabanli (3) stendda bajariladi (25.1-chizma), Bu post boshqarish pulti (2), shamolparrak (1) hamda yuklash qurilmasi va diagnostikalash uchun lozim bo'lgan asboblarni o‘z ichiga oladi. Postda dvigateldagi quvvat va yonilg‘i sarfi, karterga kirayotgan gaz miqdori aniqlanadi ( gaz hisoblagich bilan). Dvigateldagi taqillashlarni eshitish uchun stetoskopdan foyda- laniladi. Mexanik stetoskoplar quloqqa tutiladigan eshitish uchlari (4) (25.2 -chizma) va tekshirilayotgan mexanizmni har xil nuqtalariga qo‘yi- ladigan sterjenga (I) ega. Elektron sletoskop sterjen (1), telefon (6) (25.2- chizma, b) kristall datchik, tranzistorli kuchaytirgich va batareyali man- badan tuzilgan. Dvigatel taqillashini eshitish zonalari 25.2-chizmada ko'rsatilgan. Shuni yodda tutish lozimki, dvigateldagi taqillashlar tavsifi bo'yicha nosozliklarni bilish, katta malaka talab etadi. Texnik xizmat ku’rsatish.Dvigatelning kompressiyasini (silindrdagi maksimal bosimni) kompressometrda, tirsakli valni startyor yordamida aylantirib aniqlanadi, bunda kompressometrning rezinali konussimon uchi yondirish svechasi yoki forsunka o‘tiradigan teshikka o'rnatiladi ( 25.2-chizma. Stetoskoplar (a,h) dvigatelning taqillashini eshitish zonalari (d):
25.3-chizma. Kompressometrlar (a,b) va kompressograf (d):
a-benzinli va qazli dvigatellar uchun;
/>-dizel dvigatellari uchun; kompressograf.
/-ventil; 2-manometr; J-uchlik; ^dasta; 5-silindrlar bo'yicha
yozish shkalasi; 6-porshen yuritmali silindr.
25.3-chizma, a, d). Kompressograf (25.3-chizma, d) siHndrlar bo'yicha kompressiya miqdorjni yozish mexanizmiga ega. Aniqroq natijalarni olish uchun, kompressiya miqdori qizdirilgan dvigatelda aniqlanadi. Bunda dvigateldagi barcha yondirish svechalari va forsunkalar yechib olinadi. Valuing berilgan aylanishlar chastotasini yaxshi zaryadlangan akkumulator batareyasi yordamida ta’minlash lozim. Har bir silindrdagi kompressiya miqdorini aniqlashdan avval manometr strelkasini nol holatga keltiriladi. Dizel dvigatellari uchun ruxsat etilgan kompressiya miqdori 2 MPa atrofida, bcnzinli va gazli dvigatellar uchun esa uning miqdori siqish darajasiga bog'liq bo‘lib, 0,60 - 1,00 MPa ni tashkil qiladi. Alohida silindrdagi kompressiya miqdorining farqi dizellar uchun 0,02 MPa dan. benzinli va gazli dvigatellar uchun esa 0,1 MPa dan oshmasligi lozim. Kompressiyani birdaniga pasayishi (30 - 40% ga), halqa- larning singanligini yoki por- shendagi ariqchalarga yopisbib qolganligini ko'rsatadi. K Siqilgan havo