Avtomobilning umumiy tuzilishi



Yüklə 497,3 Kb.
səhifə10/17
tarix17.04.2023
ölçüsü497,3 Kb.
#99531
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Avtomobilning umumiy tuzilishi

Gidravlik ko'targich, yuqori qismiga ko‘taruvchi rama mahkam- langan plunjerli silindrdan tuzilgan. Silindrga suyuqlik haydalganda plunjer suriladi va natijada ramaga o'rnatilgan avtomobil ko'tariladi.

vi uihlft



Bir va ilflc-i plunjerli gidravlik


Elektromexanik bir ustunli kochma


Ricbagli gidravlik


Elektromexanik


to it ustunli, i_ balkonli;
2- domlcratli


ag'daruvchi




Silindrdagi ishchi bosim nasos yordamida hosil qilinadi. Ko‘tarilgan holatda plunjer. moy hosimi bilan tutib turiladi va tirak bilan fiksirlanadi. Ko'targichni tushirish uchun, o'tkazish klapani ochiladi va avtomobilning og‘irligi ta’sirida plunjer pastga harakatlanib, suyuqlikni bakka siqib chiqaradi. Ko'rib o'tilgan bu ko'targich bir plunjerli bo'lib, undan yengil avtomobillarga xizmat ko'rsatishda foydalaniladi.
Ikki plunjerli ko'targichlar o'rtacha va katta yuk ko'taruvchi avtomobillarga xizmat ko'rsatishda ishlatiladi. Ular konstruksiyasi ho'yi- cha bir plunjerli ko'targichga o'xshash bo'lib, ikkita bir plunjerli ko'targichdan tuzilgan. Ikki plunjerli ko'targichlarda avtomobilni mah- kamlash uchun bitta umumiy ramadan yoki oldingi va orqa o'qlarni ko'taruvchi ikkita qamragichdan foydalaniladi. Ko'tarichni bunday konstruksiyasi avtomobilni quyi qismiga yaqinlashish uchun qulaylik yaratadi. Har xil bazali avtomobillarni ko'tarish uchun ko'targichning konstruksiyasida, bitta gidrosilindrni bo'ylama yo'nalishda siljituvchi qurilma ko'zda tutilgan.
Elektromexanik ko'targich- tayanch ustunlardagi tik yo'nalishda harakatlanuvchi ko'tarish qurilmalarini mexanik uzatma orqali harakatga keltiruvchi, bir yoki bir necha elektr dvigatelga ega. Bunday ko'targachlarda tortish qurilmasi sifatida vintli, zanjirli, trosli, kardanli, richag sharnirli uzatmalardan foydalaniladi. Elektromexanik ko'tar- gichlarning konstruktiv ijrosi xilma-xildir: bir va ko'p ustunli statsionar turidan tortib, ko'chma ko'targich-ustun tizimli turlarigacha mavjud (masalan. P-238). Ko'chma ko‘targich!ardan, ixtiyoriy qattiq qoplamali maydonlarda foydalanish mumkin.
Konveyerli liniyalardan avtomobillarni bir postdan ikkinchisiga mexanizatsiya usulida siljitish uchun KXK, 1-TXK, 2-TXK zonalarida ishlab chiqarishdan uzluksiz ravishda foydalaniladi. Bu esa ishlab chiqarish maydonlarini qisqartiradi, chiqindi gazlar bilan ifloslanishni kamaytiradi, ishchi o'rinlardagi mehnat sharoitlarini yaxshilaydi.
Umumiy holda konveyerli liniya (yo'l) avtomobil g'ildiraklari o'rna- tiladigan, yetaklovchi tasmali tortish organidan iborat. Tortish organi elektr dvigatelli yuritma stansiyasi ko'rinishida bo'lib, zanjirli rolik yordamida, rels bo'yicha harakatlanadigan aravachani tortadi. Konveye- rni oxirida taranglovchi stansiya o'rnatilgan bo'lib, u konveyerning yetaklovchi tasmasini tarang tortib turadi.
Konveyerning tashuvchi turi birmuncha universal hisoblanadi. Uning konstruksiyasida avtomobil g'ildiragini ikkita tasmaga o'rnatish ko'zda tutilgan bo'lib, ularni osib yoki osmasdan, avtomobillar bo'ylama yoki ko'ndalang holda joylashtiriladi.
Avtomobillarni siljitish bo'yicha konveyerlarning tortuvchi va itaruvchi turlari mavjud. Itaruvchi konveyerlar chuqurning birtomoniga o'matiladi va lining tortish organi bo'lib, rolikli zanjir xizmat qiladi. Konveyerning avtomobilga kuch uzatuvchi qurilmasi, avtomobilning orqa g'ildiragi ostiga (oldingi yoki orqa ko'prik ostiga) o'rnatiladigan itargichli aravacha ko'rinishida yasalishi mumkin.
Agar konveyerda siljituvchi kuchni uzatish oldingi o'q yoki tortuvchi ilmoqqa bog'lash yo‘li bilan amalga oshirilsa, bunday konveyer tortuvchi deb nomlanadi. Bog'lash qurilmasi bu holatda qo‘l yordamida bog'la- nadi va uni liniyani oxiridan boshiga olib o'tishga to‘g‘ri keladi, shu sa- babli bunday konveyerlardan kam foydaianiladi.
Avtomobillarni moy, suv va havo bilan to'ldirish uchun ishlatiladigan moylash jihozlari ixtisoslashgan va murakkab qurilma turlariga bo'iinadi (statsionar, ko'chma).
1127 rusumli statsionar solidolhaydagich avtomobillardagi ishqala- nuvchi uzellarni siquvchi-moydon orqali plastik moylar bilan moylash uchun mo'ljallangan. U bunker, elektr yuritmali, plunjerli nasos, pisto- letli turtta shlang. apparat shkafi va boshqa elementlardan tuzilgan.
Elektr isitkichli 3155 M rusumli moy tarqatish kolonkasi dviga- tellarni mator moyi bilan to'ldirishga mo'ljallangan bo'lib, berilgan moyni bir martalik hamda yig'indi miqdorini o'lchash imkoniyatiga ega. Kolonka tizimiga moy rezervuaridagi nasos qurilmasi, tarqatish jo'mragiga ega bo'lgan o‘zi o'raluvchi shlang, hajmiy sarfo'lchagich va boshqa asboblar kiradi.
3141 rusumli murakkab qurilma avtomobillaming uzellarini mexani- zatsiyalashgan holda moylash, dvigatelni moy va suv bilan to'ldirish, shinalarga havo berish, gidroyuritmali tormoz tizimini tozalash kabi vazifalarni bajaradi. Qurilma moy va moylash materiallari uchun pnev- monasosli uchta hakdan hamda beshta pistoletli o‘zi o'raluvchi shlang- lardan iborat bo'lib, shlanglardan uchtasi baklar bilan, turtinchisi reduktor orqali havo magistrali bilan, beshinchisi esa suv quvurlari bilan ulangan. Qurilma elementlarini ajratib, yakka tartibda ishlatish ham mumkin.
Nazorat savollari

  1. Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish qanday turlarga bo'iinadi?

  2. Avtotransport korxonalarida avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish qanday tashkil etiladi?

  3. Alohida texnik xizmal ko'rsatish turlariga qanday ishlar kiradi?

  4. Avtomobillarni diagnostika qilish nima maqsadlarda va qanday o'tka- ziladi?

  5. Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta’mirlashda qanday statsionar jihozdan foydaianiladi?






  1. DVIGATELLARGA TEXNIK X1ZMAT KO RSATISH

    1. KRIVOSHIP-SHATUN MEXANIZMI VA GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMIGA TEXNIK XIZMAT KORSATISHDA BAJARIL ADIGAN ISHLAR

Dvigatelning asosiy nosozliklari. Quvvat sezilarli kamayganda, yonilgi va moy sarfi ko'payganda, taqillash paydo bo'lganda, notekis ishla- ganda va (utaganda dvigatel diagnostika qilinadi. Undagi nosoz- liklarning sabablari hamda rostlash va ta’mirlash ishlariga bo‘]gan ehtiyoj aniqlanadi.
Dvigatelni diagnostikalashda иko'zdan kechiriladi va yurgazib ko‘riladi, quvvat miqdori o'lchanadi, krivoship-shatun mexanizmi va gaz taqsimlash mexanizmining texnik holati tekshiriladi. Dvigatelni ko'zdan kechirish va yurgazib ko'rish moy. yonilg‘i yoki suvni sizib chiqishini ko'z bilan aniqlashga hamda dvigatelni oson yurishini, bir maromda ishlashini va tutashishini baholasbga imkon beradi. Dvi- gatelning ishlashini eshitish bilan shovqin va taqillashning bor-yo‘qligi aniqlanadi. Bunday tekshirish yordamida dvigatelning odatiy nuqson- larini chuqurlashtirilgan diagnostika o‘tkazilgunga qadar aniqlash mumkin.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘p holatlarda sizib chiqishni, birik- malarni qotirish yoki shikastlangan qistirmalarni almashtirish bilan tuzatish mumkin. Dize! dvigatelining tutashi yoki benzinli va gazli dvigatellarning chiqindi gazlari tarkibidagi CO miqdorini ko'payib ketishi, ko'p hollarda yonilg'i apparatlarining nosozligi natijasida vujudga keladi. Taqillash va qattiq tovushlar porshen barmoqlarim, porshen bo'rtmasidagi teshiklarni, shatunlarning yuqorigi kallagidagi vtulkalarni, shatun va o‘zak podshipniklarning ichqo'ymalarining yeyilishi natijasida hosil boMishi mumkin. Ular silindr va porshen yuzalari tirnalganda hamda klapan yuritmasidagi issiqlik tirqishlari ko'payganda yoki klapan prujinalari singanda ham vujudga keladi.
1-TXK va 2-TXKning vazifasi-nazorat - diagnostika, moylash, qotirish, rostlash va boshqa ishlarni o‘z vaqtida bajarish yo'li bilan dvigatelning mexanizmlari hamda tizimlaridagi nosozliklarni o‘z vaqtida, aniqlash shuningdek, buzilishlarning oldini olish hisoblanadi.
1-TXKda bajariladigan ishlarni ko“p qismini mahkamlangan jihozlardagi, shovqin so'ndirgich quvurlaridagi hamda dvigatel tayanch- laridagi rezbali birikmalarni tekshirish va mustahkamligini tiklasb ishlari tashkil etadi.



Yüklə 497,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin