asalan, dvigatel ishlaganda, cbiqansh klapanida issiqlik tirqishi haddan ziyod kichik boisa, tarelka o‘ta qizib ketadi, unda yoriqlar paydo bo'ladi, klapan o'rindig'i yumshab, gaz- lar chiqib ketishi oqiba- tida uning yeyilishi tez- iashadi. Ikkinchi tomon- dan, agar issiqlik tirqishi zarur miqdordan katta bo‘lsa, klapanlar ishla- shida kuchli taqillashlar paydo bo'ladi va gaz taqsimlash mexanizmi detallari jadallik bilan eyila boshlaydi. Ama- liyotda issiqlik tirqishi, odatda, po‘lat shchup yordami bilan 20 25°C da aniqlanadi (25.6- chizma). Agar klapan yuritmasining po'lat detallari hamda ular o‘rnatilgan aluminiy detallar harorati ko'rsatilgandan farq qilsa, u holda tirqishga tuzatish kiritish lozim bo‘ladi, chunki detallarning harorati kamayganda o'lchangan tirqish kichik, harorat ortganda esa katta bo'ladi. Shu- ningdek, quyidagilarni ham e’tiborga olish zarur, tutashuvchi sirtlarning yeyilishi hisobiga ariqcha (4) hosil bo'ladi va u o'lchash jarayonida shchup ostida qoladi. Natijada haqiqiy tirqish shchup bilan o'lchangan tirqishdan katta bo'ladi (25.6-chizma, a). Shuning uchun yuritma richagini klapan bilan tutashadigan zonasidagi yo'lini o'lchash uchun indikatordan foydalangan ma’qul. lssiqlik tirqishini va uning qiymatini rostlash lartibi har bir dvigatelni ishlatishga doir ko‘rsatmalarda beriladi. Misol uchun, КамАЗ-740 dvigatelining klapan mexanizmidagi issiqlik tirqishini rostlash quyidagi ketma-ketlikda am alga oshiriladi: Yonilg‘i berish ulanadi.
Silindrlar kallagining qopqog‘i yechib olinadi.
Silindrlar kallagini mahkamlash boltlari tekshiriladi, zarur bo'lsa tortib (qotirib) qo'yiladi.
Maxovik fiksatori pastki holatga o'rnatiladi (25.7-chizma, a).
Ilashma karteridagi darchaning qopqog’i bo'shatib olinadi.
Maxovikdagi teshikka uzun temir (lomcha) tiqiladi va fiksator (25.7-chizma, a) maxovik bilan ilashgunga qadar tirsakli val aylantiriladi.
Purkashni ilgarilatish muftasi korpusining (1) tores qismidagi hamda yuqori bosimli yonilg'i nasosi yuritmasining yetaklovchi yarim muftasi (2) flanesidagi chiziqlar holati tekshirib ko'riladi (25.7-chizma, b).
Agarda chiziqlar past tomonda bo‘)sa, fiksator maxovik bilan ilashishdan chiqariladi va tirsakli val bir marta to'liq aylantiriladi, shunda fiksator maxovik bilan yana ilashishi kerak. Maxovik fiksatori yuqorigi holatga o'rnati- ladi.
Tirsakli valni ayla- nish tomoniga qarab 60° burchakka buriladi (maxovikdagi qo‘shni teshik- lar orasidagi masofa tir sakli valni 30° ga burilishi- ga shiga mos keladi). Shunda birinchi va beshin- chi silindrlar klapanlari yopiq bo'lishi lozim (kJapan shtangalari qo‘l bilan oson- ginaqimirlatiladi).
1 25.7-chizma. Maxovik fiksatori (a) va birinchi
silindrga yonilg'i berilishiga mos keluvchi
belgilar holati: 7-yonilgi purkalishini ilganlaiish muftasi; 2-yuritmaning
etaklovchi yarim muftasi. 0 Rostlanayotgan klapan koromislosining stoykasini (ustunini) mah kamlovchi gaykalarni tor- tilish momenti (payti) (40 - 50 N m) tekshiriladi. Koromislo tumshug'i bilan klapan o'zagining tores qismi oralig'idagi tirqish tekshiriladi (25.6-chizma, v ga qarang). Bu tirqishga, kiritish klapani ucbun 0,20 mm qalinlikdagi shchup, chiqarish klapani uchun 0,30 mm qalinlikdagi shchup bemalol kirishi kerak. Kiritish klapani uchun 0,25 mm, chiqarish klapani uchun 0,35 mm qalinlikdagi shchuplar csa bir oz kuch bilan kirishi lozim. Tirqishni rostlash uchun rostlash vintining (2) gaykasi (8) bo'shatiladi, tirqishga kerakli qalinlikdagi shchup qo'yiladi va vintni otvyortka (9) bilan burab zarur tirqishga o'rnatiladi. Vintni otvyortka bilan ushlab turgan holda gayka (8) qotiriladi va tirqish yana tekshiriladi.
Shundan so!ng tirsakli valni aylanish tomonga qarata harsafar 180° ga burib, bir juft silindrdagi, ya’ni 4 va 2, 6 va 3, 7va 8-silindrlardagi tirqishlar rostlanadi.