Sovitish tizimidagi asosiy nosozliklar. Sovitish suyuqligining oqib (tomib) turishi, dvigatelni o‘ta qizib ketishi yoki haddan ziyod sovib ketishi nosozlik alomatlari bo'lib hisoblanadi. Suyuqlikni oqib turishiga shlanglar va ularning birikmalarini va suv nasosi salnigini shikastlanishi, yoriqlar, shuningdek, qistirmalarni ishdan chiqishi sabab bo'lishi mumkin. Dvigatelni o‘ta qizib kyetishi, tizimdagi sovituvchi suyuqlik yetarli miqdorda bo'lmaganda, quyqalar hosil bo'lganda, radiator kirlanganda, shamolparrak tasmasi shataksiraganda yoki uzilib ketganda, termostat nosoz bo'lganda, suv nasosi buzilganda, yoinki radiator jalyuzi yopiq holatda buzilib qolganda sodir bo'ladi. Dvigatelni haddan ziyod sovib ketishi esa termostat yoki jalyuz ochiq holatda buzilib qolganda, qish vaqtida isituvchi g'iloflar bo'lmaganda ro'y beradi. Texnik xizmat kn'rsatish. Kundalik xizmat ko'rsatishga, tizimni germetikligini ko'rish va sovitish suyuqligini to'ldirib turish kiradi. Agar sovitish tizimi suv bilan to'ldirilgan bo'lsa, u holda qishki vaqtda avtomobil garajsiz, ya’ni ochiqda saqlanganda sovitish tizimidagi, yurgazib yuborish isitkichidagi, shuningdek, peshoynani yuvish uchun mo'ljallangan bakchadagi suv to'kib tashlanadi. Dvigatelni yurgazishdan oldin tizim issiq suv bilan to'ldiriladi yoki dvigatel isitish tizimiga ulanadi. 1-TXK. o'tkazilganda yuritma tasmalarining tarangligi tekshiriladi, lozim bo'lsa rostlanadi. 2-TXKda shamolparrak, radiator hamda jalyuz tekshiriladi va kerak bo'lsa mahkamlanadi. Yuritma tasmalar tarangligi rostlanadi, suv nasosining hamda shamolparrak tasmasining taranglovchi qurilmaning podshipniklari moylanadi. Mavsumiy xizmat ko'rsatishda sovitish va isitish tizimining, shuningdek, yurgazib yuborish isitkichining germetikligi tekshiriladi, sovitish tizimi yuviladi, qishki mavsumga tayyorgarlik ko'rilayotganda yurgazib yuborish isitkichining ishlashi tekshiriladi. Germetiklik ko'z bilan kuzatib tekshiriladi, shlanglar yuzalaridagi yoriqlar, shishgan joylar va qatlamlarda ajrab qolish bo'lmasligi kerak. Bunday tekshirishlar uchun havo nasosi, manometr va radiator bo'g'zi bilan biriktiriladigan qurilmadan tashkil topgan asbobdan foydalangan ma’qul. Nasos yordamida radiatorning yuqori qismida 60 kPa atrofida bosim hosil qilinadi. Agar tizim germetik bo'lsa, u holda kran berki- tilgandan so'ng manometr strelkasi o'rnidan qimirlamaydi, germetiklik yo'qolgan bo'lsa strelka bosimning pasayishini ko'rsatadi. Radiator tiqinidagi havo va bug' klapanlari qo'l barmoqlari bilan bosib ko'rib tekshiriladi. Uncha kir bo'lmagan sovitish tizimini yuvish quyidagi tartibda bajariladi: sovitish suyuqligi to'qiladi; tizim suv bilan to'ldiriladi; dvigatel yurgaziladi va qizdiriladi; suv to'kib tashlanadi; tizim shu tartibda yana bir marta yuviladi; so'ng sovitish suyuqligi bilan radiator bo‘g‘zining yuqori qismigacha to'ldiriladi, radiator tiqinini o‘z o'rniga qo'yib kengayish bakchasiga, “MIN” belgisidan 3 - 5 sm balandlikgacha suyuqlik quyiladi Konstruksiyaning o ziga xos tomonlarini va materiallarning xossalarini hisobga olgan holda tayyorlovchi-zavodlar o‘z ko'rsatmalarida, sovitish tizimini yuvish tartibini hamda yuvish ucbun ishlatiladigan suyuqliklar tarkibini belgilab qo'yadi. Masalan, КамАЗ-740 dvigatelining radiatori yechib olinadi va unga 5 foiz kaustik soda hamda 95 foiz suvdan yoki 2,5 foiz kuchsizlantirilgan sulfat kislota hamda 97,5 foiz suvdan iborat bo'lgan eritma quyiladi. Eritmaning harorati 60 - 80QC bo'lishi kerak. 30 - 40 daqiqadan so‘ng eritma to'kib tashlanadi va radiator issiq suv bilan yuviladi. Sovitish g'ilofini yuvish uchun esa boshqacharoq eritma - 1 foiz kalsinatsiyalangan (suvsizlantirilgan) soda, 0,5 foiz xrompik va 98,5 foiz suv ishlatiladi. КамАЗ-740 va “Волга” avtomobilining (25.9-chizma, a) 3M3-24 dvigatellarida generator va suv nasosi yuritma tasmasining tarangligi