Avtomobilning umumiy tuzilishi


KO‘P SILINDRL1 DVIGATFLLAR VA ULARNING ISHLASH



Yüklə 497,3 Kb.
səhifə6/17
tarix17.04.2023
ölçüsü497,3 Kb.
#99531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Avtomobilning umumiy tuzilishi

KO‘P SILINDRL1 DVIGATFLLAR VA ULARNING ISHLASH
KO`RSATKICHLAR1
Silindrlarning joylashish chi/masi. Zamonaviy avtomobil dvigatellari to'rt, olti va sakkiz silindrli, ayrimlari esa o‘n, o‘n ikki silindrli qiiib ishlab chiqariladi. Silindrlar joylashuvi asosan, bir qatorli (16-chizma, a) va ikki qatorli V simon ko’rinishda (1.6-chizma, b) ho‘!adi. Dvigatellarda silindr- larni V simon shaklda joy- lashtirish bir qator qilib joylashtirishga qaraganda, dvigatellarni gabarit o'l- chamlarini birmuncha ka- maytirish - bu o'z navbatida haydovchi o'rnini, hoshqa- rish qismlarini qulay joy- lashtirish imkoniyatini tug'diradi.
K

1.6-chizma. Ko'p silindrli dvigatellar:
a-silindrlari bir qator joylashgan; h- silindrlari ikki qalor k'simonjoylangan.

o‘p silindrli to‘rt takt- li dvigatellarda tirsakli val- ning ikki marta aylanishi (720°) mobaynida nechta silindr bo‘lsa, shuncha ish yo'li amalga oshiriladi. Tirsakli val bir tekis aylanishi uchun silindrlardagi ish yo'li navbatma-navbat, 720°/i qiymatga mos holda amalga oshishi kerak. Bu yerda i - silindrlar soni.

Shunday qilib, to'rt, olti va sakkiz silindrli dvigatellarda ish yo'li mos ravishda tirsakli valning 180°, 120° va 90° ga burilishida sodir bo'Iishi kerak. Silindrlar soni oltitagacha bo'lgan dvigatellar ko'p hollarda bir qatorli, ayrim hollarda ikki qatorli qilib, sakkiz silindrli dvigatellar esa aksariyat hollarda V simon qilib tayyorlanadi.
Avtomobil dvigatelining ishlash ko'rsatkichlari. Dvigatel silindrlari ichida gazlar hosil qiladigan quvvat indikator quvvat deb, tirsakli valdagi quvvat esa samarador quvvat deb ataladi. Samarador quvvat indikator quvvatdan birmuncha kichik bo'ladi. Chunki gaz taqsimlash va krivoship-shatunli mexanizmlarni, shamolparrakni, suyuqlik, moy, yonilg'i nasoslarini, tok generatorini va boshqa yordamchi mexanizmlarni harakatga keltirish uchun indikator quvvatining bir qismi sarf bo'ladi.
Dvigatelning samarador quvvati Nc=(Mcn)/9550 formula bilan amqlanadi, bu yerda M - aylantiruvchi moment, uning qiymati dviga- telni (gidravlik va elektrik) tormoz qurilmada sinash bilan topiladi, birligi Nm; n - tirsakli valning bir minutdagi aylanishlar soni, uning qiymati aylanishlar hisoblagichi bilan o'lchanadi, birligi ayl. daqiqa (1.7- chizma).
Dvigatelning ishchi hajmi (silindrlar soni va diametri, porshen yo'li) qanchalik katta bo'lsa hamda silindrlarni yonuvchan aralashma (yoki havo) bilan to*Idirish va siqish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, aylantiruvchi moment va samarador quvvat shunchalik katta qiymatga ega bo'ladi.
Dizellarda samarador quv- vat tirsakli valning aylanishlar soniga, purkalayotgan yonilg‘i miqdoriga va yonilg‘ini purkash paytiga ham bog‘liq bo‘1adi. Karburatorli va gaz bilan ish- laydigan dvigatellar quvvati ham tirsakli valning aylanish chas- totasiga, aralashma miqdoriga va svechada uchqun chaqish paytiga bog‘liqdir.
S
.
amarador quvvatni indi- kator quvvatga nisbati dviga- telning mexanik foydali ish koeffitsiyenti (FIK) deb ataladi. Dvigatelning qo‘shimcha me- xanizmlarni harakatga keltirish uchun hamda ishqalanishlarga sarf bo'ladigan quvvati qancha- lik kichik bo‘lsa, mexanik FIK shunchalik yuqori bo'ladi. Uning qiymati 0,70 - 0,90 ora- liqda bo'ladi.

Litrli quvvat (kWIf) -
dvigatel samarador quvvatining uning ishchi hajmi (litraj) nisbatiga teng bo'ladi, ya’ni N =Nc/(iFh), bu yerda: i
- silindrlar soni, V .
- bitta silindriing ish hajmi, 1. Tirsakli valning aylanishlar chastotasini ko‘paytirish hamda aralashmani bosim ostida kiritish usuli - nadduvni (6 3-mavzuga qarang) qo'llab, litrli quvvat miqdorini oshirish mumkin.
Eng yuqori quvvat rejimida ishlayotgan dizelda, karburatorli yoki gaz bilan ishlaydigan dvigatellarga solishtirilganda, tirsakli valining aylanish chastotasi ancha kichik, aralashma tarkibi esa ancha suyuq bo'ladi Buning natijasida dizelning litrli quvvati 20 k'Wll
gacha bo'ladi, xolos. Vaholanki, karburatorli yoki gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda bu ko'rsatkich 20 - 50 kW// ni tashkil etadi (katta qiymat yengil avtomobillarga to'g'ri keladi). Ushbu holat dizel porsheni va krivoship- shatun mexanizmining ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi boshqa
detallari massasining kattaligi tufayli sodir bo‘ladi. Shuning uchun ushbu detallar inersiya kuchlarining qiymatlari haddan ziyod ortib ketmasligiga erishish maqsadida, maksimal quwat rejimidagi dizel tirsakli valining aylanish chastotasi birmuncha kichik qiymat bilan chegaralab qo‘yi1adi. Dizelda ishlatiladigan aralashma tarkibining suyuq bo'lishi esa aralashma hosil bo'lish jarayoniga ajratilgan vaqtning {0,002 0,004 soniya) juda kichikligi bilan tushuntiriladi.
Solishtirma (samarador) yonilg'i sarfi [g/(kW s)] 1 soat davomida
1 kW ga teng bo‘lgan samarador quwat olish uchun sarflangan yonilg'ining grammlarda ifodalangan miqdori:








bu yerda: gf- solishtirma samarador yonilg'i sarfi, (g/kWs), G
1
-
bir soatda sarfiangan yonilg'i miqdori, kg/s.
Shunday qilib, solishtirma samarador yonilg'i sarfi dvigatelning tejamkorliligini ko'rsatuvchi kattalikdir. Dvigatelning texnikaviy tavsifnomasida, odatda, eng kichik solishtirma yonilg'i sarfi ko'rsatiladi. Uning miqdori, dvigatelning tashqi tezlik tavsifiga binoan dizellar uchun 200-230 g/{kW s) ni, karburatorli dvigatellar uchun 245-305 g/(kW s) ni tashkil etadi.
Dvigatelning tashqi tezlik tavsifnomasi - dvigatelning asosiy ko'rsatkichlarinj (quwat, aylantiruvchi lahza, solishtirma va bir soatdagi yonilg'i sarfi) dizel nasosi yonilg'ini to'la uzatgan yoki karburator (gazli dvigatelda karburator-aralashtirgich) zaslonkasi to'la ochilgan paytdagi tirsakli valning aylanish chastotasi bog'lanish grafigini ifodalaydi.
Ushbu tavsif yangi dvigatellarni maxsus tormoz qurilmalarida sinab, tajriba yo'li bilan olinadi. Tirsakli valning har bir aylanishlar chasto- tasidagi va TV ning qiymatlari va ularga mos kelgan GT va g
c
kattaliklar ko'rsatiladi. Aylanishlar chastotasi 1600- 1800 min 1 ga teng bo'lganda engyuqori aylantiruvchi moment 637 Nm ni tashkil etadi. Solishtirma samarador yonilg'i sarfining eng kichik qiymati esa 224 g/(kWs) ni tashkil etar ekan.

Yüklə 497,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin