14.7. Texnik vodorod-sul‘fiddan oltingugurt ishlab chiqarish
Neftni qayta ishlash zavodlarida oltingugurt texnik vodorod-sul‘fiddan
(H
2
S) olinadi. NQIZlarida H
2
S asosan 15%li monoetanolaminning suvli
eritmasidan maxsus qurilmali gidrotozalash va gidrokreking oqimlaridan
olinadi.
Monoetanolaminning to‗yingan eritmasidan vodorod sul‘fid regeneratsiya
bloki dizel yoqilg‗isini, kerosinni yoki benzinni gidrotozalash qurilmalariga,
gidrokrekingga yoki qayerda monoetanolamin eritmasi yig‗iladigan oltingugurt
ishlab chiqarish qurilmalariga va vodorod-sul‘fid tarkibli katta guruhdagi
qurilmalarga montaj qilinadi. Regeneratsiya qilingan monoetanolamin
gidrotozalash qurilmasiga qaytariladi va u yerda vodorod-sul‘fit olish uchun
foydalaniladi.
Oltingugurt ishlab chiqarish qurilmalarida tarkibida 83,8 %dan (hajmiga
nisbatan) kam bo‗lmagan vodorod-sul‘fid gazlaridan foydalaniladi.
Uglevodorodli gazlarni tarkibi xomashyoda 1,64 % dan katta emas (hajmiy),
suv bug‗lari ( 40 °Сda va 0,05 MPa) 5 % dan katta emas (hajmiy) va uglerod
ikki oksidi 4.56 % (hajmiy) katta emas
Qurilmalarda tarkibi 99,98 % (massasi bo‗yicha) kichik bo‗lmagan yuqori
sifatli oltingugurtlar ishlab chiqariladi; boshqa sortlarida oltingugurt tarkibi 99,0
i 99,85% dan kichik emas (massasi bo‗yicha). Oltingugurtni chiqishi uning
vodorod-sul‘fiddagi potensial tarkibidan 92-94%ni tashkil qiladi (massasi
bo‗yicha). Xomashyoda vodorod-sul‘fidni konsentratsiyasini kuchaytirib,
masalan, 90% gacha (hajmiy) oltingugurtni potensialdan chiqishi 95-96% gacha
559
(massasi bo‗yicha) oshadi.
Texnik vodorod-sul‘fiddan oltingugurt ishlab chiqarish jarayonining
asosiy bosqichlari: vodorod-sul‘fidni havo kislorodi bilan termik oksidlantirib
oltingugurt va oltingugurt ikki oksidini olish; katalizatorlar bilan yuklangan
reaktorlardagi vodorod-sul‘fid bilan oltingugurt ikki oksidini o‗zaro ta‘sir etish.
Termik oksidlantirish jarayoni bir agregatga qozon-utilizator bilan
birgalikda montaj qilingan asosiy o‗txonada bo‗lib o‗tadi.
Vodorod-sul‘fid va oltingugurt ikki oksidini aralashtirish va qizdirish
yordamchi o‗txonalarda amalga oshiriladi. Oltingugurtni katalitik ishlab
chiqarish amalda ikki pog‗onada olib boriladi. Termik kabi oltingugurtni
katalitik ishlab chiqarish katta bo‗lmagan ortiqcha bosim ostida olib boriladi.
Qurilmaning texnologik sxemasi 14.15-rasmda keltirilgan.
Xomashyo-vodorod-sul‘fid tarkibli gaz (texnik vodorod-sul‘fid) –qabul
qilgichdagi kuchaytirilgan monoetanolamin va suvdan ozod qilinadi va bug‗li
qizdirgichda (2) 45-50°Сgacha qizdiriladi. Keyin vodorod-sul‘fid tarkibli
gazning umumiy miqdori 89% (massasi bo‗yicha) yo‗naltiruvchi forsunka orqali
asosiy o‗txonaga (4) kiritiladi. Xuddi shu forsunka orqali havo purkagich bilan
(5) o‗txonaga havo uzatiladi. Xomashyoning sarfi va havo va gazning
belgilangan hajmiy nisbatlari (2—3) : 1 avtomatik ushlab turiladi. Asosiy
o‗txonadan chiqadigan texnologik gazning harorati termopara yoki pirometr
yordamida o‗lchanadi. Keyin gaz ketma-ket birinchining ichida sovitiladi, keyin
esa ikkinchi konvektiv bog‗lam asosiy o‗txonaning qozon-utilizatorida
sovitiladi. Kodensat (kimyoviy tozalangan suv) qozon-utilizatorga deaeratordan
(3) kirib keladi, yuqorisidan olingan suv bug‗i chiqarib yuboriladi.
Asosiy o‗txonaning qozon-utilizatorida bug‗ 0,4-0,5 MPa bosim bilan
ishlanadi. Bu bug‗dan bug‗ yo‗ldoshli quvur uzatmalarning qurilmalarida
foydalaniladi. Oltingugurt tashiladigan quvur uzatmalarda hamda suyuq
oltingugurt saqlanadigan omborlarda 130-150°С harorat saqlanadi. Qozon-
utilizatorda kondensatsiyalangan oltingugurt gidravlik zatvor (7) orqali yer osti
omboriga (20) oqib o‗tadi. Oltingugurt ikki oksidi bilan boyitilgan texnologik
560
gaz qozon-utilizatordan yordamchi o‗txona I katalitik pog‗ona I-ga (11)
aralashtirish uchun yo‗naltiriladi. Yoqilg‗i yoqish kamerasiga vodorod-sul‘fidli
gaz (6% umumiy miqdorning massasi) va havo purkagichdan (5) kirib keladi.
Havo:gazning hajmiy nisbatlari (2-3) : 1 ga teng, shu yerda avtomatik
ushlab turiladi. Yonish mahsulotlarining aralashmasi yordamchi o‗txona (11)
aralashtirish kamerasidan yuqoridan pastga tik reaktorning I-chi pog‗onasiga
(8) kirib keladi. Reaktorda teshilgan panjaraga katalizator-faol alyuminiy oksidi
yuklangan. Katalizator orqali gaz o‗tish davomida uning harorati oshadi,
qaysiki, qatlam qalinligi chegaralangan, haroratning ko‗tarilishi bilan
katalizatorning dezaktivatsiyasining ehtimolligi oshadi.
Texnologik gaz reaktordan (8) kondensator - rotorni alohida (10)
seksiyasiga yo‗naltiriladi. Kondensatsiyalangan oltingugurt gidravlik zatvor (9)
orqali oltingugurtni saqlash omboriga (20) yo‗naltiriladi, gaz esa ikkinchi
yordamchi o‗txona II-chining katalitik pog‗onasiga (14) aralashtirish kamerasiga
yo‗naltiriladi. Kondensator-generatorda 0,5 yoki 1,2 MPa bosimda ishlangan
gaz qurilmada foydalaniladi yoki zavod bug‗ uzatmasiga olib ketiladi.
O‗txonaning yoqish kamerasiga (14) vodorod-sul‘fid tarkibli gaz (5% umumiy
miqdordagi massasiga nisbatan) va havo purkagichdan havo (5) (1 :2-3 hajmiy
nisbatlarda) kirib keladi. Vodorod-sul‘fidli va texnik gazlarni yonish
mahsulotlarini aralashmasi yordamchi o‗txonasini (14) aralashish kamerasidan
reaktorga (konventor) II-chi pog‗onasiga (16) kirib keladi hamda faol alyuminiy
oksidi yuklangan. Gaz reaktordan kondensator-generatorning (10) ikkinchi
seksiyasiga kirib keladi, u yerda oltingugurt kondensatsiyalanadi va yer osti
omboriga (20) gidravlik zatvor (17) orqali oqib o‗tadi. Texnologik gaz
oltingugurt tutqich (15) orqali o‗tadi, mexanik olib ketilgan oltingugurtning
tomchisi keramik halqadan nasadka qatlami orqali ushlab qolinadi. Gidravlik
zatvor (18) orqali omborga (20) oqib o‗tadi. Gaz yoqish pechiga (12)
yo‗naltiriladi, u yerda yoqilg‗i gazini yoqish hisobiga 580-600°Сgacha
qizdiriladi. Yoqilg‗ini yoqish va vodorod-sul‘fid qoldiqlarini yoqish uchun
kerakli havo mo‗ri quvurining (13) yoqilg‗i gazi bilan injeksiyalanadi.
|