566
katalitik reaksiyasini boshlanishida, bu-kontakt massasining yonish harorati
(belgilangan katalizator uchun 440°С); past haroratda katalizatorning faolligi
keskin pasayadi. Gazda kislorod oshirilganda yonish harorati bir qancha oshadi.
Gaz kislorod bilan boyitilganda katalizatorning qatlamlaridan o‗tishda
(sovutishga havoni uzatish hisobiga) IV-chi qatlamga gazni kirish harorati
425°С gacha pasaytirilgan bo‗lishi mumkin. Kontakt massasining qatlamidan
chetdagi gazning maksimal harorati massani qaynatishga va faolligini
yo‗qotilishidan holi bo‗lgan holda 580-600°С dan oshib ketmasligi kerak.
Minora-kondensatorda
sulfat
kislotasini kondensatsiyasi nasadkaning
sirtida va gazning hajmida bo‗lib o‗tadi. Nasadkaning sirtida kondensatsiya
minoraning pastki qismida sodir bo‗ladi.
Sulfat
kislotasining 35% ga yaqini
hajmda kondensatsiyalanadi, bunda bug‗lar suyuqlikning tomchilariga aylanadi,
tumanga o‗tadi va gazning oqimi bilan chiqib ketadi.
Sulfat
kislotasining
kondensatsiyasi 275°С da boshlanadi va 150°С da tugaydi. 150°Сda
sulfat
kislotasini tumanlarini ushlab qolish namli tik elektr fil‘trlari yordamida amalga
oshiriladi. Qozon-utilizatordagi bug‗ning bosimi yetarlicha yuqori ushlab
turiladi, qaysiki issiqlik almashtirish qozoni sirtidagi harorat
sulfat
kislotasining
(275°С) shudring nuqtasini haroratidan yuqori bo‗lishi kerak.
Kislota sovitiladigan sovutgichning quvuri suv bilan sug‗oriladi,
tarmoqdan teskari suv bilan olib ketiladi. Nordon suvlarni oqovoga tushishini
oldini olish nordon oqovo suvlarni neytrallashtirish stansiyasidan oldin quriladi.
Sovutgichning quvurlaridan yoki flanetslaridan oqib chiqish shakllansa, u suvga
tushishi mumkin. Bunday holatda kislotalikni ko‗rsatuvchi datchik ishlab ketadi,
klapan suvni aylanma tizimga tushishishini berkitadi, suv maxsus yig‗gichga
yo‗naltiriladi va kislotani neytrallashtirish uchun ishqorli eritmaga beriladi
Qurilmada territoriyani quruq tozalash masalasi ko‗rib chiqilgan; kislota to‗kilib
ketgan holda soda bilan yuviladi, qum sepiladi va tozalanadi.
Dostları ilə paylaş: