―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Texnik uglerodni termik yoyish va ho‗l granullash usulida bitum



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

14.13-rasm. Texnik uglerodni termik yoyish va ho‗l granullash usulida bitum 
ishlab chiqarishni texnologik qurilmasi: 
1-namni bug‗latgich; 2- ko‗pik ajratgich; 3- markazdan qochma nasos; 4-alovsiz qizdirgich; 
5, 11, 18, 24, 32-fil‘trlar; 6-shamollatgich; 13-kalofer; 15-inersiali ajratgich; 16-
mikromadalagich; 20- bunker- zichlam; 21 – aralashtirgich. 
Xomashyo 80
0
С gacha qizdirilib rezervuardan markazdan qochma nasos 


555 
yordamida bug‗li qizdirgichga uzatiladi, u yerda 100-120
0
Сgacha qizdiriladi. 
Undan keyin xomashyo nam tutqichda to‗planadi va ko‗pik ajratgich bilan 
birlashtiriladi hamda atmosferaga tutashtiriladi. Suvning bug‗lari atmosferaga 
chiqariladi, ko‗pik bilan kuchaytirilgan xomashyo davriy ravishda namni 
bug‗latgichga qaytariladi. Suvsizlantirilgan xomashyo nasos yordamida (3) 
olovsiz qizdirgichga (4) beriladi va u yerda 270-320
0
Сgacha qizdiriladi, keyin 
xomashyo tiniq fil‘trli (5) tozalagichga beriladi. Qizdirilgan va tozalangan 
xomashyo reaktorning (6) forsunkali xomashyosiga yo‗naltiriladi. 
Texnologik oqimning birida unumdorligi 500 kg/soat bo‗lgan 8 ta reaktor 
o‗rnatilgan, ulardan 5-7 ta reaktor ish rejimida bo‗ladi hamda qolganlari 
rezervda yoki ta‘mirda bo‗ladi.
Hozirgi vaqtda quvvati 1500 kg/soat bo‗lgan reaktorlar keng qo‗llaniladi, 
oqimda uchta reaktor o‗rnatiladi, ulardan ikkitasi ish rejimida bo‗ladi.
Xomashyo halqali quvur uzatmalar orqali shaxobchali holda har bir 
reaktorga kirib boradi, uning ortiqcha qismi esa quvur uzatma orqali namni 
bug‗lantirgichga (1) qaytariladi. Reaktorda ishchi haroratni hosil qilish uchun 
tabiiy gaz beriladi va u oldindan havoni qizdirgichda (7) havoda yonishi uchun 
qizdiriladi. Yuqori haroratdagi oqimga xomashyo purkalganda yonish 
yoqilg‗isini termik yoyilishi natijasida texnik uglerod (qurum) hosil bo‗ladi. 
Qurumni paydo bo‗lish davri sekund ulushiga to‗g‗ri keladi, ikkinchi jarayonni 
oldini olish uchun reaktorning uzunligi bo‗yicha forsunka bilan nuqtalarga 
kimyoviy tozalangan suv beriladi. Sovutilgan quruq gaz aralashmasi reaktordan 
(6) havoni qizdirgich orqali (7) kollektor orqali (8) (hamma reaktorlardagi 
oqimni yig‗gich) sovituvchi-sug‗oruvchiga (9) to‗planadi. 
Futirovkada quritishda yoki avariya holatlarida gaz yoqish yoki 
qozonxona qurilmasiga yo‗naltiriladi. 
Quruqgaz aralashmasi 280
0
С haroratda to‗rtta ketma-ket o‗rnatilgan 
siklonga (10) to‗planadi, u yerda 90-95 % (massa bo‗yicha) texnik uglerod 
ushlab qolinadi; qolgan qismi sakkiz seksiyali yangi fil‘trlarda (11) ushlab 
qolinadi. Tozalangan gazning bir qismi shamollatgich yordamida (12) purkash 


556 
uchun filt‘rlar tizimiga qaytariladi, asosiy massa shamollatgich bilan to‗liq 
yoqish uchun yoki qozonxonaga beriladi. Texnik uglerod bunkerning yengli 
fil‘tridan (11) shlyuzli zatvorlar orqali retsirkulyatsiya pnevmo transport 
tizimida to‗planadi, keyin esa shamollatgich yordamida ikkinchi siklonga 
beriladi. Bu havoni fil‘trga tushishini oldini oladi. 
Texnik uglerod siklondan (10) shamollatgich bilan (14) granullashga 
beriladi. Pnevmo transport kalorifrdagi qizdirilgan (13) havo yoki ishlab 
chiqarishga ketadigan gaz bilan amalga oshiriladi. Pnevmo transport tizimida 
inersialli ajratgich (15) va mikroyanchig‗ich (16) o‗rnatilgan bo‗lib, uglerodni 
begona qo‗shimchalardan texnik tozalaydi va qaynaydigan uglerod 
zarrachalarini maydalaydi.
Texnik uglerod pnevmo transport tizimidan siklon (17) yordamida ushlab 
qolinadi, havo esa qoldiq uglerod zarrachalaridan tozalash uchun yengli fil‘trga 
(18) beriladi. Tozalangan havo fil‘trdan shamollatgich yordamida (19) 
atmosferaga beriladi, texnik uglerod apparatlardan (17) va (18) shlyuzli zatvor 
orqali shnekli transport bilan bunker-zichlagichga (20) beriladi, u yerda havodan 
ozod qilinadi va zichlanadi.
Texnik uglerod shlyuzli zatvor (20) orqali ikkita aralashtirgich-granullash 
(21) ning bittasiga to‗planadi, u yerda bir vaqtning o‗zida unga aralashtirgichda
(22) tayyorlangan suv yoki bog‗lovchi eritma beriladi. Qabul qilgichdan
qizdirilgan suv va bog‗lovchi eritma aralashtirgichga dozirovkali nasos 
yordamida beriladi. 


557 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin