537
Bitumning qotishini nazorat qilish uchun, asosida ushbu yupqa qatlamda
qizdirish usuli yotuvchi boshqa imkoniyat ham mavjud. Baholovchi parametrlar
sifatida to‗rt variant ichidan tanlash taklif qilingan (14.6 jadvalga qaraymiz).
Har
birida
qizdirishdan
so‗ng
yumshash
haroratining
o‗zgarishi
normallashtiriladi. Bundan tashqari, uchta variantda mo‗rtlik harorati qiymati va
bu variantlarning ikkitasida qo‗shimcha ravishda – bitumning penetratsiya
indeksi normallashtiriladi.
Normativga penetratsiya indeksini qo‗shish uzoq muhokama qilinib, oxir
oqibatda u penetratsiya va yumshash haroratiga bilvosita talablar orqali
normativga kiritilgan. Buning sababi shu bo‗ldiki, penetratsiya indeksini
aniqlash unga normativ sifatida kiritilgan penetratsiya va yumshash harorati
ustidan hech qanday ustunlik bermaydi. Bundan tashqari, penetratsiya va
yumshash harorati normativi bitumning issiqlikka ta‘sirchanligini tavsiflaydigan
qilib belgilangan bir vaqtda penetratsiya indeksining o‗zi bitum sifatini
kafolatlamaydi.
Bitumni cho‗zilishga sinash normativga kiritilmagan edi, chunki u
o‗zining bugungi holatida barcha asosiy markalarda cho‗ziluvchanlik 100 sm
dan oshishi sababli, funksional sinovlar qatoriga kiritilishi juda qiyin.
Tishlashishni sinash bitum normasiga emas ko‗proq asfalt aralashmasi
sinoviga taalluqli deb qaraldi, chunki chet el mutaxassislarining fikriga ko‗ra
[20] tishlashishga sinash natijalari biriktiruvchining xossalariga nisbatan toshli
komponentlarga ko‗proq bog‗liq bo‗ladi. Mo‗rtlik haroratini aniqlash uchun
sinash ixtiyoriy hisoblanadi. Yangi umumevropa normativlari MDHda ham
qabul qilinmaganligiga qaramay yo‗l bitumlarini ishlab chiqaruvchilar ularni
bilishlari va ma‘lum darajada ularni hisobga olishlari kerak. Bundan tashqari,
o‗z mahsulotlarini Yevropa mamlakatlariga yetkazib berishda ularda qabul
qilingan normativlar bo‗yicha tekshiruvdan o‗tkazishga majbur bo‗ladilar.
Dostları ilə paylaş: