14.4.Neft bitumlarini olish usullari
Neft bitumlarini ishlab chiqarishning uch hil usuli mavjud.
1.Neft qoldiqlarini suv bug‗i yoki inert gaz mavjudligida vakuumda
538
haydash yo‗li bilan yig‗ish (o‗ta og‗ir asfalt-smolali neftlarni qayta ishlashda
qoldiq bitumlari atmosferali haydash yo‗li bilan olinishi mumkin). Ba‘zi bir
mamlakatlarda gudronni deasfaltizatsiya qilish jarayoni asfalti ham qoldiq
bitumg hisoblanadi. Boshqa mamlakatlarda uni alohida usul – bitumlarni
cho‗ktirib ajratib olinadi.
2.Turli neft qoldiqlarining (mazutlar, gudronlar, yarimgudronlar,
deasfaltizatsiya asfaltlari, moylarni selektiv tozalash ekstraktlari, qoldiq yoki
ularning aralashmalarini – krekinglash) 180 - 300°С haroratda havodagi kislorod
bilan oksidlanishi.
3.Turli neft qoldiqlarini distillyatlar va oksidlangan yoki qoldiq bitumlar
va b.lar bilan kompuandirlash+(aralashtirish).
Bundan tashqari, yuqorida ko‗rsatilgan usullarni qo‗shish ham mumkin.
Neft bitumlarini ishlab chiqarish uchun vakuumli haydash, oksidlash va
deasfaltizatsiya jarayonlaridan foydalaniladi. Vakuumli haydash xomashyosi
odatda mazut hisoblanadi, oksidlash va deasfaltizatsiyalash uchun gudron
qo‗llaniladi. Tovar bitumlari u yoki bu jarayonning bevosita mahsuloti yoki bir
va boshqa turli jarayonlar mahsulotlarini kompuandirlash mahsuloti sifatida
olinadi. Tayyor bitumlar sifati birinchi navbatda xomashyo sifatiga, oksidlangan
bitumlar uchun esa haroratga, oksidlanish davomiyligiga va havo sarfiga ham
bog‗liq bo‗ladi.
Bitum ishlab chiqarish uchun og‗ir smola-asfaltenli neftlarni qayta ishlash
mahsulotlari quyidagi qoldiqlari eng yaxshi xomashyo bo‗lib xizmat qiladi:
gudronlar, kreking – qoldiqlar, asfaltlar va moylarni tozalash ekstraktlari. Neftda
smola-asfalten komponentlari miqdori qancha ko‗p bo‗lsa, asfalten : smola
nisbati shuncha katta va qattiq parafinlar miqdori qancha kam bo‗lsa, olinadigan
bitumlar sifati shuncha yuqori va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi shuncha
oddiy bo‗ladi. Neftlarda parafin miqdorining yuqoriligi bitumlarning
mustahkamlik va mineral qoplamalarga yopishuvchanligi kabi muhim
foydalanish ko‗rsatgichlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bitum olinadigan neftlar
yaxshi tuzsizlantirilgan bo‗lishi kerak.
539
Qoldiq bitumlardan foydalanish xorijiy amaliyotda keng tarqalgan.
Shunday qilib, Fransiyada ishlab chiqarilayotgan bitumlarning 85%ni qoldiqlar
tashkil etadi [21]. Qoldiq bitumlarning oksidlanganlaridan farqli ravishda
quyidagilar asosiy belgilari hisoblanadi: nisbatan yuqori zichlik, yuqori qattiqlik
va uzilishga qarshilik ko‗rsatish, harorat o‗zgarishiga ta‘sirchanlik. Ob-havoga
barqaror bitumlar yuqori smolali (asfaltenli) neftlardan olinadi.
Qoldiq bitumlarni olish uchun faqatgina naftenli va naften aromatik
asosli, ya‘ni kam parafin miqdorli og‗ir bo‗lgan ba‘zi navlargina yaroqli.
Qoldiq neftlarni ishlab chiqarish tanlangan neftlarni atmosfera-vakuumli
haydashga asoslanadi. Bitum AVT vakuum kolonnasi pastidan tovar mahsulot
sifatida chiqarib olinadi. Ba‘zi hollarda AVT aynan bitum olish uchun qoldiq
bosim 3 dan 10 mm.rt.ust. gacha ushlab turiladigan qo‗shimcha vakuum
kolonnasiga ega bo‗ladi. Haydashning asosiy parametrlari: harorat, vakkum
chuqurligi va suv bug‗i sarfi. Odatda harorat 420°С, qoldiq bosim 30-70
mm.rt.ust. da ta‘minlanadi. Parafin asosli xomashyo 10 mm.rt.ust. bosimda
haydaladi, ammo bunda bitum moy bilan birlashadi [22]. Ajratish jarayoni
rejimini rostlab turli hil penetretsiyali qoldiq bitumlarni olish mumkin.
Xalq xo‗jaligida neft bitumlarining keskin tanqisligi yuqori smolali
neftlarni bitum ishlab chiqarish uchun o‗zlashtirish va foydalanishni taqozo
etadi. Cho‗kindi bitumlar (asfaltlar) gudronni deasfaltizatsiya qilish jarayonidan
olinadi. Chet davlatlarda, masalan, AQSh va Finlyandiyada bitum ishlab
chiqarishga yoki oksidlangan bitum olish uchun xomashyo ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan xomashyoni deasfaltizatsiya qilish bo‗yicha qurilmalar
foydalanish qilinadi. Deasfaltizatsiya rejimi (ekstraksiya kolonnada harorat
gradiyenti, propan/xomashyo nisbati) talab qilinadigan bitum sifatidan kelib
chiqib rostlab turiladi. Bunday jarayonda deasfaltizat (katalitik kreking,
gidrokreking uchun xomashyo) qo‗shimcha mahsulot hisoblanadi. Odatda
jarayon uchun bevosita bitum ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‗lgan parafin
asosli yoki aralash asosli neftlardan foydalaniladi. Jarayon bitum ishlab
chiqarishning xomashyo resurslarini kengaytirishga imkon beradi.
540
Deasfaltizatsiya asfalti bitumlari kam miqdorda parafin naftenli
birikmalar va ko‗p miqdorda smola va asfaltendan tarkib topib, bu ularning
aynan usha neft gudronini oksidlanishidan olingan, o‗sha yumshash haroratdagi
bitumlarga nisbatan kichik penetratsiyasi, plastiklik kichik intervali va ko‗p
cho‗ziluvchanlik, mo‗rtlik harorati va kogeziyasiga olib keladi.
Sobiq SSSR hududida birorta ham bitum ishlab chiqarishga mo‗ljallangan
deasfaltizatsiya qurilmasi mavjud emas edi. Mavjud bo‗lgan propan
deasfaltizatsiyasi qurilmalari qoldiq moylar ishlab chiqarishga mo‗ljallangan.
Bunda asfalt sifati tartibga solinmagan va nazorat qilinmaydi. Deasfaltizatsiya
asfaltlari bitumlarni: oksidlash; to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydalgan gudronni
kompaundirlash; to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydalgan gudron aralashmasini oksidlash;
asfaltni 100
о
С gacha yumshash haroratida oksidlab keyinchalik uni gudron yoki
moyni selektiv tozalash ekstrakti bilan suyultirish bilan qayta ishlanishi
mumkin.
Chet ellarda maxsus og‗ir neft navlaridan foydalanilishiga qaramay,
chuqur vakuumli haydash tez-tez bitumning kerakli sifat ko‗rsatgichlarini
ta‘minlay olmayapti. Vakuum qoldiqlarining qovushqoqligi va haroratga
ta‘sirchanligini oshirish uchun, xomashyoning keng assortimentidan talab
qilingan sifatdagi mahsulot olishga imkon beruvchi oksidlash jarayonidan
foydalaniladi. Oksidlangan bitumlar qoldiq bitumga taqqoslaganda bir hil
penetratsiyada yuqoriroq yumshash harorati va qovushqoqligiga ega bo‗ladi.
Ikkilamchi jarayonlarning va ularning qoldiqlaridan bitum ishlab
chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalanishning rivojlanishi bitum ishlab
chiqarish sanoatida oksidlash jarayonlarining rivojlanishining dastlabki sharti
hisoblanadi.
Bitumlarni olishda xomashyoni oksidlash jarayoni radikal – zanjirli
mexanizm bo‗yicha olib boriladi. Kislorod organik birikma bilan reaksiyaga
kirishganda vodorodni ajratadi yoki molekulaga kiritadi, yoki u va buni bir
vaqtda bajaradi. Bunda erkin radikallar va gidroperekislarning oraliq
mahsulotlar sifatida hosil bo‗lishi yuz beradi. Zanjirli reaksiya kelib chiqadi.
541
Zanjirlarning uzilishi radikallarning rekombinatsiyasi natijasida yuz beradi. Bir
vaqtning o‗zida ko‗plab reaksiyalar kechadi: oksidlangan degidrirlanish,
dealkillash,
oksidlangan
polimerizatsiya,
polikondensatsiya,
uning
mahsulotlarinig keyinchalik zichlanishi bilan olib boriladi
.
Neft uglevodorodlari
(moylar) eng ko‗p reaksion qobiliyatli hisoblanib, ular oksidlanish jarayonida
asosan ikki yo‗nalishda o‗zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |