―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

12.2. Past haroratli jarayonlar 
Past haroratda sovutish moyini olish uchun parafinsizlashtirish 
jarayonidan foydalaniladi, natijada moyli xomashyolardan qattiq uglevodorodlar 
chiqarib yuboriladi. Neftli xomashyolardan qattiq uglevodorodlarni chiqarishda 
saralangan eritgichlar yordamida parafinsizlashtirish usuli keng qo‗llaniladi va u 
neftli uglevodorodlarni eritgichlarda har xil eruvchanligiga asoslanadi. Shuning 
uchun bu maqsadda amaliyotda har xil nisbatlarda olingan- 30 dan 60% 
(massasiga) keton va 70 dan 40% (massassiga) toluol keton aromatik 
aralashmali eritgichlar qo‗llaniladi (metil-etilketon va toluol yoki atseton va 
toluol).


476 
12.1.-rasm.Tanlab ta‘sir etuvchi erituvchi yordamida deparafinlash sxemasi 
1-aralashtiruvchi; 2-isitgich; 3-sovutgich; 4-boshlang‗ich kristallga tushuruvchi; 5-
ammiak yordamida kristallga tushuruvchi; 6-vakum-fil‘tr; 7-deparafinlangan moydan 
erituvchini xaydash; 8-gach yoki petrolatumdan erituvchini xaydovchi
 
Eritgichning xomashyoga karraligi parafinsizlashtirilgan rafinatning 
qovushqoqligiga bog‗liq: moyli fraksiyalarni qovushqoqligi oshishi bilan 
eritgichlarni sarfi ko‗payadi. Amalda eritgichning xomashyoga bo‗lgan karraligi 
distillyat xomashyosi uchun (2—3):1, qoldiq uchun (3,0—4,5):1 ni tashkil 
qiladi. 
Olingan 
eritgichning 
miqdoriga 
suyuqlik 
qismini 
qattiqdan, 
parafinsizlashtirilgan moyning chiqishi, uning qotib qolish harorati va 
gach 
yoki 
petrolatumdagi moyning miqdori bog‗liqdir.
Jarayonni takomillashtirishning shakllaridan biri eritgichlarni porsiyali 
uzatish hisoblanadi. Bunda yuqori- va past suzuvchan uglevodorodlarni 
kristallizatsiyaga ajralishi uchun sharoit yaratiladi.
Xomashyoga birinchi qo‗shiladigan eritgichning sarfi shunday bo‗lishi 
kerakki, eritmadan eng ko‗p yuqori eruvchan uglevodorodlar ajralib chiqishi va 
hosil bo‗lgan kristallarni kichik o‗lchamga ega bo‗lishidir. Porsiyali qo‗shishda 
(2-4 porsiya) har bir kiritiladigan porsiyali eritmaning nuqtadagi harorati 2-3°С 
aralashma haroratidan yuqori bo‗ladi. Porsiyali eritgichlarni uzatish keng 
fraksiya tarkibiga ega bo‗lgan xomashyo distillyatlarini parafinsizlashtirishda va 


477 
moysizlantirishda samaralidir. 
Berilgan haroratda qayta ishlanadigan moyning qotishi va past haroratli 
parafinsizlashtirish qurilmasi ishini tavsiflovchi qurilmaning xomashyo bo‗yicha 
o‗tkazish ko‗rsatgichlariga quyidagilar mansubdir: moyni olish chuqurligi (% 
massasi, xomashyodan), fil‘trlash tezligi, gachdagi moyning tarkibi (yoki 
petrolatumda). Ishlatish sarfini oldindan aniqlaydigan muhim ko‗rsatgichlardan 
biri eritgichning xomashyoga karraligi hisoblanadi. 
Zavodlar amaliyotida ikki pog‗onali fil‘trlash qurilmalari keng 
qo‗llaniladi, bu yerda ikkinchi pog‗ona gachdagi moyning miqdorini 
kamaytirish hamda parafinsizlashtirilgan moylarni chiqishi kuchaytirish uchun 
mo‗ljallangan. Ba‘zi bir qurilmalarda uch pog‗onali fil‘trlab ikki maqsadli 
mahsulotlar olinadi: parafinsizlashtirilgan rafinat va texnik parafin; qo‗shimcha 
mahsulot slop-voks hisoblanadi.
Gachdan parafin-xomashyosi, petrolatumdan-serezin-xomashyosi ishlab 
chiqarishda qo‗llaniladigan moysizlashtirish qurilmalarida amalda qayta 
kristallashtirish (birinchi pog‗ona) va yuvish usullaridan foydalaniladi (ikkinchi 
pog‗ona). Taqdim etilgan parafinsizlashtirish sxemalarida suspenziyani sovutish 
ammiak va etan yordamida olib boriladi; ammiakni o‗rniga propan qo‗llaniladi. 
Parafinsizlashtirish harorat gradiyentini hisobga olib suspenziyani sovutish 
chuqurligi olib boriladi va tovar moyning qotish haroratidan foydalaniladigan 
eritgichga bog‗liqligi aniqlanadi. 
Parafinsizlashtirish qurilmasi inert gazining yopiq nafas olish tizimi orqali 
ta‘minlanadi. Parafinsizlashtirish qurilmasidagi eritgichlar joylashtirilgan 
hamma qabul qilgichlar hamda fil‘trlarni gazli fazolari inert gazlari bilan 
to‗ldiriladi. Bunday sharoit eritgich bilan havoni aralashmasini portlash xavfini 
oldini oladi va eritgichning sarfini kamaytiradi. Inert gaz to‗xtovsiz ta‘sir 
etuvchi baraban turidagi vakuum fil‘trlardagi fil‘tr to‗qimalaridagi o‗tirib qolgan 
qattiq cho‗kindilarni quritish va shamollatish uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin