―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Xomashyoni dastlabki deasfaltizatsiya qurilmasidan bug‗li eritgichlar



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

11.4-rasm. Xomashyoni dastlabki deasfaltizatsiya qurilmasidan bug‗li eritgichlar 
yordamida neft qoldiqlarini tozalash qurilmasi 
Kolonnaning (40) ish rejimi: bosimi 0,07 MPa, yuqoridagi harorat 190-
205°С, pastdagi harorat-270-340°С 
Kolonnaning (40) yuqorisidan chiqadigan fenol, krezol, propanning 
va suvning qoldiqlari aralashmasini bug‗lari issiqlik (30) almashtirgichga kirib 
keladi. Hosil bo‗lgan bug‗-suyuqlik aralashmasi suvsizlantirish kolonnasiga (23) 
yo‗naltiriladi. Kolonnaning pastki qismida (40) to‗planadigan sirkulyatsiya 
qoldig‗i ikkinchi zmeyevik pechi (37) va balans miqdori uning bug‗lantirish 


468 
kolonnasi (44) orqali nasos yordamida (41) amalga oshiriladi. 
11.5-rasm. Xomashyoni dastlab deasfaltizatsiya qurilmasidan bug‗li eritgichlar 
yordamida neft qoldiqlarini tozalash qurilmasining texnologik sxemasi: 
1,2,14,23,31,40.44- kolonnalar; 6,7,9,12,15,17,20,22,28,3 ,41,43-nasoslar; 4,46- ; 5-
qizdirgich; 8,37-quvurli pechlar; 10,13,16,21,27,35,39- ; 11,32-aralashtirgichlar; 18- ; 
19,24-26, 29,30,33, -issiqlik almashtirgichlar; 47-purkagich; 48-kompressorlar

Kolonnadagi (44) eritgichni bug‗lantirish uchun foydalaniladigan 
qizdirilgan suv bug‗i qayta qizdiruvchi generator bilan ishlanadi (sxemada 
ko‗rsatilmagan) va ekstraktning issiqligidan foydalaniladi. Kolonnadan (44) 


469 
chiqadigan fenol, krezol va suvning bug‗lari kolonnaning (40) pastki 
likopchasining ostiga kirib keladi; ekstrakt sovitilgandan keyin rezervuarga 
yo‗naltiriladi. Kolonnadagi (40) bosim 0,05-0,07 MPa.ga teng.Issiqlik 
almashtirgichdan (30) chiqadigan fenol va krezol aralashmasi, suv va 
propanning bug‗lari hamda kolonnadan (2) chiqadigan bug‗larni aralashmasi 
kolonnaga (23) kirib keladi. Shu yerning o‗zida fenol bug‗larini va krezol 
aralashmasini ortiqcha issiqligi hisobiga suvsizlantirilgan fenol va krezolning 
aralashmasiga ajratiladi, kolonnaning pastki qismidan chiqariladigan va 
azeotrop bug‗larining aralashmasi fenol va krezolning suv bilan (92 °С 
massasiga, suvning va 8 % massasi, selekto), qaysiki, shu kolonnaning yuqori 
qismidan gazsimon propan bilan birgalikda chiqadi.Kondensatorda-sovutgichda 
(19) fenol, krezol va suv bug‗lari to‗liq kondensatsiyalanadi. Kondensat 
gazsimon propan olib chiqiladigan yuqoridan tindirgichga (18) kirib keladi. 
Undan keyin propan sachratib ajratgich (47) orqali kompressorning (48) 
qabuliga yo‗naltiriladi va keyin siqilagan 1,4 - 1,6 MPa va kondensatorda (45) 
suyultiriladi va qabul qilgichda (46) yig‗iladi. 
Tindirgichda paydo bo‗lgan (18) fenol va krezolning (pastki qatlam) suv 
bilan aralashmasi va suvdagi eng so‗nggi eritma (yuqori qatlam) ikki fazani 
tasvirlaydi. Pastki qatlam nasos (20) yordamida kolonnaning (23) yuqori 
likopchasiga sug‗orish sifatida beriladi. Yuqori qatlam tarkibida 6-9 % 
(massasi) selekto va 94-91 % (mass.) suv bilan maxsus sig‗imga oqib o‗tadi (bu 
tugun sxemada ko‗rsatilmagan) va u yerda propan bilan birikadi va keyin qabul 
qilgichga (46) kirib keladi. Propan selektoni ushlab oladi, suv esa qo‗shimcha 
tindirilgandan keyin suv bug‗larini ishlab chiqish uchun bug‗ generatoriga 
uzatiladi. Kolonnada (23) suvsizlantirilgan fenol-krezol‘ aralashmasini tarkibida
0,5% (massasiga) suv bilan nasos yordamida issiqlik almashtirgichlar (25 va 26) 
va sovutgich (24) orqali eritgichlarni qabul qilgichga (4) sirkulyatsiya tizimiga 
beriladi. 


470 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin